J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari


Kombinatsiyalashgan (tahliliy-taqlidiy) modellashtirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Kombinatsiyalashgan (tahliliy-taqlidiy) modellashtirish
tahliliy va 
taqlidiy modellashtirishning afzal tomonlarini birlashtirishga imkon beradi. 
Kombinatsiyalashgan modellarni yaratishda ob’ektning faoliyat ko‘rsatish 
jarayoni uni tashkil etuvchi jarayonchalarga oldindan parchalanadi va bulardan 
zarur bo‘lganlariga nisbatan tahliliy modellar, boshqa jarayonchalarga esa taqlidiy 
modellar yaratiladi. Bunday yondashuv tizimning alohida olingan holda tahliliy 
yoki taqlidiy modellarni qo‘llagan holda tadqiq qilish imkoni bo‘lmagan sifat 
jihatdan yangi toifalarini qamrab olish imkonini beradi. 
Axborotli (kibernetik) modellashtirish
modelda yuz berayotgan tabiiy 
jarayonlar aniq jarayonlarga bevosita o‘xshashi mavjud bo‘lmagan holatlardagi 
modellarni tadqiq qilish bilan bog‘liqdir. Bunday holatda faqat ayrim 
funksiyanigina aks ettirishga intilinadi, aniq ob’ekt bir qator kirishlar va 
chiqishlarga ega bo‘lgan “qora quti” sifatida ko‘rib chiqiladi va chiqishlar hamda 
kirishlar o‘rtasidagi ayrim aloqalar modellashtiriladi. SHunday qilib axborotli 
(kibernetik) modellashtirish asosida boshqarishning ayrim axborotli jarayonlari 
qaror topadi, bu aniq ob’ekt xatti-harakatini baholashga imkon beradi. Mazkur 
holatda modelni yaratish uchun aniq ob’ektning tadqiq qilinayotgan funksiyasini 
ajratib olishga, ushbu funksiyani kirishlar va chiqishlar orasidagi ayrim 
operatorlar ko‘rinishida shakllantirish hamda ushbu funksiyani taqlid qilinayotgan 
modelda sinab ko‘rish, shu asnoda butkul boshqa matematik tilda va tabiiyki 
jarayonni boshqacha amalga oshirishda sinab ko‘rish zarur. Masalan, ekspertli 
tizimlar qaror kabul kiluvchi shaxs modellaridir. 
Tizimli tahlilni 
tuzilmaviy modellashtirish
muayyan turdagi tuzilmalarning 
ayrim o‘ziga xosliklariga tayanadi, tizimlarni tadqiq qilish vositasi sifatida 


109 
qo‘llaniladi yoki shular asosida tizimlarning shakllantirilgan tasavvurlarining 
(nazariy-ko‘plik, lingivistik, kibernetik va h.k) boshqa usullarini qo‘llagan holda 
modellashtirish uchun o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘lida xizmat 
qiladi. Ob’ektli-maqsadli modellashtirish tuzilmali modellashtirishning davomidir. 
Tizimli tahlilda tuzilmali modellashtirish quyidagilarni: 

tarmoqli modellashtishi usullari; 

tuzilmali modellashtirishni lingivisitk modellashtirish bilan birlashtirish; 

nazariy-ko‘plik tasavvurlari va qiymatlar nazariyasi nominal shkalasi 
tushunchasi asosida turli hildagi (ierarxik, matritsali, erkin grafalar) tuzilmalarni 
barpo etish va shakllantish yo‘nalishidagi tuzilmali yondashuvni o‘z ichiga oladi. 
SHu asnoda “model tuzilmasi” atamasi tizimning ham funksiyalariga, ham 
unsurlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Tegishli tuzilmalar funksional va 
morfologik tuzilmalar deb ataladi. Ob’ektli maqsadli modellashtirish ham 
unsurlarni, ham fuksiyalarni o‘z ichiga olgan toifalar ierarxiyasining ikkala turi 
tuzilmasini birlashtiradi. 
So‘nggi o‘n yilliklarda tuzilmali modellashtirishda CASE yangi 
texnologiyasi shakllandi. CASE abbreviaturasi (qisqartma so‘zi) CASE-
tizimlardan foydalanishning ikki yo‘nalishiga mos keluvchi ikki yoqlama talqinga 
ega. Bulardan birinchisi - Computer-Aided Software Engineering dasturiy
ta’minlashni avtomatik loyihalash sifatida tarjima qilinadi. Tegishli CASE-tizimlar 
ko‘pincha dasturiy ta’minlashga jadal ishlov berishning instrumental vositalari 
(RAD – Rapid Application Development) deb ataladi. Ikkinchi talqin - Computer-
Aided System Engineering asosan zaif tuzilmalangan murakkab tizimlarni 
konseptual modellashtirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilganlikni ta’kidlaydi. 
Umuman olganda CASE-texnologiya avtomatlashtirishning o‘zaro bog‘liq
majmuasi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan murakkab avtomatlashgan tizimlarni tahlil 
qilish, loyihalash, ishlab chiqish va ko‘zatib turish uslubiyatlari majmuidan iborat. 
CASE – bu tizimli tahlilchilar, ishlab chiquvchilar va dasturchilar uchun
murakkab tizimlarni, shu jumladan dasturiy ta’minlashni loyihalash va ishlab 


110 
chiqish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beruvchi quroldir. Bu masala 
uchinchi bobda yanada batafsilroq ko‘rib chiqiladi. 
Vaziyatli modellashtirish tafakkurlashning modelli nazariyasiga tayanadi, 
buning doirasida qarorlar qabul qilish jarayonlarini yo‘lga solishning asosiy 
mexanizmlarini tasvirlash mumkin. Tafakkurlashning modelli nazariyasi 
markazida ob’ekt va tashqi olamning axborotlashgan modeli miya tuzilmalarida 
shakllanishi borasidagi tasavvur joylashgandir. Mazkur axborot inson tomonidan 
unda mavjud bo‘lgan bilim va tajriba asosida idrok etiladi. Insonning maqsadga 
muvofiq hatti-harakati maqsadli vaziyatni shakllantirish va boshlang‘ich 
vaziyatni fikran maqsadli vaziyatga aylantirish yo‘li bilan barpo etiladi. Muayyan 
munosabatlar bilan o‘zaro bog‘langan, predmetli soha semantikasini aks ettiruvchi 
unsurlar majmui ko‘rinishida ob’ektni tasvirlash model yaratishning asosidir. 
Ob’ekt modeli ko‘p bosqichli tuzilmaga ega va boshqaruv jarayonlari kechadigan 
axborot mazmunidan iborat. Ob’ektning axborotlashgan modeli qancha boy va uni 
boshqarish imkoniyati qancha yuqori bo‘lsa boshqaruvda qabul qilinadigan 
qarorlar shu qadar yaxshi va ko‘p turli sifatga ega bo‘ladi. 
Aniq modellashtirish chog‘ida yoki aniq ob’ektda butunlay, yohud uning 
bir qismidagi xususiyatlarni tadqiq qilish imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday 
tadqiqotlar ham me’yordagi tartibda ishlovchi ob’ektlarda, ham mahsus 
tartibotlarni tashkil etishda tadqiqotchini qiziqtiruvchi xossalarni (o‘zgaruvchan 
sonlar va parametrlarning boshqa qiymatlarida, vaqtning boshqa ko‘lamida va h.k.) 
baholash uchun amalga oshiriladi. Aniq modellashtirish eng munosib 
modellashtirish bo‘lsada uning imkoniyatlari cheklangandir. 
Aniq ob’ektda tajriba natijalariga o‘xshashlik nazariyasi asosida ishlov 
bergan holda tadqiqot o‘tkazish 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish