87
Rahbar muammoni echishning alternativ variantlarini tanlashda foyda berish
ehtimolligini oshirish maqsadida iloji boricha ko‘proq miqdorda alternativ
echimlar olishi mumkin. Qaror qabul qilishda eng yaxshi samara olinadi qachonki
yaxshilab ishlab chiqilgan variantlar tayyorlangan bo‘lsa.
Ushbu holatda ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan birini tanlash shunchalik
qiyinlashadi, amaliyotda faqat bittasidan foydalaniladi, shuning uchun oldindan
barcha alternativ echimlarning iqtisodiy maqsadliligi, ish hajmi va samaradorligini
aniqlab olish tavsiya qilinadi.
Aniq bir alternativni aniqlash o‘z ichiga echim samaradorligini baholash,
rahbarning malakasi va ijodiy qobiliyatlariga asoslanuvchi
formal mantiqiy va
evristik usullari yordamida hisoblanadigan chiqishdagi ko‘tilgan natijadan
kirishdagi qiymatni ayirish ishlarini oladi. SHu bilan birga umumiy qonun
qoidalarga rioya qilish zarur: oldindan keraksiz variantlarni chiqarib yuborib,
varianlar orasidan uch turtta eng optimal echimlarni tanlab olish. Echimning
samaradorligini baholag mezonini belgilab olish kerak.
Mezon asosida
natijaviylikni aniqlash, bunda albatta og‘ish holatlarini e’tiborga olish zarur
bo‘ladi. Maqsadga yaqinlashishda ko‘proq samara beruvchi qonuniyatlardan
foydalanish orkali xaqiqiy natijaviylikni aniqlash kerak.
Agar bahoni o‘ta aniqlik bilan berib bo‘lmasa, unda har bir echim uchun
kutilayotgan og‘ish darajasini belgilab olish zarur.
Agar tanlangan echim haqida
hech qanday ma’lumot ma’lum bulmasa, unda echim haqida rahbarning sub’ektiv
fikri belgilovchi xarakterga ega bo‘ladi. Amaliyotchilarning fikricha to‘liq
echimlar to‘plami o‘zi etarli emas, kerakli vaqtda zaruriy echimni tanllash ham
zarurdir. Bu esa juda ko‘p hollarda sa’natni talab qiladi. Tanlovning mazmuni
nimada? Tanlash mexanizmi nimadan iborat? Buning mazmuni:
a) kimdir nimadir qilishni taklif qiladi
b) birinchi va ikkinchisini qiyoslaydi;
v) ataylab shunaqa qildi, chunki bir ikkinchisidan foydaliroq.
88
Solishtiriluvchi variantlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Alohida variantlarning
nisbiy qiymatlari, kamchiliklari va afzalliklarini solishtirib, variant egasi qanchalik
muammoni qamrab olganligini aniqlab olish zarur.
Rahbar barcha ushbu hatti harakatlarga baho berishi zarur.
Ushbu ishni
bajarish davomida noto‘g‘ri fikrlardan qochish va barcha faktlar e’tiborga
olinganmi yo‘qmi shuni o‘ylab ko‘rish kerak. SHuningdek, hech qanday ish
bajarilmasa, qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rib chiqish kerak. Qo‘yidani
savollarni o‘z o‘ziga berib ko‘rish kerak:
to‘satdan qandaydir to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkinmi?
muammolarning ishchilar faoliyatiga qanday ta’sir etadi?
bu qonuniymi?
yuqori boshqaruv darajada qanday qarshiliklar vujudga kelishi mumkin?
Tizimli tahlilning markaziy va zamonaviy mavzularidan biri tizimiy
muammolar
tushunchasi
hisoblanadi.
Ilmiy
tadqiqotlarning
tajribalarini
umumlashtirgan holda, ushbu sinfdagi muammolarni umumiy identifikatsiya
qilishga imkon beradigan bir nechta belgilarni ajratish mumkin.
Tizimli tahlil rivojlanishi davrida operatsion tadqiqotlar
sohasidagi mashhur
amerikalik tadqiqotchi G.Saymon ilmiy tadqiqotlar sohasiga kiradigan
muammolarni uch xil sinfga kirishini ta’minlaydigan klassifikatsiyani taklif qilgan
edi:
1.Strukturaviy tuzulishi jixatdan yaxshi tashkillashgan yoki mikdoriy jihatdan
shakllantirilgan muammolar bo‘lib, ulardagi xususiyatlar shunchalik yaxshi va
yaxlit tushuntirilganki, ular mikdoriy jihatdan
baholanadigan sonlarda va
ramzlarda ifodalash mumkin bo‘ladi. Ushbu muammolar matematika oid nazariy
tadqiqotlarning predmeti hisoblanadi;
2.O‘rganilayotgan ob’ektning faqatgina muhim jihatlarini og‘zaki ta’riflashni,
ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘z tarkibiga olgan, yoki strukturaviy jixatdan
tashkillashmagan sifat jihatdan ifodalangan muammolar. Ushbu muamolar
gumanitar fanlar, ya’ni
sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik,
89
yurisprudensiya va boshqalar manfaatlari doirasiga kiradi.
3.Strukturaviy jixatdan zaif tashkillashtirilgan muammolar, ya’ni o‘z
ichiga
sifatiy va mikdoriy elementlarni ham oladi bunda muammoning sifatiy, ma’lum
bulmagan, noaniq tomonlari ustunlik qilish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Ushbu
muammolar tizimiy tahlilning asosiy predmetini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: