100
7-Mavzu. Xalqaro aksiyalar bozori
7.1.
Xalqaro qimmatli qogʻozlardan ADRlarning oʻziga
xos xususiyatlari
7.2.
Amerika depozitar tilxatlari va ularning muomalada bo‘lish tartibi
7.3.
Xorijiy qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekistonda, milliy qimmatli qogʻozlarni
horijda muomalada boʻlish tartibi
Tayanch so’z va iboralar
Xalqaro aksiyalar
bozori, Amerika, global
va boshqa depozitar tilxatlar, qimmatli
qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari, O‘zbekiston depozitar tilxati
(O‘DT), norezidentning qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston
Respublikasi rezidentining
qimmatli qog‘ozlari.
7.1. Xalqaro qimmatli qogʻozlardan ADRlarning oʻziga xos xususiyatlari
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlarni boshqa bir mamlakat
moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu
jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar
orqali amalga oshiriladi va ularning nechog‘lik rivojlanganligini o‘zida namoyon etadi.
Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu
xalqaro qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan
valyutalarda nominal
narxi o‘rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali
ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli
qog‘ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud (rasmga qarang).
Chet el obligatsiyalari va evroobligatsiyalar ko‘rinishidagi qarz qimmatli qog‘ozlari
xalqaro qimmatli qog‘ozlarning asosiy shakllaridan biridir. Shuningdek, ularning global
101
aktsiyalar ko‘rinishidagi xalqaro aktsiyalar va amerika depozitar tilxatlari (aktsiyalari)
kabi shakllaridan ham amaliyotda foydalaniladi.
Agar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bir mamlakat ichidagi
ikkilamchi qimmatli
qog‘ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ular
mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek,
xalqaro qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o‘rtasidagi kapitalni
qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Global aktsiya transmilliy kompaniyalarning
oddiy aktsiyasi hisoblanib, bir
vaqtning o‘zida bir qancha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo‘ladi.
Amerika depozitar aktsiyasi nominal qiymati AQSh dollarida ifodalangan, xorijiy
kompaniya joylashgan mamlakatda deponentlangan uning ma’lum bir miqdoridagi
qimmatli qog‘ozlariga nisbatan mulk huquqi ulushini
tasdiqlovchi AQSh qimmatli
qog‘ozi hisoblanadi. Amerika depozitar aktsiyasi bevosita fond bozorida muomalada
bo‘lmaydi, uning o‘rniga muomalaga amerika depozitar tilxatlari chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: