Nafas koeffisiyenti – nafas jarayonida ma’lum vaqtda ajralib chiqqan karbonat angidrid hajmining shu muddatda yutilgan kislorod hajmiga nisbati.
Nafas olish – aerob organizmlarning asosiy hayotiy vazifalaridan biri, bunda organizmga kislorod kirib, organizmdan karbonat angidrid va suv hamda moddalar almashuvining ba’zi mahsulotlari chiqariladi. Odam, o’simlik va hayvon organizmining hayot faoliyatini energiya bilan ta’minlovchi asosiy jarayon hisoblanadi.
Nafas teshikchalar – onixoforlar yoki yerda yashovchi bo’g’imoyoqlilar o’pkasi yoxud traxeyasidagi tashqi nafas teshikchalari.
Namsevarlar – namni ko’p talab qiladigan o’simliklar ( q. Gikrofitlar, gidrofitlar ) .
Do'stlaringiz bilan baham: |