Neyroregulatorlar – asab uchlaridan ajralib chiquvchi kimyoviy mediatorlar bo’lib, nisbatan uzoqroq masofaga tarqaladi; atrofdagi juda ko’p hujayralarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Nitragin – dukkakli ekinlarning hosilini oshirish uchun ishlatiladigan bacterial o’g’it. Nitragin ekin turiga qarab tayyorlanadi.
Nitrifikatsiya - nitrifikatsiya bakteriyalari yordamida azotning qaytarilgan birikmalarining ( ammiak ) oksidlangan shakllarga aylantirilishi ( nitrad ). Nitrifikatsiya tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Nomogenez – tirik organizmlar evolutsiyasi ichki qonuniyatlar asosida rivojlanadi deb tushuntiruvchi nazariya. L. S. Berg atamasi.
Noosfera , idrok doirasi – biosfera rivojlanishining eng yuqori pog’onasi. Bunda odam aqliy faoliyati biosfera rivojlanishining asosiy omili bo’lib qoladi. V. I. Vernadskiy atamasi.
Nukleosoma, yadro tanachasi – xromosomaning asosiy tuzilma elementi.
Do'stlaringiz bilan baham: |