Ozuqa moddalar muvozanati – ma’lum vaqt oralig’ida tuproqda saqlanib turuvchi ozuqa moddalarningmiqdoriy ifodasi.
Og’izcha, yoriqcha, havo ( nafas ) yo’li – o’simlik epidermislarining maxsus ixtisoslashgan hujayralari oralig’idagi teshikchalar. Tashqi muhit bilan aloqa, ya’ni gaz almashinuvi va suv bug’lantirish uchun xizmat qiladi.
Ochiqurug’lilar, yalang’ochurug’lilar – urug’li o’simliklarning katta bir bo’limi. Urug’ va urug’ kurtaklari urug’chi barg ustida ochiq joylashgan va tugunasiz bo’ladi.
Oshqozon , me’da – ovqat hazm qilish yo’lining qizilo’ngachdan keying kengaygan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |