Parazit o’simlik, tekinxo’r o’simlik – boshqa o’simlik ( xo’jayin ) shirasi hisobiga yashovchi tekinxo’r o’simlik.
Parazitizm – Tekinxo’rlik – ikki xil turdagi organizmning o’zaro munosabati, bunda ulardan biri parazit ( tekinxo’r )bo’lib, ikkinchi organism ( xo’jayin )dan ozuqa manbai sifatida foydalanadi, ya’ni uning hisobiga yashaydi. Ko’pincha parazit xo’jayinni halokatga uchratadi.
Parazitologiya – parazitlar, parazit bilan xo’jayin hamda tashqi muhit orasidagi munosabatlarni, parazitlar sistematikasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi va boshqalarni o’rganuvchi fan. Ko’zga ko’rinmas parazitlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi.
Partenogenez, bokirali ko’payish – tuxumhujayralarning otalanmasdan rivojlanishi. Tabiiy partenogenez ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarga xos. Sun’iy partenogenez fizik va kimyoviy ta’sirlar yordamida yuz beradi. Masalan, ipak qurtida.
Do'stlaringiz bilan baham: |