Organizmning himoya reaksiyalari – zarakunanda yoki infeksiya ta’sirida hujayrada paydo bo’ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar majmui.
Ornitologiya – zoologiyaning qushlarni urganadigan bo’limi. Ornitologiya qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik, sog’liqni saqlash va veterinariya uchun katta ahamiyatga ega.
Orqa miya – umurtqali hayvonlar va odam markaziy asab tizimining kelib chiqishi jihatidan eng qadimiy qismi. Umurtqa kanalida joylashgan. Bosh miyaga borayotgan va undan kelayotgan impulslarni uzatish vazifasini bajaradi hamda reflector markaz sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |