Manzarali o’simliklar – ko’rinishi, shakli chiroyli, guli va barglari rang- barang, bog’, xiyobonlar va ko’chalarga xushmanzara berishda foydalanadigan o’simliklar.
Mendelizm - irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari haqidagi ta’limot; irsiy omillar korpuskular ( molecular ) tabiatga ega va ularning avlodlarga taqsimlanishi statistic qonuniyatlar yordamida amalga oshadi deb o’rgatadi. Chex olimi G. Mendel irsiyatni gibridologik usul yordamida o’rganishni ishlab chiqdi va shu asosda jinsiy ko’payishdagi irsiy belgilarning nasldan – naslga o’tish qonuniyatlarini kashf etdi.
Meva – gulning urug’lanishidan hosil bo’lib, yetilgan tuguncha. Gulli o’simliklarning ko’payish a’zosi.
Mikologiya, zamburug’shunoslik – botanikaning zamburug’lar tuzilishi, tarqalishi, sistematikasi, biologiyasi, shuningdek, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o’rganadigan bir bo’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |