Maktab gigiyenasi – o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashning omillari va vositalarini o’rganuvchi hamda ushbu maqsadda amaliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiquvchi fan. Q. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi.
Maktab yoshi – maktabda o’qish vaqtini qamrab oluvchi davri.
Maktabgacha ta’lim gigiyenasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishi va sog’ligiga hayotiy shart-sharoitlar hamda pedagogik jarayonning ta’sirini o’rganishga qaratilgan maktab gigiyenasining maxsus tarmog’i.
Mammologiya, mammaliologiya – zoologiyaning sut emizuvchilar o’rganuvchi sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |