FORS TILIDA IZOFA
1.Izofa so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Izofa so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, qo‘shish, orttirish degan ma’noni anglatadi.
2.Forsiy izofa deganda nimani tushunasiz?
Fors tilida aniqlovchi bilan aniqlanmish yoki qaratqich bilan qaralmish o‘rtasidagi munosabat urg‘usiz e tovushi orqali bog‘lanadi. Shu munosabatni ifoda etuvchi urg‘usiz e tovushiga اضافه ezofe deyiladi.
3.O‘zbek va fors tillaridagi birikmalar tarkibidagi so‘zlar tartibi qanday bo‘ladi?
O‘zbek va fors tillaridagi birikmalar tarkibidagi so‘zlar tartibi biri-biriga qarama qarshi bo‘ladi.
4.O‘zbek tilida uchraydigan forsiy izofalarni bilasizmi?
O‘zbek tilida uchraydigan forsiy izofalar quyidagilar: abri nayson, luqmai halol, vaziri a’zamm ro‘zi mahshar, allomai zamon, mardo‘mi Farg‘ona, volidai muhtarama, sarvari koinot, amri ma’ruf, mushki anbar, gunohi kabira, sarvi ravon, arkoni davlat, oyinai jahon, dardi bedavo, tarjimai hol, ahli ilm, onai zor, dardi sar, tolibi ilm, baloi hafs, ofati jon, jumlai jahon, fasli navbahor, bandai nochor, oshiqi beqaror, jumlai mo‘min, halvoyi tar, bog‘i shamol, oshiqi zor, zoti sharif, shabi yaldo, bog‘i eram, padari buzrukvor, labi xandon, shomi hijron, Buxoroi sharif, piri murshid, ruyi zebo, guli ra’no, sarvi qomat, poyi taxt, obi dida, nuri dida, labi g‘uncha, devoni Foniy, obi hayot, nuqtai nazar, Luqmoni Hakim, devonai Mashrab, obi ravon, piri komil, ………
5.Mo‘zof so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Mo‘zof so‘zining lug‘aviy ma’nosi anqlanmish.
6.Mo‘zof-e eleyh so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Mo‘zof-e eleyh so‘zining lug‘aviy ma’nosi aniqlovchi.
7.Agar aniqlanmish yoki qaralmish undosh bilan tugallangan bo‘lsa, izofa qanday ifodalanadi?
Undosh bilan tugagan so‘zlardan so‘ng izofa zir belgisi orqali yozilib, e tarzida talaffuz etiladi. Odatda zir belgisi harf bo‘lmaganligi sababli yozuvda ifoda etilmaydi. Talaffuzda esa doimo saqlanadi.
8. Agar aniqlanmish yoki qaralmish qisqa e unlisi bilan tugallangan bo‘lsa, izofa qanday ifodalanadi?
e qisqa unlisi bilan tugagan so‘zlardan so‘ng izofa ی yo harfi orqali ifoda etilib, ye tarzida talaffuz qilinadi. ی yo harfi harf bo‘lganligi sababli yozuvda tushib qolmaydi.
9. Agar aniqlanmish yoki qaralmish cho‘ziq o va u bilan tugallangan bo‘lsa, izofa qanday ifodalanadi?
Cho‘ziq o va u unlilari bilan tugagan so‘zlardan so‘ng izofa ی yo harfi orqali ifodalanib, ye tarzida talaffuz etiladi.
10. Agar aniqlanmish yoki qaralmish cho‘ziq i unlisi bilan tugallangan bo‘lsa, izofa qanday ifodalanadi?
Cho‘ziq i unlisi bilan tugagan so‘zlardan so‘ng izofa biror belgi, harakat yoki harf orqali ifoda etilmasdan faqatgina talaffuzda ی i unlisidan so‘ng bir ye qo‘shib o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |