Изланувчилар online илмий-амалий


AKSIOLOGIK ONGNING TARIXIY SHAKLLANISHI



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

AKSIOLOGIK ONGNING TARIXIY SHAKLLANISHI 
U.A.Azimov 
FarPI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti
 
Jahonda kechayotgan ma’naviy, madaniy jarayonlar yoshlarning borliq
undagi moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash tuyg’usini shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa yoshlarda aksiologik ongni har tomonlama 
shakllantirish va rivojlantirish, uning dialektik tomoni bo’lgan nigilistik 
dunyoqarashni yo’qotish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib, olam, voqelik va 
hayotni qadrlash tuyg’usi asosida o’ziga xos tarzda aks ettiradi.
Uning asosida shakllanadigan dunyoqarashning aksiologik shakli qadriyatli 
yondashuv, aksiologik munosabat, aksiologik baholash kabilarni qamrab oladi. 
Umumiy dunyoqarash sistemasiga aksiologik dunyoqarash elementlari qo’shilishi 
bilan ijtimoiy sub’ektlarning voqelikka munosabatida qadrlash tuyg’usi, qadriyatli 
munosabat va aksiologik baho yaqqol ko’zga tashlana boshalaydi. Bunda 
aksiologik printsiplar kishilarning voqelikka munosabatlarini, bir -birlariga nisbatan 
o’zaro aloqalarini tartibga soluvchi ma’naviy mezonlar sifatida namoyon bo’ladi. 
Ular kishilarning faoliyatlarini amalga oshirishdagi manfaat va maqsadlarida ham 
ko’zga tashlanadi.


501 
Ijtimoiy mentalitet tarkibida ijtimoiy tasavvurlar bilan bir qatorda siyosiy 
qadriyatlarni ham farqlash mumkin. Hozirgi zamon chet tillarida qadriyat 
tushunchasining muqobili sifatida ingliz tilida “value”, frantsuz tilida – “valuer”, 
nemis tilida – “wert” amal qiladi va ular nafaqat “qadriyat”, balki “qiymat” degan 
ma’noni ham anglatadi[1]. 
Ilmiy manbalarda qadriyat tushunchasiga ta’riflar ko’plab berib o’tilgan. 
Quyida qadriyatlarning tarixiy shakllanish bosqichlarini ko’rib o’tamiz. 
Avestoda yurtimiz zaminida yashagan xalqlarning islomgacha bo’lgan 
davrdagi tabiiy-ilmiy, ayniqsa, axloqiy qadriyatlarining rivojlanishi tarixiga oid 
g’oyat o’iqiz manbalar borki, ularni yanada chuqur o’rganish lozim. SHungdek 
farzand tarbiyasi, ekologik tarbiya kabi axlokiy kadriyat masalalari keng yoritib 
berilganligini ko’rishimiz mumkin. Qadriyatlar mavzusi «Moniy davri» 
(milodning III-IV asri, asoschisi Moniy 216-276 yillarda yashagan) falsafiy -
ilohiy ta’limotida ham yaqqol ifodalangan. Moniy fikricha ikki dunyo –
« zulmat va ziyo dunyosi» mavjud, birinchisida adolatsizlik, zulm, 
zo’ravonlik hukm suradi, ikkinchisi adabiy, y e mirilmaydigan, doimiy 
qadriyatlar dunyosidir. Moniy ta’limotida qadimgi zamonning asosiy 
qadriyatlari jamlangan, ularning umumiy tizim mifologiya, filosifiya, 
kosmogoniya, astronomiya va boshqa ijtimoiy-tabiiy bilim sohalari bilan 
bog’liqlikda bayon qilingan. Qadriyatlar mavzusining izlari VI asrda yashagan 
Mazdak (51 yilda qatl qilingan) ta’limotida ham ko’zga tashlanib turadi. 
Afsuski, islom rasmiy dinga aylanganidan so’ng bu izlar xiralashib qolgan, ularni 
izlab topish qiyinlashgan.[2] 
Qadriyatlar tizimida millat unga xos belgilar jihatlar, xususiyatlar, ularning 
vujudga kelishi jarayonlariga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan hudud va u bilan 
bog’liq tuyg’ular, millatning o‘tmishi, tarixi, madaniyati, u yaratgan madaniy 
boyliklar va ma’naviy meros bilan bog’liq qadriyatlar ham muhim o‘rinni 
egallaydi. Bu qadriyatlar biror millat kishilari uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi. 
Ular alohida shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lovchi 
xalqlardan biridir. Muayyan kishi yoki shaxs umuminsoniy qadriyatlarni 
anglashda, o‘z faoliyatini ushbu qadriyatlar mezoniga moslashtirishda miliy 
qadriyatlarni hisobga oladi, ular bilan bog’liq jihatlarni ham nazarda tutadi. 
Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, 
betakrorligi, “Ko‘hna tarix shodasida bitta marjon” (E.Voxidov) sifatida zohirligi 
har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy. Millat – har qanday milliy 
qadriyatlarning obekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosidir. 
“Millat” atamasi qadriyat obekti sifatida tushunilganida bir -biri bilan qon-


502 
qarindosh xalqlariga nisbatan ishlatiladigan “turkiy”xalqlar, “slavyanlar”, “roman 
xalqlar” kabilarga umumiylik mos keladi. 
Millat bir tomondan o‘zining qadriyatlari muttasil vujudga keltirib turadi, 
o‘tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularning doimiy takomillashtirib 
turadi. Ikkinchi tomondan esa uning o‘zi ham mavjud qadriyatlar tizimi ta’sirida 
o‘zgarib rivojlanib boradi. Millat o‘zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning 
yangi-yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida 
takomillashtirib turishi ma’nosida o‘z qadriyatlarining haqiqiy egasi makon va 
zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o‘zgarishlar jarayonida ularning 
o‘tmishdan kelajakka tomon yetkazib beradigan eng asosiy obektdir. 
Millatning tanazzuli – milliy qadriyatlarning tanazzulidar! Bu oqibat 
natijasida ushbu qadriyatlarning egasiz qolish hafini tug’diradi. Insoniyat – tarixi 
muayyan etnoslarning vujudga kelishi taraqqiyoti va tanazzuli, ularning o‘rniga 
boshqalari vujudga kelishidan iborat jarayonlardir, deya e’tirof qilishni butunlay 
noto‘g’ri deyishi qiyin. Bunday qarash esa o‘z navbatida g’oyat muhim va dolzarb 
masalaga, ya’ni millat milliy qadriyatlarining obekti va egasi sifatida o‘z-o‘zini 
saqlab turmog’i, o‘zining avlodlarini asrab-avaylamog’i lozim, degan masalaga 
olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qadriyatlarning tarixiy shakklanish 
jarayonlari va ularning hozirgi kunda jamiyat rivojida tutgan o’rnini muhim 
ekanligini o’z tadqiqotlarimiz orqali namoyish etmog’imiz lozim.
Adabiyotlar 
1. Kagan M.S. Filosofskaya teoriya sennosti. – SP(b): 1997. – S.41. 
2. Nazarov.Q “Qadriyatlar falsafasi” T. 2004 yil 7-bet 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish