460
xulosa yuzaga keladi. Ushbu haqiqat pedagogika amaliyotida ekologik ta’lim va
tarbiya uslubiyati “inson-tabiat” munosabatlarini uyg’unlashtirish
masalasiga
emas, balki ta’qiqlar hamda ko’rsatmalar tizimini insonning tabiatga nisbatan
o’zini tutishiga joriy etishga yo’naltirilib, shakl mazmundan ustunlik qilib qolgan
edi.
Yosh avlodda ekologik tarbiyani yo’lga qo’yish va unda kutilgan samaraga
erishish pedagogik talablar, qoidalar, usullarsiz mumkin emasligi ayon. Pedagogik
jarayonning ekologik maqsadi — shaxsning atrof dunyo bilan uyg’un
munosabatlari uchun zarur xislatlar tizimini shakllantirish va riv ojlantirishni
nazarda tutadi. SHu ma’noda ekologik ta’lim va tarbiya tizimi ekologik
inqirozlarning tub sabablarini jamiyatning texnik-texnologik rivojlanishidan emas,
balki shaxsning o’z ichki inqirozida yashiringan ma’naviyati bilan bog’liqligini
ko’rsatishdan iborat.
Turli
jamiyatlarga, millatlarga xos ekologik axloqiy qarashlarni, muqobil
ta’limotlarni o’rganish va ularga differentsial yondoshgan holda amaliyotga joriy
qilish mustahkam ilmiy asoslarni taqozo qiladi. Ekologik muammolarning
globallashuvi jarayonida tabiat va inson tizimi munosabatlarini boshqarishning
milliy va umuminsoniy ma’naviy-axloqiy
usullari, vositalarining integrativ
xususiyatlari baholashning universal mezonlari shakllanishiga olib keladi. Ya ’ni,
milliy va umuminsoniy ekologik axloqiy normalar integratsiyasi natijasida tabiat
va inson tizimi munosabatlarini baholash mezonlari universallashmoqda.
Dunyoni o’zgartirish, insonning tabiatdan ustunligi g’oyasi muayyan tarixiy
davrlarda jamiyat taraqqiyoti uchun katta rolg’ o’ynaydi. Aytganda, texnologiyalar
murakkab tabiat tizimlarini, birinchi navbatda, eng murakkab tabiiy mavjudot
sifatida inson va jamiyatning omon qolishini gumon
ostida qoldirgan tabiiy
jarayonlarga bu qadar chuqur kirib bormagunicha, u maqsadga muvofiq bo’lgan
edi. Ammo, insoniyat hayotining hozirgi bosqichidagi ekologik vaziyat insonning
o’zini tubdan o’zgartirishni talab qilmoqda. Bunda maqsad inson faoliyatining
asosiy yo’nalishlarini o’zgartirish emas, balki jamiyat va tabiatning o’zaro
munosabatlarida uyg’unlikni tiklash va saqlab qolish kabi hayotiy muammoni hal
qilishdir.
Xulosa qilib aytganda, insonning tabiat bilan muvofiqlashgan o’zaro ta’sirida
atrof muhitga avaylab munosabatda bo’lishiga, uning ma’naviy dunyosini
takomillashtirish orqali erishish mumkin. CHunki, inson olamning cheksiz
aloqalari bilan bog’langan tarkibiy qismi bo’lib, undan ajralsa yoki bog’liqlik
buzilsa, inson va jamiyat inqirozga va hatto halokatga uchrashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mamashokirov S, Tog’aev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g’oyaviy-
mafkuraviy masalalari. -T.: Ma’naviyat, 2007.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk keleajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. T: O’zbekiston, 2017. -484 b