Y angi mavzu bayoni: To’qish uchun tabiiy tolali: jun, paxta, ipak va sun’iy tolali iplardan foydalaniladi. Paxta ip, xom iplardan to’qilgan maxsulotlar tez sitiluvchan, qayishqoqligi past bo’ladi. Shuning uchun, bunday iplarni sintetik iplar qo’shib to’qish yahshi natija beradi.
Qo’lda to’qish jarayonini spitsa bilan bir qatorda ilmoq yordamida ham bajarish mumkin. Ilmoqdan foydalanish bajaryotgan ishning chiroyli va betakror chiqishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytiradi, ijodkorlikka, mukammallikka chorlaydi.
To’qishni boshlash oddiy halqa qilishdan boshlanadi. Ilmoqni ushlab turib, ilmoq uchini chalishma orasiga kiritiladi va Kalavadan kelayotgan ipni shu chalishtirma oralig’idan tortib chiqiladi. Shu tariqa havoyi halqa hosil qilinadi.
K etma –ket yuqoridagi tartibda olingan havoyi halqalar zanjir deb ataladi va to’qima polotnoning asosini, boshlang’ich qatorini tashkil etadi.
Chala ustunchani to’qish uchun 20 ta halqalardan iborat zanjir to’qib olinadi. Eng songi birinchi halqani qoldirib, undan keyingi ikkinchi halqa orasiga ilmoq uchi kiritiladi va koptokdan kelayotgan ishchi ip ilmoq uchi bilan ilintirib, shu oraliqdan va birinchi halqa oralig’idan tortib chiqiladi Ilmoqda yangi bitta halqa hosil bo’ladi. Yana ilmoq uchi keyingi uchinchi halqa oralig’iga kiritilib, ishchi ipni shu va ilmoqdagi halqa orasidan tortib chiqiladi va hokozo.
U shbu sumka 8 qavat NSU da to’qilgan. NSU lardan tog’ri to’rtbyrchak shaklini to’qib, har qatorning boshida 2 BI qo’shiladi. Sumka o’lchamini 5-rasmda ko’rish mumkin. Tayyor bo’lgan to’g’ri to’rtburchakni teng ikkiga qayirib, ikki chetini tikib olinadi. Sumkaning o’lchamiga moslab, uchiga matoni ko’rinmas chok bilan tikib qo’yiladi. Simni ikkiga bo’lib, sumkani yuqori qismidan 5 ta bezak toshlari bilan o’tkazamiz. Simning qolgan qismini sumkani ikki chetidan chiqarib, ularni o’zaro birlashtiramiz. Ilgichlarni mustahkamlash uchun eni 2 sm, uzunligi 6 sm dan iborat NSU lar to’qib olinadi. Tayyor bo’lganidan so’ng uni ilgichlarga ko’rinmas chok yordamida tikib qo’yiladi.
Qizlar sumkasi har xil turda bo’ladi. Ularni to’qishda yuqoridagi to’qilishdan foydalanib amalga oshiramiz.
”Qo’shningni top” oyini bilan mustahkamlash.
1.Ilmoq yordamida qanday buyumlarni to’qish mumkin?
2.Halqa qanday hosil qilinadi?
3. Ilmoqda zanjir qanday to’qiladi?
4. Sumka qanday to’qiladi?
Uyga vazifa: Qizchalar sumkasini to’qish
Do'stlaringiz bilan baham: |