7-MA'RUZA. ASOS KONSTRUKSIYALAR
VA BIRIKTIRUVCHI DETALLAR
1. Biriktiruvchi detallar.
2. Furnituralar.
7.1. Biriktiruvchi detallar.
Mahkamlovchi metall buyumlar. Bu buyumlar duradgorlik usulida yasalgan
buyumlarning detallarini va qismlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Mixlar,
shuruplar, katta burama mixlar, boltlar, burchakli temirlar (ugolniklar), ust-
qo‘ymalar, tortqilar, tokchaushlagichlar shular jumlasidandir.
Mixlar kam karbonli toblanmagan och rang po‘lat simlardan sovuqligicha
shtamplab yasaladi, qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, ular binokorlik mixlari,
gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar, suvoq mixlari, tolga qoqiladigan mixlar va pardoz
mixlariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |