Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

Bo‘yoqlar va emallar 

Buyoqlar

Bo‘yoqlar 

deb 


mayin 

maydalangan 

pigmentlar 

va 


to‘ldiruvchilarning  parda  hosil  qiluvchi  moddalar  eritmalari  bilan  aralashmasiga 

aytiladi.  Parda  hosil  qiluvchi  moddaning  xiliga  qarab  bo‘yoqlar  yelimli,  moyli, 

emulsion, emalli va boshqa bo‘yoqlarga bo‘linadi. 

Parda  hosil  qiluvchi  moddalar  eritmasiga  pigmentlar  qo‘shilganda,  u 

qoplamaga pigmentlar rangiga bog‘liq bo‘ladigan xiralik va rang beradi. Pigmentlar 

qoplamalarning boshqa xossalarini ham o‘zgartiradi. 

Odatda,  bo‘yoqlarning  himoya  xossalari  sof  parda  hosil  qiladigan  loklarning 

himoya xossalaridan ancha yuqori turadi. Bo‘yoqlarning himoya xossalari anorganik 

pigmentlar qo‘shib oshiriladi. 

Bo‘yoqlar va ular hosil qilgan qoplamalar qator talablarga javob berishi kerak. 

Yaxshi  quyiluvchanligi,  tez  qotishi,  yaxshi  adgeziyalanishi  va  tashqi  ta’sirlarga 

chidamli  bo‘lshi  kabi  xossalardan  tashqari,  ular  ma’lum  rangga,  qattiq  zarralarning 

(pigment va to‘ldirgichning) disperslik darajasiga, yuqori darajada berkituvchanlikka 

va uzoq vaqt saqlanish kabi xossalarga ham ega bo‘lishi kerak. 



Elimli bo‘yoqlar deb oqsilli yelimlar: kazein va glyutin yelimlarining suvdagi 

eritmasiga  qorilgan  pigmentlar  aralashmasiga  aytiladi.  Yelimli  bo‘yoqlar  ishlatish 

joyida tayyorlanadi. 

Bu  bo‘yoqlar  yog‘ochda  turg‘un  qoplama  hosil  qilmaydi,  shu  sababdan  ular 

keng qo‘llanilmaydi. Yelimli bo‘yoqlardan eng yaxshisi kazein asosida tayyorlangan 

bo‘yoq hisoblanadi. 



Moyli  bo‘yoqlar  deb  pigmentlarning  quriydigan  moylardagi  aralashmasiga 

aytiladi. Quriydigan moylar deb havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasida qattiq 

va elastik pardalar hosil qila oladigan ba’zi o‘simlik moylariga (zig‘ir, kanop, tunga) 

aytiladi. Bo‘yoq tayyorlashda alif eng ko‘p ishlatilaladi. 

Moyli  bo‘yoqlar  juda  uzoq  vaqt  quriydi.  Odatda,  qoplamalarning  20°С 

temperaturada  qurish  muddati  kamida  bir  sutkaga  boradi.  Shu  sababdan  yog‘och 

buyumlarni  pardozlashda  moyli  bo‘yoqlardan  cheklangan  miqdorda  foydalaniladi. 



 

74 


Qurishni  tezlashtirish  maqsadida,  alif  tayyorlash  vaqtida  uning  tarkibiga  sivkativlar 

qo‘shiladi. 

Kimyo  sanbati  pigmentlarning  pastasimon  massasidan  iborat  bo‘lgan  quyuq 

ezilgan moyli bo‘yoqlar, alifmoyda ezilgan, shuningdek, ish konsistensiyadagi xuddi 

shunday alifmoy, skipidar va uayt-spiritda ezilgan, ishlatishga tayyor holatdagi moyli 

bo‘yoqlar ishlab chiqaradi; ular qurilishda ko‘proq ishlatiladi. 

Umumiy  foydalaniladigan  quyuq  ezilgan  moyli  bo‘yoqlar  guruhiga  ruxli, 

qo‘rg‘oshinli va litoponli belilalar, qo‘rg‘oshin va rux yashili; sun’iy kinovar; temir 

surigi; mo‘miyo, oxra va boshqalar kiradi. 

Pigmentning zzilish darajasi nomerlar bilan belgilanadi. Nomer qancha kichik 

bo‘lsa, u shuncha mayin tuyilgan va berkituvchan bo‘ladi. 

Quruq moddasining tarkibiga ko‘ra bo‘yoqlar markalarga ajratiladi. 

Quyuq  ezilgan  moyli  bo‘yoqlar  ish  qovushoqligigacha  alifmoy  quyiladi. 

Buning uchun zarur bo‘lgan alifmoy miqdori pigmentning xili va mayinligiga bog‘liq 

va 1 kg quyuq ezilgan bo‘yoq uchun 0,25 dan 0,4 kg gacha bo‘lishi mumkin. 

Qurishini  tezlatish  uchun  suyultirilgan  bo‘yoqqa  5-10%  cha  sikkativ 

qo‘shiladi. Quyilishini yaxshilash uchun moyli bo‘yoqlarga skipidar yoki uayt-spirit 

qo‘shish mumkin, biroq bular bo‘yoqning qovushoqligini, qoplama mustahkamligini 

va  uning  yaltiroqligini  yomonlashtiradi.  Moyli  bo‘yoqlarning  bir  qismi  (litopon 

belilasi, surik, oxra, mo‘miyo) ishlatish uchun tayyor holatda ishlab chiqariladi. 

Har  xil  ranglar  hosil  qilish  uchun  ko‘pgina  moyli  bo‘yoqlarni  o‘zaro 

aralashtirish  mumkin,  biroq  qo‘rg‘oshinli  bo‘yoqlarni  oltingugurt  birikmali 

bo‘yoqlar, masalan, ultramarin, litopon, kinovar bilan aralashtirib bo‘lmaydi. 

Emallar.  Emallar  pigmentlar  bilan  (plastifikator  va  sikkativlar  qo‘shilgan) 

loklarning  aralashmasudir,  ya’ni  emallar  pigment  qo‘shilgan  loklardir.  Emallarning 

vazifasi  yog‘och  buyumlarni,  shu  jumladan,  mebellar,  derazalar,  eshiklar,  qishloq 

xo‘jalik  mashinalarining  detallarini,  avtomobillarning  kuzovlari  va  kabinalarini, 

temir yo‘l vagonlarini, kemalarni xira pardozlashdan iborat. 

Emallar  yaxshi  berkituvchan,  pigmentlari  mayin  tuyilgan,  yuzaga  yaxshi 

quyiladigan,  yog‘och  yoki gruntovka  tarkibi bilan  yaxshi  adgeziyalanadigan,  yetarli 

darajada qattiq, elastik, yorug‘likka va suvga chidamli bo‘lishi kerak. 

Asosiy  parda  hosil  qiluvchi  moddalarning  tarkibiga  ko‘ra  emallar  moyli, 

spirtli,  nitrotsellyulozali,  pentaftalli,  alkid-stirolli,  alkid-mochevinali,  poliefirli, 

perxlorvinilli. poliuretanli emallarga bo‘linadi. 

Moyli emallar moyli loklarning pigmentlar bilan aralashmasidan iborat. 

Yog‘och  buyumlarni  pardozlashda  quyidagi  guruhdagi  emallar  ishlatiladi: 

moy-gliftalli, sentaftalli, muar, fiksol va emulsion emallar ishlatiladi. 

Turli  rangdagi  moy-gliftalli  emallardan  bino  ichida  ishlatiladigan  buyumlarni 

pardozlashda foydalaniladi. Bu emallar hosil qilgan qoplama yetarli silliq bo‘lmaydi, 

20°С temperaturada qurish muddati 48-72 soat. 

PF markali pentaftal emallar yog‘li pentaftal loklardan tayyorlanadi. Ular silliq 

va elastik, atmosferaga chidamli qoplama hosil qiladi. Qoplama 20°С temperaturada 

48 soatda qotadi. 

Muar emallari quriganidan keyin murakkab naqsh hosil qiladi. Bu emal oddiy 

konstruksiyali  buyumlarni  pardozlashga  mo‘ljallangan.  Emallar  ish  qovushoqligiga 




 

75 


uayt-spirit  yoki  ksilol  bilan  keltiriladi.  80°С  temperaturada  qurish  muddati  12-  14 

soat. 


Fiksol  emallari  tarkibida  kamida  40%  tung  yoki  zig‘ir  moyi  bo‘lgan  quyuq 

moyli loklardan tayyorlanadi. Fiksol qoplamalari atmosfera ta’siriga juda chidamli va 

oynasimon yaltiroq bo‘lishi kerak. Emallar ish qovushoqligiga 33% skipidar va 67% 

fiksol loki qo‘shib keltiriladi. Ularning qurish muddati 20°С da 24 soat. 

Emulsion  emallar  lok-moy  asosli  va  organik  erituvchilar  hamda  sikkativlar 

qo‘shib  tayyorlangan  emulsiya  bilan  pigmentlar  suspenziyasidan  iborat.  Xonalarni 

suvoq va yog‘och ustidan ichki pardozlashga mo‘ljallangan. Bu qoplamaning qurish 

muddati 20°С temperaturada 24 soat. 

Spirtli  emallar  spirtli  lok  asosida  tayyorlanadi,  juda  tez  quriydi  va  yaxshi 

quyiladi, biroq suv va namga chidamsizligi sababli cheklangan miqdorda ishlatiladi. 

Nitrotsellyulozali  emallar  pigmentlarning  nitroloklardagi  suspenziyasidan 

iborat.  Bu  emallar  tez  qotadi,  yaxshi  quyiladi,  berkituvchanligi  yetarli,  yaltiroq, 

mustahkam qoplama hosil qiladi, ular yaxshi jilolanadi va jilvirlanadi. 

НЦ-25  nitroemali  (ГОСТ  5406-93)  oq,  och  sariq,  qizil,  qo-ra  va  boshqa 

ranglarda  ishlab  chiqariladi.  U  bilan  bino  ichida  ishlatiladigan  yog‘och  sirtlar 

bo‘yaladi.  Emal  gruntovkalangan  yoki  shpatlyovkalangan  yuzaga  purkaladi  yoki 

quyiladi.  Bu  emallar  ish  qovushoqligiga  №645,  656  erituvchilari  bilan  keltiriladi. 

Emalning 18-20°С temperaturada qurish muddati 1 soat. 

НЦ-132  gliftalli  emal  (ГОСТ  6631-94)  ochiq  havoda  hamda  bino  ichidagi 

yog‘och buyumlar va detallarning gruntovkalangan sirtini bo‘yashda ishlatiladi. НЦ-

132  emali  oq,  sariq,  ko‘k,  qizil,  qora  va  boshqa  ranglarda  chiqariladi,  18-20°С 

temperaturada 3 soatda quriydi. 

НЦ-132K  emali  oldindan  shpatlyovkalangan  yuzalarga  ikki  marta  cho‘tka 

bilan  surkaladi,  НЦ-132П  emali  esa  purkaladi.  Ish  qovushoqligiga  №649  eritkichi 

bilan suyultirib keltiriladi. 

Kislotlli  qotadigan  НЦ-258  nitroemali  (ТУ  6-10-1168–87)  uch  xil  –  oq,  och 

yashil  rang  va  pushti  ranglarda  ishlab  chiqariladi.  Kislotali  qotadigan  nitroemallar 

tarkibiga  qo‘shimcha  ravishda  qarbamid  smolalari,  kislotali  qotirgichlar  qo‘shiladi. 

Mebellarni xiraroq bo‘yashda ishlatiladi. 

Bu  emal  sirtga  quyiladi  yoki  purkaladi;  ish  qovushoqligiga  №646  erituvchi 

bilan keltiriladi. Qurigandan keyin qoplama jilvirlanadi va jilolanadi. Amaliy qurish 

vaqti 1 soat. 

НЦ-258 emali mustahkamlik xossalari jihatidan boshqa nitroemallardan ustun 

turadi. 


Nitrotsellyulozali  xira  emal  НЦ-257  (ТУ  6-10-999–90)  fil  suyagi  rangli  yoki 

oq  rangli  bo‘ladi.  Mebellarni  pardozlashda  ishlatiladi.  Bu  emal  oldindan 

nitroshpatlevka  qatlami  bilan  qoplangan  sirtlarga  quyiladi  yoki  purkaladi. 

Suyultiruvchi sifatida №646 erituvchi ishlatiladi. Qoplamalar 18-23

°

С temperaturada 



qotadi. 

Bu  emal  mustahkamligi  jihatidan  НЦ-25  nitroemali  asosli  qoplamalar 

mustahkamligidan qolishmaydigan xira, mayin qoplama hosil qiladi. 

Oddiy sharoitlarda 8-12 soatda «changdan» va 24-48 soatda to‘liq quriydigan, 

40-50% quruq qoldiqli pentaftal emallari juda keng qo‘llaniladi. 



 

76 


Pentaftal  emallari  yog‘och  bilan  yaxshi  adgeziyalanadi,  atmosfera  ta’siriga 

chidamli va juda elastik, nitroemallarga nisbatan sekin yonuvchan. 

Sanoatimiz  pentaftal  emallarining  quyidagi  markalarini  ПФ-14  (oq,  och 

sarg‘ish,  havo  rang,  salat  rangli);  ПФ-15,  ПФ-56  (oq);  ПФ-57  (och  sariq);  ПФ-68 

(qora) va ПФ-64 (kul rang); ПФ-P5 (ГОСТ 6465—76) turli rangli markalarini ishlab 

chiqaradi. Atmosfera ta’sirida bo‘ladigan buyumlarni bo‘yash uchun ishlatiladi. 

Alkid-stirol  emallari  vaqtincha  foydalanishga  mo‘ljallangan  yog‘och 

buyumlarni pardozlashda ishlatiladi, chunki bu qoplamalar tezda yemiriladi. 

Kul  rang  va  oq  rantdagi  МС-226  emali  (ТУ  6-10-993-90)  xonalar  ichida 

foydalaniladigan yog‘och buyumlarni bo‘yashga mo‘ljallangan. 

Bu emal bo‘yoq purkagich bilan yoki cho‘tka bilan ikki qatlam qilib beriladi; 

ish  qovushoqligiga  ksilol  yoki  solvent  qo‘shib  keltiriladi.  Sikkativ  emalga 

ishlatishdan  oldin  emal  massasining  2-5  protsenti  miqdorida  qo‘shiladi.  Qoplama 

juda yaltiroq va suvga juda chidamli bo‘ladi. To‘liq qurish vaqti 3 soat. 

МЧ-13  alkid-mochevina  emali  (ГОСТ  8785-88)  yog‘och  tolali  plitalarni, 

mebellarni pardozlashda ishlatiladi. Parda hosil qiluvchisining tarkibi, suvga, issiqqa 

va  sovuqqa  chidamliligi  bo‘yicha  nitrotsellyulozali  emallardan  ustun  turadi.  МЧ-13 

emali  olcha  rang,  sariq,  fil  suyagiga  o‘xshash  oq,  och  sariq,  to‘q  sariq,  havo  rang, 

to‘q ko‘k, elektrik, barikaram, kul rang, yoqut rang, oqish, sarg‘ish ranglarda ishlab 

chiqariladi. qurish muddati 50 minut. 

Emal  pnevmatik  va  elektrostatik  purkalib,  oqim  tarzida  quyilib,  botirib 

buyumga yuqtiriladi, ish qovushoqligiga РКБ-1suyultirgichi qo‘shib keltiriladi. 

МЧ-13  emali  bilan  buyumlarni  bo‘yayotganda  va  quritayotganda  ko‘zning 

yoshlanish  pardasiga  va  nafas  olish  organlariga  ta’sir  etuvchi  erkin  formaldegid 

ajralib  chiqadi,  shu  sababdan  bunday  emal  ishlatiladigan  uchastkalar  so‘rish 

ventilyasiyasi bilan jihozlanishi lozim. 

Poliefir emallari – poliefir loklarining pigmentlar bilan aralashmasidan iborat. 

Dekorativ  va  mustahkamligi  jihatidan  ular  boshqa  emallardan  ustun  turadi,  chunki 

ular suvga, yorug‘likka va issiqlikka hamda sovuqqa juda chidamli; juda qattiqligi va 

mustahkamligi, juda yaltirab turishi bilan ajralib turadi. 

ПЭ-587  emali  (МРТУ  6-10-796-89)  oshxona  mebellarini  va  boshqa 

buyumlarni  pardozlashda  ishlatiladi.  Temperatura  60°С  bo‘lganda  birinchi  qatlami 

40-60  min.  da,  ikkinchi  qatlami  180  min.  da  quriydi.  Olti  xil  rangda  ishlab 

chiqariladi.  Emal  purkab  yoki  quyilib  ikki  qatlam  qilib  surkaladi,  5  bunda  18-23°С 

temperaturada  tutib  turish  vaqti  20-30  min.  bo‘ladi.  Emal  ish  suyuqligiga 

(qovushoqligiga) atseton bilan keltiriladi. Tayyor tarkibning ishga yaroqlilik muddati 

18  soat.  Tarkibida  parafin  bo‘lgan  ПЭ-276  emali  (ТУ  6-10-1181-91)  mebellarning 

sirtini  shaffof  qilmay  jilolash  uchun  mo‘ljallangan.  Emal  lok  quyish  mashinasida 

surkaladi,  atmosferada  quritiladi.  Yaxshi  jilolanadi  va  jilvirlanadi.  Perxlorvinilli 

emallar  smolalar  va  plastifikatorlar  qo‘shilgan  uchuvchan  organik  erituvchilar  bilan 

pigmentlarning  perxlorvinil  smolasi  eritmasi  suspenziyasidan  iborat.  Perxlorvinilli 

emallar  hosil  qilgan  qoplamalar  kimyoviy  reaktivlar  tagsiriga  ham,  atmosfera 

ta’siriga ham chidamli. ХВ-1100 perxlorvinil emali (ГОСТ 6993-90) bilan atmosfera 

ta’sirida  bo‘ladigan  yog‘och  buyumlar  bo‘yaladi.  Bu  emallar  surkaladi.  Qurish 

muddati  kamida 1  soat.  Bu emallar  oq,  sarg‘ish,  to‘q  sariq,  yashil,  havo  rang,  qizil, 



 

77 


kul rang, to‘q kul rang, qizil-jigar ranglarda ishlab chiqariladi. Ishlatish oldidan emal 

R-4  erituvchi  yoki  quyidagi  tarkabli  eritkich:  26%  atseton,  62%  toluol,  12% 

butiladetat bilan suyultiryaladi. 

ХВ-244 perxlorvinil emali (МРТУ 6-10-621–86) alkidli smolalar hamda 

plastifikatorlarda ezilgan pigmentlar qo‘shilgan perxlorvinil smolalarining organik 

erituvchidardagi eritmasidan iborat. Bu emaldan ichki yog‘och sirtlarni pardozlashda 

foydalaniladi. 

Tashqarida  ishlatiladigan  yog‘och  buyumlarni  pardozlash  uchun  bundan 

tashqari,  ХВ-124  emali  (ГОСТ  10144–94)  ishlatiladi.  Emal  atmosfera  sharoitlarida 

ishlatiladigan  gruntovkalangan  yog‘och  sirtlarni  bo‘yashga  mo‘ljallangan.  Emal 

sirtlarga pnevmatik purkab beriladi. 

Poliuretan  emallar  pigmentlarning  poliuretan  lokidagi  suspenziyasidan  iborat. 

Poliuretan qoplamalar juda qattiqligi va shu bilan birga elastikligi bilan ajralib turadi. 

Ular yedirilishga, suv, issiqlik hamda atmosfera ta’siriga chidamli. 

 


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish