3-MA'RUZA. KOMPOZITSION YOG‘OCH MATERIALLAR
1. Yog‘och qirindili plitalar.
2. Yog‘och tolali plitalar.
3. Yog‘ochli press-massalar.
3.1. Yog’och qirindili plita.
Qirindi, qipiq, yog‘och va taxta bo‘laklari - qiyqimlar, faner zavodida esa
shpon bo‘laklari, qalamlar (g‘o‘laning shpon yunib olingandan keyin qolgan qismi)
shunday plitalar uchun xom ashyo hisoblanadi; bu maqsadda maxsus yassi qirindidan
ham foydalaniladi, bu xil qirindi o‘tinbop sog‘lom g‘o‘la yog‘och-dan maxsus
stanoklar tayyorlanadi.
Eg‘och qirindidan plita yasash tartibi quyidagicha: tayyor qirindi plita yasash
sexiga uzatiladi. Unga aralashgan yirik chiqindilar (yog‘och qiyqimlari bo‘laklari
maydalanadi; shu tariqa hosil qilingan qirindini titrama g‘alvirlardan o‘tkazib,
mayda-yirigiga ajratiladi; chang va to‘ponni yondirish uchun qozonxonaga uzatyladi,
yirik bo‘laklar qayta maydalash uchun qaytariladi, plitabop qirindi esa quritish uchun
sushilkaga uzatiladi. Quritilib namligi 4-6 protsentga tushirilgan, qirindi
aralashtirgichga o‘tadi, bu yerda unga bog‘lovchi modda, ya’ni suvda eritilgan
sintetik smola aralashtiriladi; bu eritma quruq qirindi og‘irligining 6-12% miqdorida
qo‘shiladi, M-4 va M-60markali karbamid yelimi aralashtirib yasalgan plitalar juda
pishiq bo‘ladi; shu bilan birga, bu yelimlar ancha tejamlidir. K-17 va МФС-1
yelimlari ham ko‘p ishlatiladi. Bular uchun eng yaxshi qotiruvchi modda ammoniy
xlorid (novshadil) dir.
Shu tarzda tayyorlangan pressmassa maxsus mashinalarda gilamga o‘xshatib
yoyiladi, sovuq pressda zichlanadi, so‘ngra bu «gilam» vaqt-bavaqt yoki uzluksiz
ishlaydigan issiq pressga o‘tadi, bu yerda 135-140°С temperaturada va 5-20 kg/sm
2
bosim ostida presslanib, plitalar hosil qilinadi; temperatura va bosim kuchi plitaning
berilgan hajm og‘irligiga qarab tanlanadi;
Pressdan chiqqan plitalar taxlanib, omborda 5-10 kun tutiladi, shunday
qilganda ular bir tekis soviydi va yelim oxirigacha qotadi. Tayyor plitalar zarur
o‘lchamlarda kesiladi, ba’zan jilvirlanadi va sirtiga pardoz qoplanadi.
Sanoatimiz yassi presslangan (qipig‘i plita yuziga nisbatan: parallel
joylashgan) qirindi plitalarni quyidagi to‘rt markada ishlab chiqaradi:
PS-1-og‘irligi o‘rtacha bo‘lgan bir qavatli plitalar;
PT-1 -bir qavatli og‘ir plitalar;
PS-3-og‘irligi o‘rtacha bo‘lgan uch qavatli plitalar;
PT-3 - uch qavatli og‘ir plitalar.
Bu markadagi plitalarning sirtqi pardoz qavati bo‘lmaydi. Bir qavatli plitalar
stanokdan chiqqan qirindidan va yog‘och maydasidan yoki maxsus tayyorlangan
qirindidan presslab yasaladi; uch qavatli plita tayyorlashda uning eng ustki
32
qavatlariga maxsus tayyorlangan yassi qirindi, oraliq qavatlarga esa stanokdan
chiqqan qirindi va maydalangan yog‘och ishlatiladi.
Yassi presslangan plitaning uzunligi 3500 mm, eni 1500 va 1750 mm, qalinligi
10, 13, 16, 19, 22 va 25 mm; plitaning qalinligi 10 va 13 mm bo‘lsa, nominal
uzunligidan ±7 mm, enidan ±5 mm, qalinligidan ±0,4 mm, plitaning qalinligi 16 mm
bo‘lsa, ±0,5 mm, qalinligi 19 va 22 mm bo‘lsa, ±0,6 mm, qalinligi 25 mm bo‘lsa, ±0,7
mm chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Mebelsozlik sanoatida ishlatiladigan jilvirlangan
plitaning qalinligi 16 va 19 mm bo‘lsa, shu o‘lchamida ±0,3 mm, qalinligi 22 va 25
mm bo‘lsa, ±0,4 mm chetga chiqish mumkin.
Plitalar fizik-mexanik xossalari jihatidan A va B gruppalarga ajratiladi. Har
ikkala gruppadagi ПС-3 marqali plitalarning 2 hajmiy og‘irligi 0,50-0,65 g/sm
3
,
ПT-1 va ПT-3 markalarniki esa 0,66-0,80 g/sm
3
.
Plitalar mavjud nuqsonlariga qarab ikki sortga bo‘linadi.
Ularni
sortlarga
ajratishda
quyidagi
nuqsonlarga
e’tibor beriladi.
Qistirmalardan qolgan izlar, tirnalgan izlar, po‘stloq qoldig‘i, smola va parafin
dog‘lari, yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlar normasi standartda har sort uchun alohida
ko‘rsatilgan.
Sanoatda yog‘och qirindisidan yassi presslab yasalgan plitalardan tashqari,
ekspruzion presslangan plitalar ham chiqariladi, ularning qirindisi plita yuziga
nisbatan perpendikulyar joylashgan bo‘ladi. Ekstruzion plitalarning markalari:
ЭСС -o‘rta og‘irlikdagi yaxlit ekstruzion plitalar; ЭТС -og‘ir yaxlit ekstruzion
plitalar; ЭЛМ - serkovak yengil ekstruzion plitalar;
Shu markalarda chiqarilgan hamma plitalarning qog‘oz, shpon yoki yo‘nilgan
faner qoplamasi bo‘ladi. Ekstruzion plitaning uzunligi 1525, 2000 va 2500 mm, eni
1250 mm, yaxlit plitalarning qalinligi 13, 16, 19, 22 mm, serkovak plitalarning
qalinligi 25, 30, 35, 40 va 50 mm.
Nominal o‘lchamlardan quyidagicha chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi
(millimetrlar hisobida): plitaning uzunligi bo‘yicha ±5 mm; uzunligi 2500 mm
keladigan plitada ±6 mm; plitaning eni bo‘yicha ±5 mm; qalinligi 13 mm bo‘lgan
plita qalinligida ±0,3 shm, qalinligi 16, 19 va 22 mm bo‘lgan plita qalinligida ±0,4
mm qalinligi 25-50 mm bo‘lganda ±0,5 mm; serkovak yengil plitalarning ichida
bo‘yidan-bo‘yiga cho‘zilgan (dumaloq kesimli) ariqchalar bo‘ladi, ariqcha (kanal)
larning diamyotri plitaning qalin-yupqaligiga qarab 12 dan 36 mm ga-cha, soni 29-50
orasida bo‘ladi. Ekstruzion plitalarni gruppa va sortlarga ajratish qoidasi yassi
presslangan plitalarni gruppa va sortlarga ajratishdan farq qilmaydi. Shu ikkala
gruppadagi ЭСС markali plitalarning ham og‘irligi. 0,50 dan 65 g/sm
3
gacha; ЭТС
markali plitalarniki 0,66 dan 0,80 g/sm3 gacha; ЭЛМ markalilarniki - 0,35 dan 0,50
g/sm
3
gacha. Ekstruzion plitalarning statik egilishga chidamlilik chegarasi yassi
presslangan plitalarnikidan deyarli ikki baravar kam; Yassi presslangan plitalar
singari, ekstruzion plitalar ham ikki sortga ajratiladi.
Plitalarning to‘rt tomoni to‘g‘ri burchak hosil qilib kesiladi, qiya kesilishi
plitaning uzunligi va enida yo‘l qo‘yilgan chegaradan oshmasligi lozim.
Plitalarning namligi 10% dan ziyod bo‘lmaydi. Har qaysi plitaning yuzasi 0,01
m
3
gacha aniqlikda aniqlanadi.
33
Yog‘och-qirindi plitalarning mustahkamligi hamma yo‘nalishida bir xil
bo‘ladi; ular yorilmaydi, chirimaydi va ularni qurt yemaydi; bunday plitalarni qo‘l
asboblari bilan va stanokda ishlash oson; turumlar vositasida birlashtirish, burama
mix va oddiy mixlar bilan mahkamlash mumkin. Mebellar yasashda bu plitalardan
keng foydalaniladi. Qurilishda bunday plitalardan eshik tavaqalari, devor mebellari
yasaladi, ular devor va shiplarga ishlatiladi, ulardan pardevorlar, to‘siqlar, panellar
qilinadi.
Plitalar quruq binolarda yotqizib ustma-ust taxlangan pachkalar tarzida
saqlanadi, Tashiganda qor-yomg‘irdan va mexanik shikastlanishdan ehtiyot qilish
kerak.
Tola aralash qirindidan yasalgan plitalar - yangi turdagi materialdir. Ularni
qirindidan presslab yasashda yog‘och tolasi aralashtiriladi, qirindi pressmassaning
80% dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Yeg‘och ishlaydigan stanoklardan chiqqan qirindi
qo‘shimcha maydalanmay va quritilmay ishlatilaveradi, biroq g‘alvirda elab changi
ajratiladi hamda ichidagi yirik bo‘laklar-yog‘och-taxta qiyqimlari, qoldiqlar, taxta-
yog‘ochda tushib ketgan butoqlar (ko‘zlar), yog‘och siniqlari olib tashlanadi,
qirindiga aralashgan qipiq plitaning sifatini buzmaydi.
Tola aralash qirindidan plitalar yasashda yog‘och tolalaai bog‘lovchi modda
vazifasini o‘taydi, shu sababli, bu xil plitalarga yelim kabi yopishtiruvchi moddalar
qo‘shilmaydi. Tola aralash qirindidan yasalgan plitalar texnik ko‘rsatkichlari
jihatidan yog‘och tolalaridan presslab yasalgan plitalar bilak qirindi plitalar orasidagi
materialdir. Ularning afzal tomoni - arzonligidir. Qirindidan yasalgan plitadagi
bog‘lovchi moddalarning‘ qiymati butun plita qiymatining 50 foizini tashkil etadi,
tola aralash qirindi plitalar esa bog‘lovchi modda aralashtirmay presslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |