Ызбекистон республикаси олий ва


 Yog’ochli press-massalar



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

3.3. Yog’ochli press-massalar. 

Yog‘ochli  press-massalar  (МДП)  yog‘och  va  sintetik  bog‘lovchi 

aralashmasidan  ГОСТ  11368-89  “Massы  drevesnыe  pressovochnыe”  talablari 

asosida tayyorlanib, ularni press-qoliplarda issiq presslash orqali murakkab shakldagi 

konstruksion  detallar  olinadi.  Yog‘ochli  press-massalardan  asosan  turli  mashina  va 

mexanizmlarning 

detallari, 

mebel 


va 

duradgorlik 

buyumlarining 

ayrim 


konstruksiyalari  presslab  olinadi.  Yog‘ochli  press-massalardan  ayniqsa,  metall 

o‘rnini  bosa  oladigan  mustahkam  detallarni  olish  yuqori  samara  beradi.  Ular  metal 

buyumlarga  qaraganda  ma’lum  sharoitlarda  2-3  marta  ko‘proq  ishlaydi,  ularning 

ishqalanish  koeffitsienti  kichikligi  sababli  ishqalanish  energiyasi  ham  ancha 

kamayadi, xom ashyo sifatida yog‘och chiqindisi ishlatilganligi sababli tannarxi ham 

arzon  bo‘ladi.  Yog‘ochli  press-massalardan  sirpanib  ishlaydigan  podshipniklarining 

vtulka  va  vkladishlari,  yedirilishga  chidamli  disklar,  elektr  seksiyalarining  platalari 

va  izolyasion  detallari  va  flans,  tutqich,  shkiv,  maxovik,  labirintli  zichlama  kabi 

detallar olinadi. 



 

36 


Yog‘ochli press-massalar asosidagi buyumlarni ishlab chiqarishda chiqindilar 

deyarli hosil bo‘lmaydi, chunki murakkab shakldagi va o‘lchamdagi detallar mexanik 

ishlovlarsiz  oddiy  presslash  usuli  bilan  olinadi.  МДП  asosidagi  detallarni  qo‘llash 

mashina  va  mexanizmlarni  ta’mirlashni  tezlashtiradi  va  ortiqcha  sarf-xarajatlarning 

oldini  oladi.  Masalan,  МДП  dan  presslab  olingan  bir  tonna  detallar  qora  va  rangli 

metallardan ishlangan 8-10 tonna detallarga ekvivalent hisoblanadi. Bunda metall va 

МДП  og‘irliklaridagi  farq  6  tonnani  tashkil  qilsa,  mexanik  ishlov  berishda  hosil 

bo‘ladigan  metall  chiqindilari  va  yo‘qotishlarning  oldini  olish  hisobiga  2-4  tonna 

tejaladi.  МДП  asosida  detallarni  ishlab  chiqarish  uchun  mehnat  sarfi  ham  sezilarli 

darajada  kamayadi.  Shuningdek,  МДП  ishlab  chiqarish  jarayoni  boshqa  ishlab 

chiqarishlarda paydo bo‘ladigan chiqindilarni ham utilizatsiya qiladi (yog‘ochsozlik, 

mebel, to‘qimachilik korxonalari va h.k.). 

Yog‘ochli  press-massalar  standart  talablar  bo‘yicha  uch  xil  markada  ishlab 

chiqariladi: МДПK – shpon zarrachalari asosida, МДПS – qirindilar asosida, МДПO 

–  qipiqlar  asosida.  Shuningdek,  shpon  zarrachalari  va  qipiqlar  asosida  olinadigan 

press-massalar ham  mavjud. 

 

5-jadval. 



Markasi 

Yog‘och turi va zarracha 

o‘lchamlari 

Bog‘lovchi va bo‘yoq moddalar 

МДПK  Qalinligi  0,4-1,8  mm,  eni  3-50 

mm,  uzunligi  80  mm  gacha 

bo‘lgan  oq  qayin  shponi 

chiqindilari. 

50-80 

mm 


uzunlikdagi 

zarrachalarning 

salmog‘i 7-15% ni tashkil etadi. 

Bog‘lovchi sifatida СБС-1  yoki  ЛБС-

markali 


spirtda 

eriydigan 

fenolformaldegid 

smolalari, 

suvda 

eruvchi  fenolformaldegid  smolalari  va 



fenolspirtlar ishlatiladi. Nigrozin, surik 

kabi  bo‘yoq  moddalarni  qo‘shish  ham 

mumkin. 

МДПS  Qalinligi  5  mm  gacha,  eni  30 

mm  gacha  va  uzunligi  50  mm 

gacha  bo‘lgan  nina  va  yassi 

bargli  daraxt  yog‘ochlarining 

qirindilari ishlatiladi. 

Bog‘lovchi sifatida СБС-1  yoki  ЛБС-

markali 



spirtda 

eriydigan 

fenolformaldegid smolalari ishlatiladi. 

МДПO  Nina  va  yassi  bargli  daraxt 

yog‘ochlarining 

qipiqlari 

ishlatiladi. 

Bog‘lovchi sifatida СБС-1  yoki  ЛБС-

markali 


spirtda 

eriydigan 

fenolformaldegid smolalari ishlatiladi. 

 

Yog‘ochli press-massalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan bog‘lovchilarning 



quruq  qoldig‘i  o‘rta  hisobda  55%  atrofida  bo‘ladi.  Ularning  qotish  vaqti  55-90 

sekundni tashkil etadi. Smolani 20

o

S da 2-4 oy saqlash mumkin. 



Yog‘ochli  press-massalar  orasida  eng  yuqori  mexanik  mustahkamlikka  ega 

bo‘lgani МДПK hisoblanadi. Bu markadagi press-massalardan olingan buyumlarning 

zichligi  o‘rta  hisobda  1300  kg/m

3

  ga  teng,  siqilishdagi  mustahkamligi  –  100-127 



MPa, statik egilishdagi mustahkamligi 115-120 MPa, zarbiy qovushoqligi 15 Kj/m

2



Brinell  bo‘yicha  qattiqligi  270  MPa,  24  soat  ichida  suv  shimishi  1-3%  ni  tashkil 

etadi. 



 

37 


Press-massalarning  xususiyatlariga  yog‘och  zarrachalarining  o‘lchamlari  va 

shakli,  to‘ldirgich  turi  (yog‘och  turi,  yog‘och  qirindisi,  shpon  zarrachasi,  qipiqlar, 

sintetik  tolalar  va  h.k.),  presslash  rejimi  (bosimi,  temperaturasi,  ushlash  muddati, 

ichki ishqalanishlarni kamaytiruvchi qo‘shimchalar, press-massani plastifikatsiyalash 

jarayoni va h.k.), to‘ldirgich va bog‘lovchilarning massa miqdorlari, press-massadagi 

uchuvchan moddalar miqdori va uning oquvchanligi katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Yog‘ochli  press-massalarni  mahalliy  xom  ashyolar  asosida  ham  ishlab 

chiqarish mumkin. Bunga bir qator imkoniyatlar mavjud. Respublikamizda mebel va 

yog‘ochsozlik sanoatida ko‘plab yog‘och chiqindilari paydo bo‘ladi. Ulardan МДП 

ishlab  chiqarilsa,  atrof  muhitning  ifloslanishining  ham  oldi  olingan  bo‘ladi. 

Shuningdek,  bir  yillik  yog‘ochli  o‘simliklar  poyalaridan  (bug‘doy  somoni,  qamish 

kabi)  ham  МДП  ishlab  chiqarishda  foydalanish  mumkin.  Respublikamizning  cho‘l 

hududlarida  o‘sadigan  saksovul  kabi  qattiq  yog‘och  turlaridan  foydalanish  press-

massalarning  o‘ta  yuqori  mustahkamlikka  ega  bo‘lishiga  imkon  beradi. 

To‘qimachilik  sanoatida  hosil  bo‘ladigan  tabiiy  va  sintetik  matolarning  chiqindilari 

ham  МДП  olishda  to‘ldirgich  sifatida  muvaffaqiyatli  tarzda  qo‘llanilishi  mumkin. 

Fenolformaldegi  smolasiga  to‘qimachilik  sanoati  chiqindilari  tarkibidagi  poliamid 

yoki  polivinilxloridni  qo‘shish  ham  uning  mexanik  xususiyatlarini  yanada 

yaxshilaydi.  Shu  bilan  birga  fenolformaldegid  smolalarga  termoplastik  smolalarni 

qo‘shish ulardagi ichki kuchlanishlarni ancha kamaytiradi. 

Yog‘ochli  press-massalar  ishlab  chiqarishda  fenolformaldegid  smolalarining 

qo‘llanilishiga sabab, ular suv ta’siriga, issiqlik ta’siriga chidamli, mexanik jihatdan 

mustahkam  va  uzoq  muddat  o‘z  xususiyatlarini  saqlab  qoladi.  Bu  smolalarni 

yog‘ochli press-massalar ishlab chiqaradigan korxonada tayyorlash ham mumkin. 




Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish