Bo‘yoq moddalar - plastmassalarni bo‘yaydi. Ular pigmentlar, bo‘yovchi
moddalar va protravalarga bo‘linadi. Pigmentlar erituvchilarda erimaydi,
bo‘yovchi moddalar esa eriydi.
Polimerlarning asosiy xususiyatlari.
Hajmiy massa - materialning tabiiy holatdagi (g‘ovaklar va qo‘shimchalar
bilan birga) hajm birligidagi massasi. γ=m/V, kg/m
3
. Bu yerda m - materialning
massasi, kg, V - hajm, m
3
.
Zichlik - materialning zich holatdagi (g‘ovaklarsiz) hajm birligidagi massasi.
ρ=m/V
a
, kg/m
3
. Bu yerda m - materialning massasi, kg, V
a
- materialning absolyut
zich holatdagi hajmi, m
3
. Monolit plastmassalar uchun (masalan, polietilen)
hajmiy massa va zichlik bir-biriga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |