Asosiy savollar:
1. Arxivlash dasturlari, ularning imkoniyatlari va ahamiyati.
2. Fayllarni arxivlovchi dasturlar bilan ishlash.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: arxivlash, arxivatorlar, arxivlarni ochish,arxiv fayllarni yangilash, bo’laklab arxivlash, qirqib arxivlash, ARJ,ZIP, RAR.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Arxivlash dasturlari ma’lumotlarni ixchamlash, viruslarning oldini olish uchun qo’llaniladigan dasturlar hisoblanadi. Ushbu aytilgan fikrlarni to’g’ri va to’liq deb o’ylaysizmi? Sizningcha yana qanday fikrlarni aytish mumkin. Javobingizni izohlab bering.
2. Har qanday fayllarni arxivlashda fayllarning hajmi 50 % ga qisqaradi, deb aytilgan fikrga qo’shilasizmi yoki yo’qmi? Siz bu mulohazani qanday fikrlaysiz? Javobingizni izohlab bering.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga arxivlash dasturlari, ularning imkoniyatlari va ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Arxivlash dasturlari haqida to’liq ma’lumot bera oladi.
1.2. Arxivlash dasturlarining imkoniyatlarini ochib bera oladi.
1.3. Arxivlash dasturlari vazifalariga izoh bera oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin.
Arxivlangan fayl – bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya’ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda, nusxa olishda, saqlab qo’yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug’iladi.
Fayllarni arxivlash – fayllarni ma’lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi.
Arxivlash dasturlari – diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dastur.
Hozirgi kunda arxivlovchi arxivator dasturlari juda ko’plab yaratilgan. Ular bir-biridan qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan faraq qiladi.
Arxivator dasturlariga ARJ, PKZIP va RAR kabi dasturlarni misol qilish mumkin.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Fayllarni arxivlash deganda nimalar tushuniladi?
1.2. Arxivlash dasturlarining vazifalari nimalardan iborat?
1.3. Arxivlash dasturlarining qanday turlari bor va ular bir-biridan
qanday farq qiladi?
1.4. Fayllarni arxivlashning qanday ahamiyatli tomonlari mavjud?
1.5. Arxivlovchi dasturlarning qanday imkoniyatlari bor?.
Do'stlaringiz bilan baham: |