22-chizma. Korxona axborot bilan ta’minlanganligining samarali tuzilishi
Xomashyo va materiallar bozorini tadqiq qilish ayni vaqtda tadqiq
qilinayotgan bozorlar turini aniqlashni ham talab qiladi. Ularni quyidagi guruhlarga
bo‘lish mumkin:
- bevosita bozorlar (xomashyo va materiallar bozorini ta’minlovchilar);
Axborotni saqlash
Boshqaruvchi bo’lim
muammoning qo’yilishi
Axborotga talabning tahlili
Axborot tarqatuvchilarni qidirish
Axborotga ega bo’lish
Axborotni qayta ishlash
Axborotni
uzatish
99
- o‘rinbosar tovarlar bozori (to‘la yoki qisman o‘rinbosuvchi tovarlar);
- bilvosita bozorlar (yetkazib beruvchilar tomonidan qo‘llanadigan bozor);
- yangi bozor.
Bu axborotlar talab, taklif va bozor balansi haqida bo‘lib, quyidagi
savollarga javob berishi kerak:
- tadqiq qilinayotgan bozorning tuzilishi qanday?
- tadqiq qilinayotgan bozor qanday tuzilishga ega yoki u talab va taklifni qanday
muvozanatlaydi?
- bozor tuzilishi qanday yo‘llar bilan rivojlantirilishi mumkin?
Bu savollarni chuqurroq o‘rganish và ularga to‘la qonli javob berish uchun,
ko‘p hollarda axborotlar quyidagi 3 yo‘nalishda beriladi:
- bozorni zamonaviy tahlili;
- bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi dinamikasi;
- bozor o‘zgarishlari haqidagi bashoratlar.
Bozor tadqiqotlarini o‘tkazishda iste’molchilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor tadqiqoti bir firma ichida ham o‘tkazilishi mumkin. Shuni e’tiborga olish
kerakki, bozor tadqiqotlaridagi juda muhim, qimmatbaho axborotlar aynan bir
zavod yoki firmaning ichki faoliyatini nazorat qilishdan olinadi.
Bozordagi homashyo hamda komplekt materiallarga bo‘lgan talabni
o‘rganish, yangi tovar ustida ish olib borish bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Materiallar miqdori, ularni yetkazib berish, materiallar kelib tushishining
davomiyligi korxonaning biznes rejalaridan kelib chiqadi.
Bozorni o‘rganib va aniq bir yetkazib beruvchilarga to‘xtalgan holda savdo
bo‘limi korxona talab qilayotgan ma’lum bir mahsulotlarni ajratib olishi kerak.
Talabni aniqlashtirishda zahiralarni iste’mol qilishni boshqarish strategiyasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Talabni o‘rganish avvalambor, tovar va xizmatlar sifatiga,
miqdoriga ikki xil usul bilan ta’sir qiladi: birinchisi, talabni buyurtmalar bo‘yicha
o‘rganish va talabni rejali, harajatlar asosida o‘rganish; - ikkinchisi, agar talabni
buyurtma asosida o‘rganishning iloji bo‘lmasa, u holda talabni harajatlar orqali
aniqlash usuli qo‘llaniladi.
G‘arb mamlakatlarida firma tomonidan egalik qilingan tovarlar, ularning turi
va sotib olish usullari bilan turkumlanadi. Bu xilma - xillikdan ma’naviy ravishda
quyidagi tovarlar turi ajratiladi: xomashyo va asosiy materiallar; yoqilg‘i;
komplektlovchilar va asbob - uskunalar.
Materiallarni yetkazib berish usullari xilma - xildir. Uzoq muddat saqlash
talab qilinmaydigan tovarlar, iste’mol qilinishga juda oz muddat qolganida sotib
olinadi. Bir marta yoki doimiy iste’mol qilinadigan materiallar yetkazib berish
shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda sotib olinadi. Bu usullar natijasida firma
zahirasidagi materiallar kamayadi. Harajatlarni kamaytirish maqsadida ma’lum bir
tovar turlari kichik guruhlarga jamlash turlari kichik guruhlarga jamlash shu
maqsadlarda barcha firmalar komp’yuterlarning internetga ulangan aloqalaridan
foydalana boshlashlari kerak.
100
Egalik qilinayotgan tovarlarning narxi - sotish siyosatida eng muhim
element hisoblanadi. Savdo narxining tahlilida hisob-kitoblarning bir necha usullari
qo‘llaniladi:
- kalkulyatsiyaning oddiy usuli (umumiy harajatlar ko‘rsatkichi ishlab chiqarish
ko‘rsatkichiga bo‘linadi);
- ekvivalent ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-kitob (harajatlar, alohida bo‘limlar
bo‘yicha taqsimlanadi va o‘rtachasi olinadi);
- doimiy hisob-kitoblar (BTA boshqarish tizimini avtomatlashtirish bazasidagi
har bir operatsiyada yuzaga keladigan harajatlarning aniq hisob-kitobi).
Narxlar tahlili qo‘shimcha ish va xizmatlarni ham hisobga oladi. Masalan,
maslahatlar berish, hujjatlashtirishga tayyorgarlik, qadoqlash, bojxona bojlari,
yetkazib berish va boshqalar. Bunday holatlarda narxlar tahlilining quyidagi
usullari qo‘llaniladi:
- hamma bosqichdagi narxlar tahlili - mahsulotning paydo bo‘lishidan to
iste’molchiga yetib borishiga qadar bo‘lgan vaqt (ishlab chiqarish harajatlarini
hisobga olgan holda tovarning sof (netto) narxi belgilanadi);
- ish va xizmatlarning umumiy qiymatini hisobga olgandagi narx tahlili (bu erda
nazorat, saqlash va moliyalashtirishga ketgan qo‘shimcha harajatlar ham hisobga
olinadi);
- tovarning foydaliligiga asoslanib belgilangan narx tahlili;
- o‘xshash tovarlar narx ko‘tarilishining yo‘nalishi tahlili;
- yangi mahsulotga nisbatan narx tahlili;
- vaqt oralig‘idagi narx tahlili;
- tovarning bir-biriga ketgan harajatlar bo‘yicha narx tahlili;
- sirg‘aluvchi narxlar yordamidagi tahlil.
Odatda xaridor tovar narxlarning hammasini bilishi shart emas, buning uchun
xaridor va sotuvchi o‘zaro harajatlar haqida axborot almashsalar yetarli. Bular
ichiga yetkazib berish haqidagi qisqa muddatli shartnomalar ham kiradi.
Transport harajatlari moddiy-texnika ta’minoti organlarining ham nazorati
ostida bo‘ladi. Bunda faqat masofaning uzoqligi emas, balki transport turi,
yetkazib berish tezligi, tovarlarning qadoqlanishi, tushirish usullari ham e’tiborga
olinadi. Transport harajatlarining asosiy qismini materiallarni saqlash uchun
ketadigan harajatlar tashkil qiladi.
Turli firmalardagi ta’minot xizmatining asosiy vazifasi firmalarga yetkazib
beruvchilarni tanlash hisoblanadi. Bu tanlov hozirgi kunda asosan 2 ta usulda
o‘tkaziladi. Birinchi usul bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar va takliflarning tahlili,
oldi - sotdi uchun javob beruvchi savdo agenti tomonidan amalga oshiriladi. Eng
arzon narxlardan kelib chiqqan holda yetkazib beruvchini tanlash, buyurtma
berish, buyurtma bajarilishini nazorat qilish va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni hal qilish savdo agenti zimmasiga yuklatilgandir. Hamma
muammolar zamonaviy aloqa vositalari yordamida hal qilinadi. Ikkinchi usul,
shikoyatlar hamda yetkazib berishga bo‘lgan talab hamkasblar tomonidan
101
umumiy hal qilinishini nazarda tutadi. Tahlil har bir bo‘limda bir xilda o‘tkaziladi.
Bu savdo - sotiq bo‘limida ham, tovar sifatini nazorat qilish bo‘limida ham
o‘tkaziladi. Uchinchi usul ham mavjud bo‘lib, bunda yangi, yaxshi o‘rganilmagan
bozorni korxona tomonidan ta’minotining qondirilishidir. Bu asosan yangi
tovarlarga talabning paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.
1980 - yillarda korxona faoliyatining rejali boshlanishi yaxshi shakllangan
korxona faoliyatini rejalashtirishda bir qator omillar hisobga olinadi, xususan:
inflyatsiya tezligi; bir qator mamlakatlarda valyuta devalvatsiyalanishi, narx
o‘sishiga
ta’sir
qiluvchi
omil;
yetkazib
berish
bozorida
kapital
konsentratsiyasining o‘sishi; ishlab chiqarishning texnologiya tomonidan
rivojlanishi; yangi materiallarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Ko‘pgina
firmaning boshqaruv xodimlari shuni tushunib etishdiki, yetkazib berish bozori
bilan bo‘ladigan aloqalarning rejalashtirilishi, oldi-sotdi bozorini tahlil qilish va
rejalashtirish kabi juda muhimdir.
G‘arb mamlakatlarida tovar va komplekt mahsulotlar yetkazilishining sifatli
bo‘lishi, firmalar ta’minot bo‘limining asosiy muammolaridandir. Shuni aytib
o‘tish kerakki, yetarli darajada raqobatchilarning mavjud bo‘lishiga qaramay, sifat
muammosi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina G‘arbiy Yevropa,
Amerika, Yaponiyadagi kompaniyalar o‘rtasida kuchli raqobat bormoqda. Bu
raqobatda asosiy e’tibor yetkazib berish manbalariga qaratiladi. «ITT Kennon
Nort Amerika» bu usulda juda malakali hisob kompaniyasini boshqarish tizimida
«yetkazib beruvchilarni tanlab olish guruhi» deb nomlangan bo‘lim mavjud
bo‘lib, bu bo‘limga material texnik ta’minot bo‘limlari, moliyaviy xizmat, ishlab
chiqarish bo‘limi xodimlari a’zodirlar. Guruh korxona tomonidan qo‘yilgan
barcha talablarga to‘laqonli javob beruvchi ishchilarni, yetkazib beruvchilik
vazifasiga qabul qiladi. Yetkazib beruvchining imkoniyatlarini o‘rganishda asosan
quyidagilar e’tiborga olinadi:
- talab darajasidagi tovarlarni ishlab chiqarishda asbob - uskunalarning
mavjudligi;
- kerakli anjomlar bilan dasturda ko‘rsatilganligi bo‘yicha tovar sifatini
tekshirishga sharoitning mavjudligi;
- chiqayotgan xomashyo va materiallarni nazorat qilish, attestatsiyadan
o‘tkazish;
- ishchilarning nazorat qilinishini aniqlovchi hujjatlar hamda qo‘llanmalarning
mavjudligi;
- ishlab chiqarishni to‘laligicha nazorat qiluvchi hujjatlarning mavjudligi.
G‘arbiy Yevropa kompaniyalarining ta’minot bo‘limi oldida turgan
vazifalardan yana biri yetkazib beruvchi resurslar hamda iste’molchi talabining
muvozanatini aniqlashdir.
Misol tariqasida «Eripson informeyshn sistems» deb nomlanuvchi shved
kompaniyasining faoliyatini ko‘rib chiqish mumkin. Bu kompaniya o‘zinig
ta’minot tizimini ishlab chiqargan. Bu tizimga ko‘ra, savdo markazi yangi tovar
102
ishlab chiqarish bilan bog‘lanadi. Bunda firma bo‘lajak iste’molchilar talabini
qondiruvchi yetkazib beruvchilarni tanlaydi va ularni yangi tovar ishlab
chiqarishda qatnashishga undaydi.
Shvetsiyadagi «Saab - Skakia» kompaniyasining ta’minot bo‘limi
vazifasiga quyidagilar kiradi: talablarni qondirishning texnik usullarini topish;
texnologiyalarni qayta ishlashda aniq o‘zgarishlarni yaratish; korxonani test
o‘tkazuvchi laboratoriyalar bilan ta’minlash.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, korxona ta’minot bo‘limining yangi
vazifalarini ko‘rsatish mumkin. Ular: korxona ichki faoliyat tahlili; dizayni;
o‘xshashini ishlab chiqarish; tovar ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ichki va
tashqi omillarni hisobga olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |