24-chizma. Korxonalarda vositachi tashkilotlar qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy-
texnika ta’minoti
Iste’molchi kompaniya
Buyurtmalarni markazlashtirish
Yetkazib beruvchi
D
D
Ta’minlovchi tashkilot
Jamg'arish punkti
DМ
DМ
DМ
105
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, yetkazib beruvchilar yordamida ishlab
chiqarilgan buyurtma ombor xo‘jaligidagi qayd qilish bo‘limiga jo‘natiladi. Qayd
qilish bo‘limi 1 yoki 2 marta shartnomalar tizimi bilan birlashgan yetkazib
beruvchilarga buyurtma yuboradi. Yetkazib beruvchi ertasiga so‘ralgan
materiallarni jo‘natadi va ular omborning jamg‘arish bo‘limiga yig‘iladi. Bunda 14
ta forma blank o‘rniga bittasidan foydalaniladi. Bu blank formula bir vaqtning
o‘zida ham buyurtma, ham hujjat bo‘ladi.
Rivojlangan bozor sharoitida ta’minotning logistika bo‘limining asosiy
muammosi talab ehtiyojlarining tez o‘zgarishidir. Bu ko‘pincha yetkazib
beruvchida ishlab chiqaruvchiga kerak bo‘lmaydigan tovarlarning yig‘ilib
qolishida o‘z aksini topadi.
Oxirgi o‘n yillikda ta’minotning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, u
ishlab chiqarishning aniq bir talabini qondirishga mo‘ljallangan. Ular quyidagilar:
- kanban usuli (Yaponiyada ishlab chiqilgan usul bo‘lib, umumiy ishlab
chiqarishni materiallar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan oxirgi talabni hisobga
oladi);
- talab va materiallarni rejalashtirish tizimi. (25 - chizma). Bu 3 bosqichda
amalga oshiriladi: birinchisi dasturli rejalashtirish, ikkinchisi materiallarni
taqsimlash va uchinchisi savdoni nazorat qilish;
- «Aynan vaqtida» usuli, bu usul zahiralar to‘planib qolishining oldini oladi. (
26 -chizma);
- talab bo‘yicha ta’minot tizimi, bunda uzoq muddatli ma’lum shaklli shartnoma
yetkazib beruvchilar bilan tuziladi. Materiallar bosqichma - bosqich
iste’molchiga yetkazib turiladi;
- «bashorat ko‘rsatkichlari» usuli (katta miqdordagi materiallarga talab ma’lum
darajada hujjatlashtiriladi va talab asosida materiallar yetkazib beriladi);
- iste’molchi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kerakli ma’lumotlarni internet
orqali almashish usuli. Buyurtma kelib tushgandan so‘ng, qolgan hamma
ma’lumotlar kompyuter orqali olinadi.
Zamonaviy savdo uchun oldindan talab qilinadigan materiallarni bashorat qilish
xosdir. Bashoratning chuqur o‘rganilishi zahiralar miqdori, yetkazib berishga va
ta’minotga tayyorligini belgilaydi. Bashorat asosida ta’minot rejasi tuziladi.
Ta’minot shunday balanslashtirilishi kerakki, uning asosida ishlab chiqarishning
bosqichli dasturi tuziladi. Mana shu dastur materiallarni ishlab chiqarishga ta’sir
qiluvchi omil bo‘ladi. 25-chizmada ishlab chiqarishning dasturli rejasini ishlash
chizmasi berilgan.
Ishlab chiqarish rejasi
106
Do'stlaringiz bilan baham: |