“Sotish darajasini baholash” usuli. Mahsulotlarni sotishlar darajasi
haqidagi fikrlar sotish hodimlari guruhlari bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkin va
ko‘pincha haridorlarning talablari va ehtiyojlari tendensiyasini aks ettiradi.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Fikrlarni bashoratlash” usuli. Bu usulda firma xodimlarining
bo‘ladigan tendensiya haqidagi, hamda ba’zida kelajakdagi alohida xizmatlar,
jarayonlar tendensiyalari haqidagi fikrlari va tasavvurlaridan foydalaniladi.
Umumiy holda usul qat’iy ilmiy bo‘lmaydi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va
uzoq muddatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |