Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


“Dinamik  modellashtirish”  usuli



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

“Dinamik  modellashtirish”  usuli.  Chakana  savdo  shohobchalari  va 
distribyutorlik  markazlarida  sotishlarning  yakuniy  hajmini  imitatsion  dinamik 


 
187 
modellashtirish  uchun  EHM  dan  foydalaniladi.  Modellashtirishning  dastlabki 
parametrlari  zahiralarni  boshqarish  siyosati,  ishlab  chiqarish  jadvali  va  moddiy 
resurslarni  harid qilish siyosati tomonidan beriladi. Bashoratlash davri  – o‘rtacha 
va uzoq muddatli bo‘ladi. 
 
Logistik rejalashtirishning asosiy nuqtai nazarlari.  
 
Logistik  strategiyani  ishlab  chiqish  firmada  marketingli  va  ishlab chiqarish 
strategiyalari  va  missiyasini belgilash bilan bir qatorda markaziy  o‘rinni egallaydi. 
Logistik  strategiya  firmaning  korporativ  strategiyasiga  zid  bo‘lmaydi  va  uning 
missiyasi  o‘zanida  oqishi  kerak.  Logistik  strategiyani  ishlab  chiqishda  quyidagi 
asosiy savollarga javob berish kerak: 
1.  Biz hozir kompaniyalarning qanday turidan iboratmiz? 
2.  Kelajakda kompaniyalarning qanday turi bo‘lishni istaymiz? 
3.  Bizning iste’molchilarimiz kimlar? 
4.  Bizning biznesimizning tabiati va xususiyatlari qanday? 
5.  Bizning biznesimiz rivojlanishining muqobil imkoniyatlari qanday? 
6.  Bizning raqiblarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlarimiz qanday? 
7.  Biz qanday korporativ strategiyani belgilamoqchimiz? 
8.  Qanday marketingli strategiya bizga to‘g‘ri keladi? 
9.  Marketingli  strategiyani  belgilashda  logistik  strategiya  qanday  bo‘lishi 
kerak? 
10. Logistik strategiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari qanday? 
11. Strategik logistik reja nimadan iborat bo‘lishi kerak? 
12. Strategik rejani amalga oshirish uchun qanday byudjet zarur? 
13. Strategik rejaning monitoringini bajarishning qanday tashkil qilish mumkin? 
14. Qanday logistik faollik rejada ustivor bo‘lishi kerak? 
15. Logistik faollikning integratsiyalash darajasi qanday bo‘lishi kerak? 
16. Logistik rejaning birligi nimadan iborat? 
17. Tashqi atrof-muhitning tabiati qanday? 
18. Bozorning tabiati, darajasi, xususiyati qanday? 
19. Bizning  bozordagi  asosiy  raqiblarimiz  qanday  va  har  bir  raqib  bizning 
firmaga nisbatan nimadan iborat? 
20. Bizning  oldingi  logistik  strategiyamiz  qanday  edi  va  ular  hozirga  vaqtda 
qanday o‘zgargan. 
21. Oldingi  logistik  strategiyalarni  amalga  oshirishga  moliyaviy  kiritmalar 
qanday edi va yangi investitsiyalarni qayerdan olish mumkin? 
22. Tashqi atrof-muhit asosiy omillari o‘zgarishining bashorati qanday? 
23. Bizning  strategic  logistik  rejamizning  poydevori  nimadan  iborat  bo‘lishi 
kerak? 
24. Logistik  strategiyaning  maqsadlariga  erishish  uchun  eng  dolzarbroq 
dasturlar qanday bo‘lishi kerak? 
25. Logistik strategiyani bajarish bilan bog‘liq hatarlar qanday? 
26. Logistik strategiyaning bajarilishini qanday miqdiriy baholash mumkin? 


 
188 
Firmaning  logistik  strategiyasini  ishlab  chiqishni  yiriklashtirilgan  holda 
quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin.    
 
 
 
39-chizma. Firmaning logistik tizimini ishlab chiqish ko‘rsatkichi 
 
 
Chizmada  fizmaning  korporativ  strategic  maqsadlari,  marketing  va  ishlab 
chiqarish  strategiyalarini  bog‘lovchi  logistik  strategiya  quyidagi  asosiy  tarkibiy 
qismlardan tashkil topadi: 
  logistik tarmoqning konfiguratsiyasi;  
  logistik sotishning tashkiliy tuzilishini muvofiqlashtirish va ishlab chiqish; 
  mahsulotning sifati va iste’mol servisiga strategik talablarni belgilash; 
  zahiralarni boshqarishning integratsiyalangan tizimlari; 
  logistik axborot tizimi. 
Logistik  tarmoqning  konfiguratsiyasi bo‘yicha strategik qarorlar o‘z ichiga 
sifatni  belgilash,  logistik  zanjirlar,  kanallar,  omborlar,  terminallar,  dispetcherlik 
markazlari,  yukni  qayta  ishlash  shohobchalari  va  boshqalarni  oladi.  Ular  tayyor 
mahsulotlarni sotish bozorlarini iqtisodiy qoplanishini ta’minlaydilar. 
 
Muvofiqlashtirish  va  tashkil  qilish  strategiyasi  logistik  tizimning  tashkiliy-
vazifaviy tuzilishi, logistik tiizm bo‘g‘inlarining soni, ustivor asosiy logistik faollik 
va  logistik  tizimdagi  logistik  vositachilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  strategik 
munosabatlarni belgilab beradi. 
 
Iste’mol  servisining  strategiyasining  mahsulot  sifati  va  logistik  servisning 
asosiy  parametrlari  identifikatsiyalashtiradi,  ular  firma  mahsulotlari iste’molchilari 


 
189 
talablari va bo‘ladigan kutishlarga mos kelishlari kerak. Zahiralarni boshqarishning 
integratsiyalangan  strategiyasi  moddiy  resurslarni  yyetkazib  beruvchilardan 
yakuniy  iste’molchilargacha  to‘liq  logistik  zanjirda  zahiralarni  aniqlash,  nazorat 
qilish, tartibga solish vazifalaini keng yoyishni ko‘zda tutadi. 
 
Logistik  strategiyaning  asosiy  tashkil  qiluvchilardan  biri  logistik  axborot 
tizimi  bo‘lib,  u  asosiy  bazisli  va  majmuaviy  logistik  faollik  va  biznes  sohasini 
axborot  va  telekommunikatsoin  kanallar  va  axborot  komputerli  texnologiyalar 
bilan  bog‘laydi.  Logistik  axborot  tizimi tashqi muhit bilan marketing strategiyasi, 
firmaning  ichki  mikromuhiti  bilan  ishlab  chiqarish  strategiyasi  orqali  interfeysni 
ta’minlaydi. 
 
Ko‘rib  chiqilgan  strategiyaga  ko‘ra,  logistik  strategiyani  ishlab  chiqish 
to‘rtta  bosqichda  amalga  oshiriladi:  baholash,  imkoniyatlarni  tahlil  qilish, 
ustivorliklarni o‘rnatish, bajarish. 
 
Birinchi  bosqichda  logistik  strategiya  firmaning  bozordagi  missiyasi  va 
korporativ  strategiyasiga  nisbatan  pozitsiyalanadi.  Umumiy  iqtisodiy  va  siyosiy 
vaziyat  sinchiklab  tahlil  qilib  chiqilishi  va  5-15  yilga  uni  o‘zgarishining  ko‘zda 
tutiladigan  tendensiyasi  belgilanishi  kerak.  Logistik  strategiyaning  marketing  va 
ishlab  chiqarish  strategiyasi  bilan  interfeysi  batafsilroq  baholanadi.  Xususan, 
tashqi  atrof  logistik  muhitiga  nisbatan  iqtisodiy  tendensiyalar,  makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning  dinamikasi,  demografik  tendensiyalar,  tegishli  sohalardagi 
texnologik  va  ilmiy  daraja,  sotish  bozorlarining  rivojlanishi  tendensiyasi, 
raqiblarning  ehtimol  bo‘lgan  guruhlari,  qonunchilik  va  boshqalar  baholanishi 
kerak. 
 
Ikkinchi  bosqichda,  umuman  korporatsiya  va  alohida  tarkibiy  bo‘linmalar 
darajasidagi  ehtimol  bo‘lgan  strategik  qarorlar  tanlab  olinadi  va  tahlil  qilinadi, 
Logistik strategiyaning tarkibiy qismlariga nisbatan bazaviy talablar belgilanadi. 
 
Uchinchi  bosqichda ustivorliklarni belgilash va ehtimol bo‘lgan muqobillar 
majmuasidan  ustivorlik  qiluvchi  logistik  strategiyalardan  birini  tanlashdan 
iboratdir.  Bunda  strategiyani  bajarish  ularni  olish  manbalari  uchun  ehtiyoj 
resurslarini erta identifikatsiyalanishi muhim ahamiyatga ega.  
 
To‘rtinchi  bosqichda  ham  umumiy  logistik  tizim  va  han  menejmentning 
alohida darajalari uchun antigratsiyalangan ko‘rsatkichlarni belgilash bilan bevosita 
strategik  logistik  tizimni  ishlab  chiqishdan  iboratdir.  Ushbu  bosqichda  logistik 
tizimning  tashkiliy  tuzilishi  tasdiqlanadi,  bazaviy  logistik  axborot  tizimi,  strategik 
vazifalarni bajarilishini baholash va monitoring tizimi belgilanadi. 
 
Xorijiy  firmalar  tomonidan ishlab chiqilgan logistik strategiyalarning asosiy 
maqsadlari  odatda  quyidagilardan  iborat: xarajatlarni kamaytirish; logistik tizimda 
investitsiyalarni kamaytirish; logistik servisni yaxshilash. 
 
Xarajatlarni 
kamaytirish 
strategiyasi 
asosan 
moddiy 
resurslarni 
harakatlanishi,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  tayyor  mahsulotlar  va mahsulotlar 
zahiralari  bilan  bog‘liq  operatsion  tashkil  qiluvchi  xarajatlarni  kamaytirishga 
qaratilgan.  Eng  yaxshi  strategiya  “omborga  joylashtirish-tashish”  tizimining 


 
190 
ehtimol  bo‘lgan  variantlari  orasidan  omborlarni  yaxshiroq  joylashtirish,  zahiralar 
darajasini  muvofiqlashtirish,  topish  va  yo‘nalishlarning  muvofiq  usullari  tanlab 
olish  yo‘li  bilan  muqobil  tanlov  natijasida  shakllantiriladi.  Servisning  darajasi 
odatda  muvofiq  umumiy  xarajatlar  topilguncha  qaror  cheklanadi,  bunda  foydani 
ko‘paytirish ustuvor vazifa bo‘ladi. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish