“Bozorni tadqiq qilish” usuli. Haqiqiy bozorlar haqidagi gipotezalarni
tanlab olish va testdan o‘tkazish uchun tizimli, shakllangan va ongli tadbirlar.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Izchil bitimlar” usuli. Bu usul ekspertlar guruhi bitta ekspertga
qaraganda yaxshiroq bashorat qilishi mumkinligiga yo‘l qo‘yishga asoslangan.
185
Cheklashlar mavjud emas, muhokamalar rag‘batlantiriladi. Olingan bashoratlar
ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘ladi va to‘g‘ri bitimlarni aks ettirishi mumkin.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.