Tayanch tushunchalar:
Mahalliy sulolalarning hokimiyat tepasiga kelishi. xuroson va Movarounnahrning xalifalikdan ajralishi. Tohariylar davridagi iqtisodiy va madaniy ko'tarilish. Safforiylar davlati.
Somon xudodlar va Somoniylarning davlati. Ismoil Somoniy islohoti. Markazlashtirilgan davlat devonining tashkil topishi. IX-X asrlarda Movarounnahrdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Somoniylar davrida madaniyat.
Qoraxoniylar dlavlati. Yettisuv, Dashti Qipchoq, Sharqiy Turkiston va movarounnahrdagi turkiy xalqlar va kabilalar. Qoraxoniylar davrida ijtimoiy iktisodiy hayot.
G'aznaviylar davlatining tashkil topishi. Mahmud G'aznaviy va uning Somoniylar hamda Qoraxoniylar bilan munosabati. Mahmud G'aznaviyning harbiy yurishlari. Ma'mun davlatining tashkil topishi.
Saljuqiylar davlati.
Xorazmda Anushteginlar hokimiyatining qaror topishi. Takesh va uning Xorazm davlatini kuchaytirishdagi o'rni. Muhammad Xorazmshoh davrida Xorazm.
VIII asrning ikkinchi yarmi - XII asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi madaniy hayot.
VIII asr oxiri- IX asr boshlariga kelib markaziy Bog'dod xalifaligi va uning barcha viloyatlarida siyosiy vaziyat juda keskinlasha boshladi. Arab bosqinchilariga qarshi tinmay davom etgan xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy poydevorini zaiflashtirdi. O'z navbatida mahalliy feodallarning xalifalikni idora etishda keng ishtirok etish uchun zamin tug'ildi. Ko'tarilgan qo'zg'olonlarni bostirishda mahalliy zodagonlar ko'rsatgan xizmatlari evaziga mahalliy va markaziy idoralarda rahbarlik lavozimlarini egallay boshladilar.
Davlatni idora etishda yuqori pog'onaga erishgan mahalliy zodagonlar sulolasidan biri bermakiylardir. Xorun ar-Rashid bermakiylar qudrati oshib borayotganidan qo'rqib, bu sulolani qurol kuchi bilan hokimiyatdan chetlashtirgan edi. Xalifa Xorun ar-Rashid o'limidan keyin uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida hokimiyat uchun bo'lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'munga Bog'dodni va markaziy xalifalikni egallashda unga har tomonlama yordam ko'rsatdi. Tohir ibn Husayn ko'rsatgan xizmati evaziga xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir qancha vaqt xalifa qo'shining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir xuroson noibligi poytaxti qilib Nishopur shahrini tanladi va mustaqil davlatga aylantirish uchun dadil harakat qila boshladi. Ammo u rejalarini oshira olmasdan to'satdan vafot etdi, uning sirli o'limida xalifa odamlarining qo'li bo'lgan.
Xalifa Ma'mun Tohir ibn Husayn o'rniga xuroson noibi qilib uning o'g'li Talxni tayinladi. (822-828 yillar). Tohirning ikkinchi o'g'li Abdullo noiblik qilgan yillarda (830-844 y) xuroson xalifaga vassal hisoblangan, aslida mustaqil davlatga aylandi.
Tohiriylar kuchli hokimiyat tuzishga, qishloq xo'jaligini tashkil etishga astoydil harakat qildilar. Yangi sug'orish inshootlari barpo etdilar. Mahalliy amaldorlar o'z lavozimlarini su'istemol qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Xalqdan olinadigan soliqlar miqdori kattaligicha qolavergan. Manbalarda qayd qilinishicha, 844 yil aholidan 48 million dirham soliq yig'ilgan. Mehnatkash xalq noroziligi Tohiriylar tomonidan shafqatsiz ravishda bostirilgan.
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom ruhoniylarini o'z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talk davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan, Ustrushonada ham islom dini qabul qildirilgan. Davlatni idora etishda malakali, bilimli amaldorlar zarurati tufayli, bilimdon kishilarga homiylik qilganlar. Ma'lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun keng sharoit tug'dirib berganlar. Tohiriylar sulolasi vakillari orasida bilimli, shoir tabiat kishilar anchagina bo'lgan. Ammo Tohiriylar yuritgan siyosat xalifalik istibdodidan ko'p ham farq qilmagan.
Xalifa Ma'mun hukmronligi davrida ham O'rta Osiyoda siyosiy vaziyat keskinligicha qolaverdi. Husayn Tohiriylarning kelishi Movarounnahrda nafaqat mehnatkash ommasining yangidan qo'zg'alishiga sabab bo'ldi, balki mulkdor feodallarning ham nafratini oshirib yubordi. Ana shunday sharoitda O'rta Osiyoning boshqa bir yirik feodallar vakillari siyosiy ishlarga jadal, aralasha boshladilar. Jumladan Soman (sharqshunos Bartold uni asl kelib chiqishi jihatidan Balxlik deb ta'riflasa, boshqa tarixiy adabiyotlarda samarqandlik tojiklardan yoki Termizdan degan fikr qayd qilinadi) uning o'g'li Asad, nabiralari Ahmad, Nuh, Yaxyo, Ilyos kabilar O'rta Osiyoda siyosiy hukmronlikni o'z qo'llariga olish maqsadida baxona axtara boshladilar. xuroson, Marv, Buxoro viloyatlarida boshlanib ketgan xalq g'alayonlarini bostirishga faollik ko'rsatib, go'yo o'zlarini xalifalikka sadoqatliklarini bildirmoqchi bo'ldilar. xullas, Somoniylarning tashabbusi bilan Movarounnahr yerlarida xalq g'alayonlari bostirildi, osoyishtalik o'rnatildi. Buning evaziga Bog'dod xalifi Ma'mun somoniylarga Samarqand (Nuhga ), Farg'ona (Ahmadga), Toshkent (Yahyoga) viloyatlarini topshirdi va ularni mahalliy hokim qilib tayinladi. Natijada IX asrda O'rta Osiyoda qo'sh hokimiyatchilik - tohiriylar va samoniylar hukmronligi vujudga keldi. Bunday hollarda ikki hokimiyat o'rtasida harbiy to'qnashuvlarning kelib chiqishi muqarrar bo'lib qoldi. Somoniylar O'rta Osiyoda siyosiy hukmronlikni o'z qo'liga olish va tohiriylar hukmronligini tugatish maqsadida o'zaro birlasha boshladilar. O'z davlatlarini har tomonlama mustahkamlay boshladilar.
IX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketdi. Bu xalq harakatlaridan hunarmand, misgar aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar (safariylar) o'z niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qaroqchilik qildilar va so'ngra Seyistondagi g'oziylar «e'tiqod uchun kurashuvchilar» qo'shiniga qo'shildilar. Lashkarboshilik qobiliyatiga ega bo'lgan Yoqub tez orada bu qo'shinning boshlig'i bo'lib oldi va 861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini Tohiriylardan tortib oldi. Yoqub ibn Lays 10 yil davomida Tohiriylarga qarashli yerlarning hammasini bosib oldi. 873 yil safforiylar qo'shini tohiriylar poytaxti Nishonpurni egalladi va xalifa xuroson noibligini Yoqubga topshirdi. 876 yilda Yoqub o'z qo'shini bilan Bog'dod tomon yurish boshladi, ammo uning qo'shini mag'lubiyatga uchradi. 879 yilda Yoqub ibn Lays vafot etdi. Uning o'rniga taxtga ukasi Amir ibn Lays o'tirdi. U xalifaga vassal ekanligini tan oldi, Amir ibn Lays xuroson va Eronning noibligini bildiruvchi yorliq oldi.
Safforiylar hukmronligi davrida ham xalq ommasining ahvoli yaxshilanmadi. Vaholanki ular xalq harakati tufayli hokimiyat tepasiga kelgan edilar. Hokimiyatni idora etgan amaldorlar soliqlar miqdorini kamaytirmagan holda, asosiy e'tiborni harbiy qo'shinni mustahkamlashga qaratdilar. Lashkarlar ko'rigi tashkil etilgan va har 3 oyda maosh bera borgan.
Safforiylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelgan vaqtdan etiboran, Buxoro ruhoniylari, Samarqand hokimi Nasr Somoniydan sadrlarga qarshi kurashda yordam so'radilar. Buxoro feodallarining bu taklifi, somoniylarning kelgusi rejalariga to'la mos edi. Chunki Nasr Somoniy Buxoroni o'ziga bo'ysundirish hamda ko'chmanchi turkiy qabilalarining Movarounnahrga hujumini tugatishdek ikki muhim vazifani amalga oshirishni rejalashtirgan.
Shunday qilib, Nasr Somoniy Buxoro feodallarining istaklarini hisobga olib, darhol kichik ukasi Ismoil ibn Ahmadni jangovor armiya bilan Buxoro viloyatiga yubordi. Buxoro viloyatining avgor xalq ommasi Ismoil Somoniydan hech qanday najot, yaxshilik kutmadilar, unga navbatdagi bir bosqinchi sifatida qaradilar. Chunki uzoq yillar davom etgan bosqinchilik urushlar, mehnatkash xalq ommasini xo'rlash va toptashlar ommada ishonch va umid tuyg'ularni yo'qotgan edi. Ana shuning uchun ham Ismoil Somoniy va uning armiyasi Buxoro viloyatida kuchli xalq qarshiligiga uchradi. Masalan, tarixchi Muhammad binn Ja'far Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar armiyasi Romitan yerlarida 4 ming kishilik qo'zg'olonchilar qarshiligiga duchor bo'ldilar va keskin qon to'kish bilan ularni yengishga muvaffaq bo'ldilar. Ana shuning uchun ham Ismoil Samoniy juda katta qiyinchiliklar bilan hokimiyatni egallashga muvofiq bo'ldi va keyingi harbiy-siyosiy tadbirlarni yuqori mulkdor qatlam vakillariga tayangan, ularning manfaatlarini ko'zlagan, himoya qilgan siyosat yuritdi.
O'rta Osiyo tarixida birinchi bo'lib mustaqil feodal davlatga asos solgan va o'zining 33 yillik hukmronligi davrida (874-910) mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksaklikka ko'tara olgan amir Ismoilga akasi Nasr Somoniy o'z noibi sifatida qaradi. Aksincha, amir Ismoil esa akasiga qaram bo'lib turishni xohlamas edi. Shuning uchun ham turli bahonalar bilan Samarqandga soliq to'lashdan bosh tortdi. Bu xildagi munosabatlar aka-ukalar o'rtasida vaziyatni keskinlashtirdi va hatto harbiy to'qnashuvga olib keldi. 886 yilda Samarqand hokimi Nasr va Buxoro hokimi Ismoil o'rtasida qurolli to'qnashuv boshlandi. Bu jangda Ismoil Somoniy mag'lubiyatga uchradi va vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Oradan ikki yil o'tgach, Ismoil Samoniy, Nasr Samoniy armiyasi ustidan g'alaba qozondi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo'liga o'tdi, lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi. U vafotigacha Somoniylarni boshlig'i sifatida Samarqandda qoldi.
Nasr vafotidan so'ng Ismoil Somoniy taxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirdi. O'zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach, u o'zining asosiy maqsadlarini amalga oshirishga kirisha boshladi.
Ismoil Somoniy kelajakda o'z davlatining chegaralarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida bir qator harbiy yurishlar qildi. Jumladan, 893 yilda ko'chmanchi turkiy qabilalarga qarshi kurashib, ular ustidan g'alabaga erishdi va Tarozni egalladi, katta o'ljalar, 10 ming asir bilan Buxoroga qaytdi. Xalifa al-Mutadis (892-902 y) Ismoil qudrati kuchayib borayotganligini ko'rib, Movarounnahrdan mahrum bo'lib qolishdan qo'rqib, hiyla yo'llarni izlay boshladi. U Movarounnahrdagi odamlarini saroyga taklif etib, ularga Ismoilni Movarounnahr hokimligidan tushirganligini e'lon qildi Amir ibn Laysni noib etib tayinladi. Bu bilan xalifa ikki dushmandan birdaniga qutilmoqchi bo'ldi. Movarounnahr noibi degan yorliqni olgan Amir ibn Lays Ismoil Somoniyga qarshi qo'shin tortdi. 900 yili Amir Ibn Lays qo'shini Buxoro ostonalarida tor-mor etildi. Tarixchi Narshaxiy va boshqa mualliflarni qayd qilishicha, Ismoil qo'shindan tashqari Buxoro hunarmandlarni va oddiy hunarmand xalqni ham qo'liga olishga chaqirdi. Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo'lib, bosqinchilar tomonidan talangan o'lkani qudratli bir o'lkaga aylantirishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib, Butun O'rta Osiyo, xuroson, sharqiy Eron yerlari Ismoil somoniy hukmronligiga bo'ysundirildi. Mahalliy feodallar xukmronligidagi, butun Sharqda yagona markazlashgan feodal davlatiga asos solindi. Uning asoschisi va cheklanmagan imkoniyatlarga ega bo'lgan hokimi Ismoil Somoniy edi. U davlatni idora qilishning feodalcha murakkab tartiblarini joriy qildi. Oliy hokimiyat ikki idoradan: dargoh va devonbeglikdan iborat bo'lgan. Bu feodal munosabatlarni shakllanayotgan butun Sharqda takomillashgan idora uslubiga ega bo'lgan yagona markazlashgan davlat edi. Ismoil Somoniy o'z davlatining harbiy qudratini mustahkamlashga alohida e'tibor berdi. Tarixchi Narshahiyning yozib qoldirishicha, Ismoil o'zining asosiy turkiy xalqlardan tashkil topgan armiyaga tayanib, Buxoro vohasini o'rab turgan «Kampirdevor»ni, Samarqanddagi «Devori qiyomat», Toshkentdagi «Devori ko'ngdalang», Nurotadagi «Devori Pirosta» kabi muxofaza to'siqlarini buzib, tekislab tashlatdi. Ismoil Somoniy shu darajada kuchli va qudratli davlat barpo qildiki, mudofaa istehkomlariga ehtiyoj qolmadi. Norshahiy ma'lumotlariga qaraganda mamlakat mudofaasini ta'minlashda devorlarga qaraganda qo'shinlarning roliga katta baho berib, Ismoil Somoniy «Men-Buxoroning devoriman» degan edi. Tarixiy manbalarda ta'kidlanganidek, xaqiqatdan ham X asrning 90 yillariga qadar Somoniylar davlatiga qarshi xech qanday tashqi xujum bo'lgan emas.
Siyosiy osoyishtalik mamlakatning ichki ishlariga, uning iqtisodiy, madaniy yuksalishiga e'tibor berish, davlat idora tartiblarini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratdi. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, O'rta Osiyo IX asrning oxirlariga kelib, yirik o'sha davr Sharqida o'zining iqtisodiy, madaniy yutuqlari bilan nom chiqargan Buxoro davlatining tashkil topishi va yuksalishi amir Ismoil Somoniy nomi bilan bog'liq.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek Ismoil Somoniy asosiy diqqat e'tiborini o'z davri uchun ilg'or hisoblangan markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor Amir unvoniga ega edi. Buxoro hukmdorlari o'zlarini arablardan ajratish maqsadida ham «amir»deb atay boshlaganlar. Hukmdorlarning barcha hukm va topshiriqlari ijrosining bajarilishini nazorat qilgan Xoris amiri lavozimi ham bo'lgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish vazifasini Bosh Xojib va uning hodimlari bajarganlar. Bundan tashqari dargoxda dasturxonchi, eshik og'asi, sharbatdor kabi xizmatchilar ham bo'lgan.
Markaziy boshqarma 10 devondan iborat edi. Nasr II (914-943 yillar) davrida Registon maydoni atrofida shu devonlar uchun mahsus 10 ta bino qurilgan.
Vazir devoni saroydagi devonlarning eng kattasi hisoblanib, vazirni ba'zan hokim buzruk deb atashgan. U davlatning markaziy boshqarmasini boshqarar, qolgan devonlarning boshliqlari unga bo'ysunar edi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda somoniylar davrida vazirlik mansabini uch sulola ya'ni Jayxoniy, Bal'amiy va Utbiy sulolalari vakillari egallash huquqiga ega bo'lganlar. Vazir lavozimidan chetlatilgan taqdirda, bu lavozimga boshqa sulola oilasidan bo'lgan kishi taklif qilingan.
Davlat daromadlari va xarajatlarini mustafiy devoni boshqarib borgan.
Devoni rasoil yoki devoni insho rasmiy harakatlarni tuzib beruvchi mahsus markaziy mahkama edi.
Devoni shurat-lashkarni, devoni birid-pochtani, muhtasib devoni - savdogarlarning tosh-tarozisini, shuningdek shahar hunarmandlari tayyorlaydigan mahsulotlar nomasini aniq bajarilishini, mushariflar devoni xazinasidagi mablag'larning sarflanishini hamda hokim saroyga xarajat qilinadigan mablag'larning sarflanishi kuzatib, boshqarib borgan.
Viloyat markazlarida ko'pincha ana shu 10 devonning hammasi mavjud bo'lib, ular mahalliy hokim (yoki vazirga) bo'ysunar edi.
Hokim (Kad xudo) bilan birga rais ham shaharni boshqargan, uni hokimning o'zi tayinlagan. Somoniylarning siyosiy hayotida musulmon ruhoniylarning ta'siri ayniqsa katta bo'lgan.
Oliy diniy peshvo ustod-shayxulislom bo'lib, o'zining ahamiyati jihatidan ikkinchi o'rinda turgan kishi xatib, xutba o'qish huquqiga ega bo'lgan.
Somoniylar davrida davlat ishlariga qabul qilishda ma'lum bir talablar o'lchovi bo'lgan, bular: davlat tilining mukammal bilish, zamonaviy huquqiy me'yorlaridan to'liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob kitob ishlaridan bilimdonlik kabilardir.
Somoniylar davlatida qo'shinlar katta rol o'ynagan. Hokim dargohini muxofaza qiluvchi turkiy g'ulomlardan tashqari, zarur hollarda ko'ngillilar ham yig'ilgan, ular hukumat tomonidan ta'minlanib turilgan.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin, somoniylar davrida davlat boshqaruvchi va harbiy siyosat o'z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimni tashkil etgan. Ammo shuni unutmaslik lozimki, amir Ismoil tomonidan markazlashgan idora tartiblarining joriy qilinishini barcha mahalliy feodallar va beklar ham qo'llab-quvvatlamagan, balki ularda markazga qarshi bo'lgan kayfiyatni shakllantirishgan. Xalq ommasi soliqlar soni ko'pligidan azob chekib, mamlakatda sinfiy kurash keskinlashgan.
Somoniylar har qancha urinsalarda Seyiston, G'uzor, G'azna, Tarjiston, Isfojib, Xorazm, Chag'aniyon, va Rashtonni o'zlariga batamom bo'ysundira olmadilar. Bu viloyatlarning hokimlari markaziy hokimiyatni rasman tan olmasalarda, amalda mustaqil siyosat yurgizardilar. Davlat tayanchi sanalgan armiyada yetakchi mavkeini egallagan turk g'ulomlariga ham hamisha ishonib bo'lmas edi.
Ismoil Somoniydan so'ng uning vorislari davrida Somoniylar sulolasi inqiroz sari yuzlandi.
Ismoilning o'g'li Ahmad hukmronligi (907-914) davrida arab tili yana davlat tiliga aylantirildi, arab tilini bilgan shaxslarni mansab va martabalari oshirildi. Bu saroy amaldorlarining, hususan turklardan iborat harbiy oqsuyaklarning norozilinini oshirdi. Turk g'ulomlari tomonidan Ahmadning o'ldirilishi ham bejiz emas edi.
Taxtga o'tirgan Ahmadning o'g'li Nasr II davrida ham norozilik harakatlari to'xtamadi. Somoniylar hukmdorlarining karmanchilariga nisbatan samimiyligi musulmon ruhoniylari va turk lashkarboshilari noroziligiga sabab bo'ldi. Mamlakatni Nuh ibn Nasr idora qilgan davrda davlat xazinasi bo'shab, moliyaviy ahvol og'irlashdi. Xalqdan olinadigan soliq va o'lponlar ko'paydi. Hatto soliqlarni muddatidan ilgari olish odati chiqarildi.
Nuhning o'g'li Abdumalik davrida ham Somoniylarning ahvoli yaxshilanmadi. Mamlakatda turk lashkarboshilarning ta'siri kuchayib ketdi. Umuman olganda X asrning ikkinchi yarmi Somoniylar davlati inqirozi sari ketdi.
Somoniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda xo'jalik taraqqiyoti faqat Markaziy Osiyodagina emas, balki Old Osiyoning ham yetuk hududlaridan biri hisoblanadi. Bu darajaga tashqi xujumlarning tugatilishi, mustaqil taraqqiyot imkon bergan edi.
IX asrda Movarounnahrda asosan qishloq xo'jaligi mamlakati bo'lganidan, bu tarmoq keng rivoj topgan edi. Yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda Zarafshon, Qashqadaryo vohalarida Farg'ona, Eloq, Shosh va Xorazmda IX-X asrlaorda bug'doy, arpa, sholi, tariq, g'uza va boshqa ekinlar ekib dehqonchilik qilganlar. O'lkaning kattagina qismida lalmikor dehqonchilik madaniyati ham bo'lgan. Bu davrda, don ekinlari bilan birgalikda tashqi savdo muhim ahamiyatga ega bo'lgan paxta, zig'ir kabi ekinlar juda katta maydonni egallagan. Zig'ir va kanopdan olingan yog'lar o'sha davrda katta shuhrat qozongan. Xorazmda sedana, kunjut yetishtirilgan va ulardan yog' mahsulotlari olingan.
Movarounnahr va Xorazmda ko'plab bog'dorchilik, polizchilik taraqqiyot etgan, meva-chevalar yetishtirilgan. Shaftoli, o'rik, nok, olma, anor, anjir, uzum olcha, olxo'ri, qovun-tarvuz xullas deyarli hamma mevalar bo'lgan. Movarounnahr IX asrdayoq o'zining mevasi, poliz ekinlari bilan anchagina shuxrat qozongan.
O'lkamizda o'rta asr sanoati hunarmandchilik ishlab chiqarishi ham keng tarmoqda rivojlandi. Zandona va Vadora qishloqlarida to'qilgan bo'z matolar Eron, Iroq va Hindistondan tashqari joylarga ham olib ketilgan va mashhur bo'lgan. Buxorodan chet mamlakatlarga qo'y terisi, yog', soch moyi, mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, mehmon xonalarga yoziladigan matolar, Ustrushonadan matolar, egarlar, Tabaristondan matolar, go'sht va qovunlar, har xil shoilar, Jizzaxdan jun gazlamalar va kiyimlar, Shoshdan a'lo sifatli charm va charm mahsulotlari chiqarilgan.
Arab geograflari Eloq viloyatini Shosh bilan Farg'ona oralig'ida joylashganligini qayd etadilar. Eloq X asrda qo'rg'oshin qazib chiqarishining markazlaridan biri bo'lgan.
Movarounnaxr xo'jaligidan temir qazib chiqarish ham katta o'rin tutgan. Temir Usrushonaning ikki xududidan Mink va Masirmandan qazib olingan. Samarqand o'zining qog'ozi bilan butun sharqda mashhur bo'lgan. X asrda Angren hududida o'z zamonining metallurgiya markazlari barpo bo'lgan. Farg'ona hududidan neft chiqarilgan va undan turli maqsadlarda foydalanilgan.
IX-X asrlarda Movarounnahrda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning, dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi va yuksalishi chorvachilik xo'jaligining, hunarmandchilikning taraqqiyoti o'z navbatida ichki va karvon savdosining yangi bosqichini boshlab berdi. Somoniylar davrida Movarounnahrda Buyuk Ipak yo'li « orqali bo'ladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. Karvon savdosi Markaziy Osiyo orqali Janubiy-Sharqiy Ovrupa mamlakatlarini sharq mamlakatlari bilan bog'lab turar edi.
Jumladan Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Urganch kabi shaharlar iqtisodiy, savdo madaniy masalalarda nafaqat O'rta Osiyo viloyatlarini balki Sharq va G'arbni o'zaro bog'lovchi yirik markazlar hisoblangan. Masalan, somoniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroda zarb qilingan kumush va oltin tangalarning keyinchalik arxeologik tekshirishlari natijasida O'zbekistonda savdo Volga buyi va Novgorod hududlaridan topilganligi IX - X asrlarda O'zbekistonda savdo munosabatlarining ko'lamidan darak beradi. Somoniylar davlatining savdogarlari Misr, Eron, Xitoy, Vizantiya, sharqiy Rus yerlarida bo'lganliklari to'g'risida juda ko'p yozma ma'lumotlar mavjud. IX - X asrlardan boshlab O'zbekiston shaharlari Butun O'rta Osiyoning ijtmimoiy. iqtisodiy, madaniy mafkuraviy hayotida muhim rol o'ynay boshladi. Chunki Movarounnahr shaharlari USH asrda, arab istelolari natijasida, juda og'ir siyosiy, iqtisodiy davrni o'tagan bo'lsa, IX- X asrlarda yana har tomonlama rivojlana boradi. Buxoro shahri butun yaqin va o'rta Sharqda mashhur siyosiy ma'muriy, iqtisodiy madaniy markazga aylandi, Samarqand garchi siyosiy markaz bo'lmasa-da ammo yirik iqtisodiy madaniy shahar edi. Somoniylar sulolasi hukmronligi davrida Termiz shahri har tomonlama yuksaldi.
Arxeolog YE. M. Massonning aniqlashicha, shahar juda ko'p savdo rastalari, qariyb 5 gektarni egallagan temirchilar mahallasi mavjud bo'lgan. Bu davrga kelib shahar bir muncha kengaygan, u mustahkam devor bilan o'rab olingan bo'lgan. xulosa qilib aytganda, Movarounnahrda arablar istilosigacha tarkib topa boshlagan feodal shaharlari IX- X asrlarga kelib to'liq shakllanib bo'ldi. Shaharlarning tashqi qiyofasi, ularning ijtimoiy mavqei, holatini, aholisining sinfiy sostavini bildirar edi. Ana shunday sifatlar Shosh, Urganch shaharlari uchun ham harakterli edi. Shunday qilib IX- X asrlarda Movarounnahrda aktiv urbanizasiya holati yuz berdi.
IX - X asrlarga kelib Movarounnahrda feodal munosabatlari anchagina rivojlandi va mustahkamlandi, qonuniy tus oldi. Buni dehkonchilik ishlab chiqarishda yaqqol ko'rish mumkin edi. Jumladan. somoniylar hukmronligi davriga kelib yerga egalik qilishning yangi formalari vujudga keldi. Oldingi dehqonlar, aristokrat va saroy hokimlari, yirik ruhoniylar, turk lashkarboshlari, savdogarlari qo'liga o'tib borgan. Shuningdek bu davrda yer sotish va sotib olish odat tusiga kirganligi tufayli ham eng qulay, serunum ekin maydonlari ayrim feodallar qo'lida markazlashib borgan. Natijada feodal yer egaligining turli xil shakllari vujudga keldi. Masalan IX - X asrlarda Movarounnahrda butun ekin maydonlari : mulk, devon, davlat yerlari, mulk sulton , amirlarining xususiy yerlari. Buning Sharq uchun xarakterli tomoni shundaki, asir yerlarini davlat yerlaridan ajratish qiyin bo'lgan, chunki yer fondining asosiy qismi amirlarning yeri hisoblangan. U yerlarga amirlarning bevosita rahbarlik qilmasdan, devonbegilar kontrolligida bo'lgan), mulk yerlar bu yer egaligiga hukmron doiralarining urug' a'zolari, yirik feodallar, ruhoniylar, savdogarlar, turk lashkarboshilarining xususiy mulklari kirgan, vaqf yerlar bu xil yerlar musulmon diniy doiralar : maschit, madrasa, qabriston, xonaqo va hokazolar huzurida bo'lgan. Bundan tashqari « iqto » deb atalgan yerlar ham bo'lib, ular xizmat ko'rsatgan harbiylar, davlat arboblari, mahalliy hokimlarga mukofot tariqasida berilgan. Tarixchi Nasafiy Samarqandiyning « Al- kand tarixi Samarqand « nomli asarida ko'rsatilishicha, butun yer maydonlari davlatga soliq to'lash prinsipi bo'yicha ikki kategoriyaga bo'lingan ekan : biri dehqonlar jamoalari qo'lida bo'lgan va muttasil ravishda soliq, o'lponlar undirilib turiladigan yerlar hamda oliy hukmron doiralar, ruhoniylar qo'lida markazlashgan ser unum, barcha davlat soliqlaridan ozod yoki yarim ozod yerlardan iborat bo'lgan. Bu o'rinda shuni hech qachon unutmaslik kerakki, somoniylar davlatining iqtisodiy jihatdan kuchayishi manbai kambag'al dehqonlarga, hunarmandlarga turli tuman soliqlar solish evaziga bordi.
O'rta Osiyo yirik yer egaligining o'ziga xos xususiyati shundaki, bironta ham feodal o'z ekin maydonlariga bir butun xo'jalik asosida ish yuritadi., balki o'z mulkini mayda xo'jaliklarga ajratib, ularni kam yerli, yersiz dehqonlarga taqsimlab berdilar va ulardan hosil talab qildilar.
Shu tariqa dehqonlar va butun mehnatkashlarning avlodlari bilan yirik feodallarga qaram bo'lib qola boshladilar. Muttasil davom etgan bu xildagi siyosat, iqtisodiy nochorlik umumxalq noroziligi harakatlarining kelib chiqishga sabab bo'ldi. Garchi tarixiy manbalar IX-X asrlarda O'rta Osiyoda VIII asrda bo'lganidek, yirik harakatlar sodir bo'lganligi to'g'risida maxsus gapirmasa-da, ammo somoniylarga ularning siyosatiga qarshi hech qanday sinfiy kurash bo'lgan emas, deyish xato bo'lar edi.
IX-X asrlarda O'rta Osiyodagi iqtisodiy taraqqiyotni, feodal munosabatlarning rivojlanganligi, ko'plab shaharlarning qurilganligi va ular yirik ma'muriy, iqtisodiy, madaniy markazga aylanganligidan, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida tobora muhim rol o'ynaganligidan bilish mumkin, Masalan, O'rta Osiyoda podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilingangacha, ya'ni XIX asrning o'rtalarigacha mavjud bo'lgan shaharlarning deyarli barchasi IX-X asrlarda shakllanishi, jumladan, Xorazm vohasidagi Gurganj, Kat, Xeva, Xazorasp, Zarafshondagi Samarqand, Nur (Nurota), Karmana, Poykand, Buxoro, Farg'ona vodiysida Xo'jand, Marg'ilon, , Quva, O'zgan, Toshkent vohasida Binkat (Toshkent), O'ratepa, Jizzax, Qashqadaryoda Kesh (Shahrisabz), Nasaf(Qarshi), Surxondaryoda Termiz kabi shaharlar IX-X asrlarda O'rta Osiyoning yirik feodal shaharlari bo'lib tanilgan. Yevropada bo'lganidek, O'rta Osiyo shaharlarida ham aholi ijtimoiy tabaqalashgan holda joylashgan. Shahar bir nechta dahalardan iborat bo'lgan. Har bir shahar bir nechta dahalardan iborat bo'lgan. Har bir shahar markazida hokimlar turadigan qal'a, saroy, ark, machit va bozor joylashgan. Ko'chalarning ikki tomonida hunarmandchilik korxonalari, savdo do'konlari bo'lgan, unda maxsus soqchilar turganlar.
Shunday qilib chetdan bo'ladigan hujumlar, bosqinchilik asoratidan ozod bo'lish, markazlashgan hukmronlikning vujudga kelishi bilan ichki o'zaro feodal nizolarining tugatilishi o'z navbatida barcha ishlab chiqarish jarayonlarining qulay holatga kelishiga, xususan dehqonchilik xo'jaligini rivojlantirishga, shahar hunarmandchiligining yuksalishiga olib keldi. O'zining iqtisodiy yutuqlarga tayangan somoniylar davlati butun Sharqda qudratli imperiyaga aylandi.
Arab istilosi Movarounnahrning shahar va qishloqlarini vayron etib zulmni kuchaytirish bilangina cheklanmay., xalqning qadimiy urf-odatlarini, tarixini, madaniyatini yo'qotishga harakat qildi.
Abu Rayxon Beruniy «Osoriya boqiya» asarida shunday yozadi: «Qutayba Xorazm yozuvini, rivoyatlarini yaxshi bilgan, xorazmliklarni mavjud ilmlarni o'rgatuvchi kishilarni qiyratgan va ularga turli yo'sinda azob bergan». Beruniy so'zida davom etib yozadi: «Qutayba Xorazm xatolarini yo'qotdi, ruhoniylarni qirdi, ularning kitoblarini va o'rama xat yozuvlarni o'tda kuydirdi: buning natijasida «Xorazmliklar savodsiz bo'lib qolib, xotirasigagina tayanadigan bo'lib qoldilar».
Biroq arablar keltirgan bunday ziyon O'rta Osiyo xalqlari madaniyatini to'liq halokatga olib kelmadi. Somoniylar davriga kelib qishloq xo'jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik tiklana boshladi. Ular ilm-fan ahllarning ijod qilishi uchun qulay moddiy va maishiy sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berdilar.
Somoniylar hukmronligi davrida xuroson va Movarounnahr madaniy hayotida katta yuksalish kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o'z davrining madaniy markazlari sifatida mashhur bo'ldi.
Eng madaniy shaharlardan biri Buxoro edi, zero bu yerda saroy va davlatning markaziy idorasi joylashgan edi. Buxoro kutubxonasida saqlanayotgan noyob qo'lyozmalar va ular soni jixatidan Sheroz kutubxonasi bilan bellasha olar edi. Osiyodagi boshqa kutubxonalar bunga teng kela olmas edi.
Shuni aloxida ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo xalqlarining asrlar davomida erishgan madaniy yutuqlari va bilimlari IX-X asrlarda yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o'tadi. Agarda bu ilmiy poydevor yuqori bo'lmaganda edi, somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot xaqida gapirish qiyin bo'lar edi.
Somoniylar davrining eng ko'zga kuringan shoirlaridan biri Abdullo Rudakiydir. U IX asrning oxirlarida Panjiket yakindagi Panjrud qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan. U musiqa asbobi chalishni va ashula aytishni juda erta o'rgandi. Uning shuxrati Buxoro amiri Nasr Ibn Ahmadga yetib bordi va amir uni saroy sozanda va shoirlar qatoriga taklif etdi.
XI asr shoiri Ustodi Rashidiyning yozishicha Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she'ri borligini hisoblab chiqqan Abdulfayz Bolaliyning yozishicha, she'rlar bitishda Rudakiy o'z zamondoshlari orasida birinchi o'rinda turgan. Na arab, na fors tilida she'r bitgan shoirlarning birortasi, unga teng kelolmagan. U she'rlarida muhabbat, oliy himmatlik, sahiylik, mardlik, go'zal tabiatni kuylagan.
Rudakiy tojik she'riyatining asoschisi, u bu tilni arabiy unsurlardan tozalashga harakat qildi.
Tojik tilida qalam tebratgan zakovatli shoirlardan biri Daqiqiydir. U Nuh ibn Mansur davrida «Shoxnoma»ni yaratishga asos soldi. Bu asrda Eron va O'rta Osiyoning arablar istilosiga bo'lgan tarixini aks ettirishga harakat qildi, Ammo bevaqt o'limn shoirga o'z ishini oxirga yetkazishga muvoffiq bo'la olmadi. Bu ish Abduqosim Firdavsiy davom ettirdi.
A. Firdavsiy 934 yilda Tus shahri (Eron) yaqinidagi Boj qishlog'ida kichik amaldor oilasida tavallud topgan. U kishi uzoq vakt harbiy xizmatda bo'lgan, biroq tarix, falsafa, adabiyot ilmlarini puxta bilgan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek O'rta Osiyoning mashxur shoiri Abu Mansur Daqiqiy she'ri «Shohnoma» ijod qilishga kirishadi. Ammo u o'z asarlarining ming baytchasini yozgan pytda fojiali xalok bo'ldi. Biroq zamon taqozasini yaxshi tushungan buyuk shoir afsonaviy dostonlari, rivoyatlari va hikmatlarini chuqur o'rganib, ulardagi vatanparvarlik qaxramonlik o'z halkiga cheksiz sevgi va bosqinchilarga mislsiz nafrat tuyg'ulari bilan to'lib-toshgan yirik epik asar yaratdi.
«Shohnoma»ning asosiy g'oyasi Ona Vatanni jondan sevish chet bosqinchilariga qarshi kurashmoq uchun mamlakatda birlik va yakdillik barqaror bo'lishligidir.
«Shohnoma» 60 ming baytdan iborat. Unda O'rta Osiyo va Eronning 4 ming yillik tarixi, 4 ta sulolaning 50 nafar shohlari hukmronligi davri izchillik bilan bayon qilingan. «Shohnoma»ni mazmunan uch kismga: ya'ni afsonaviy kism: qaxramonlik, kurash qismi: Tarixiy ma'lumotlar qismga bo'lish mumkin. Ular zolim podsholar va xalq o'rtasidagi kurash masalasi podsho Zakkox va temirchi Kova, xalq qaxramoni Rustam obrazlarida tasvirlangan. A. Firdavsiy «Shohnoma»ni 35 yil davomida yozgan.
Shunday paytda Sulton Mahmud G'aznaviy taxtga o'tirdi. Firdavsiy darhol «Shohnoma»ga Sulton Mahmud G'aznaviyga bag'ishlov qismini yozib, shohga taqdim etdi. Biroq «Shohnoma»dagi insoniylik, vatanparvarlik g'oyalari bosqinchi Sulton Mahmud G'aznaviyga yoqmadi. Hamon jahon madaniyatining noyob durdonasi bo'lib kelayotgan «Shohnoma» Firdavsiy hayotining kulfatli, fojiali bo'lishiga sabab bo'ldi. Shunda uzoq yillik mehnatiga achingan Firdavsiy Sulton Mahmud G'aznaviyni hasis, pastkashlikda, zoti pastlikda ayblab xajv yozadi:
Shohlardan bo'lsaydi bu shohga padar,
Boshimga qo'yardi oltin toju, zar.
Ona ajdodi ham bo'lsaydi xondan,
Tillaga ko'mardi meni naq sondan.
Ulug'lar zotidan bo'lmagan-chun shoh,
Ulug'lar nomidan bo'lur dil siyoh,
Zoti pastlarga hech umid bog'lama,
Qora hech oqarmas, diling dog'lama.
Jahongirning nomi bo'lganda pok,
Bilimdonlar dili bo'lmas edi choq.
Ranjigan shoir xajv yaratsa gar,
Yangrar u qiyomat kuniga qadar. . . .
Bu xajvni o'qigan Sulton Mahmud nihoyatda g'azablanib, Abdulqosim Firdavsiyni fillar oyog'i ostiga tashlab, majaqlashni buyuradi. Ammo xalq o'zlarining mo'tabar shoirini bu qora kulfatdan asrab qoladilar va yashirincha o'zga, sulton Mahmud zabt etmagan yurtlarga qochirib yuboradilar.
Nihoyatda xorg'in va keksaygan Abdulqosim Firdavsiy necha yillardan keyin o'z vatani Tusga kelib qazo qiladi. Biroq bu ulug' zotning jasadini ham musulmonlar qabristonda dafn qilishga ruhsat bermadilar. Natijada u kishining jasadi Otasidan qolgan bog'ning bir chekkasiga ko'mildi. Ana sizga, jamiyat, inson, xaqiqat. Bu ulug' zotning qabri mana ming yildirki jahon xalqlarining ziyoratgohi bo'lib qolmoqda.
«Shohnoma» jahondagi juda ko'p tillarga tarjima qilingan sevilib o'qib kelinmoqda. «Shohnoma» jahon madaniyatining noyob namunasi hisoblanadi.
Abdulqosim Firdavsiyning ma'naviyat va ruhi necha-necha shoiru, olimu-fuzalolarga madad, rahnamo bo'lib kelmoqda. Bobokalonlarimiz Alisher Navoiy tunlardan birida tush ko'ribdilar va tushlarida Abdulqosim Firdavsiyning qo'llarini o'pibdilar. Shundan keyin u kishini o'z ustozlari qatorida ko'rgan. YUNESKO qaroriga binoan 1988-1992 yillari Firdavsiy yili deb e'lon qilingan. Shuningdek jahon mamlakatlarida «Shohnoma»ning ming yilligi nishonlandi.
«Shohnoma»-O'rta Osiyo va Eron xalqlarining hamdustligidan xabar beruvchi tarixiy manbadir.
Bu urinda shuni ta'kidlash lozimki, termizlik shoiru-yozuvchilar O'rta Osiyoning boshqa markazlarida yashagan ijodkorlardan qolishmaganlar. Masalan: Buxoroda ijod qilgan mashhur shoir Anvariy Sobir Termiziyni «shirinsuhan shoir, dono olim, uning she'rlarida latofat va malohat kamolga yetgan»-deb uni o'zidan ustun qo'yib:
Barchasin kuy, toza she'rim birla kelganman, hamon,
Gar Sobir bo'lmasam ham, men Sanoiy toifa, -deb
e'tirof etadi.
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, hali bu aql zakovat egalari ijtimoiy hayotda yuz berayotgan tengsizlikning, adolatsizlikning sabablarini tushunib yetolmagan va fosh qila olmadilar. Shuning uchun ham ular hayotdan nolish bilan chegaralanib, ommani bevosita kurashga chorlay olmadilar. Ularning tovushlari uzoqqa bora olmadi, quvg'in, tarqib ostiga olindilar.
Somoniylar davrida adabiyot bilan bir qatorda tabiiy fanlar ham tez rivojlandi. Bu davrning buyuk olimlaridan biri Muxammad ibn Muso Xorazmiydir.
Muxammad Xorazmiy taxminan 795-897 yillarda yashab ijod qilgan. U kishi juda noyob tug'ma iste'dod egasi bo'lgan. Yoshligidanoq ilmiy kitoblarni, hususan matematika, astronomiya, geometriya, geografiya, medisina, tarix fanlariga oid asarlarni mustaqil mutoala qilgan. U arab, fors, hind, yunon tillarini bilgan, shu tillarda yozgan asarlarni bemalol o'qigan va tarjima qilgan.
Xorazmiyning dastlabki ilmiy xizmati, shu vaqtda Sharq matematikasi va astronomiyasida chigal bo'lgan. «Sindhind» asarini qayta ishlab chiqib, yangi boblar qo'shib, uni halqqa tushunarli holda keltirganidir. Faqat shundan keyin bu asar «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga tarqalgan.
Muhammad Xorazmiy algebra fanining asoschisi sifatida dunyoga mashhurdir. Uning «Aljabr va mukabalo»asari «Algoritmus», «Algorifm»nomi bilan Yevropa va butun dunyoga tarqalgan. Xatto xuII-xuIII asrlarda yashagan yevropalik matematiklar Fibonochchi Patoli, Tartal, Ferrari kabilar Xorazmiyning matematik asarlaridan foydalanganliklarini e'tirof etadilar.
Shuningdek Xorazmiyning tarixga oid «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash: geografiyaga oid «Kitobi surat al arz»(Yer surati kitobi) o'lchov va vaqt birligiga doir asarlarni bizgacha yetib kelgan.
Abu Nasr Farobiy falsafa tarixida o'z o'rniga egadir. Farobiy 873-950 yillarda yashab ijod qilgan. Dastlab Buxoroda so'ngra Bog'dodda ta'lim olgan. U sharqda islom g'oyalari kamol topayotgan bir sharoitda olamning moddiyligi va uni bilish, o'rganish mumkinligini targ'ib etib mistik ilohiyotga qarshi chiqdi. Ammo Farobiy umuman xudoni tan omaganligi tufayli idealistik falsafa doirasidan chiqa olmadi. Farobiy antik yunon faylasuflarining asarlarini taxlil qilib Sharqda falsafiy maktabni yaratdi. Uning, Fia'rozul hokimi Arastu, Arastu sri Kulli maqolat min alokitobul mavsum bir firux (Arastuning farux degan kitobidagi maqolalarda ko'zlangan maqsadi), «Matematika ba'dan tabiat»(Aristotelning «Metafizika»nomli asarining taxqiqi) va boshqa asarlari sharq falsafasiga qo'shilgan ulkan hissadir.
Shuningdek Farobiy aql-idroki, odillik, poklik, ishlar madaniyati, podsholar davlat to'g'risida ko'plab asarlar yozgan. Jumladan» Hikmat gavharlari xaqida risola» «Aql ma'nolari xaqida maqola» kabi asarlari fikrimiz isbotidir.
Farobiy 956 yilda Damashqda vafot etgan. O'zbekiston FA Sharqshunoslik institutida olimning 18 ta qo'lyozma, II ta bosma asarlari saqlanmoqda.
Farobiy nafaqat yurtimizda balkim chet ellarda ham ma'lum va mashhurdir. Uning Aristotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qilgani fikrimiz isbotidir. 1890-91 yilda nemis olimi F. Diteresi Farobiyning falsafiy traktlarini chuqur o'rgangan. Shuni alohida ta'kidlash joizki Farobiy nemis she'riyatida musiqa faylasufi sifatida mashhur. Fridrix Ryukertning «Sharqona rivoyatlar va afsonalar asarida quyidagi satrlar bilan boshlanuvchi go'zal she'r bor:
Ul Turkiston tomonlardan
Faroblik Al-Farobiy ham.
Jahon tabobat ilmining yorqin yulduzlaridan biri Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. U 17 yoshida amir Mansur Somoniyni davolagani, uning tezda sog'ayib ketganligi, xakimning dovrug'ini oshirib yubordi. Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega bo'ldi. Somoniylar davlatining inqirozi, tufayli, u Urganchga borib Abu Rayxon bilan hamkorlikda 12 yil davomida ijod qildi. O'rta Osiyoni Mahmud G'aznaviy istilo etgan, uning xuzurida xizmat qilishni istamagan darbadarlikda yashashga majbur bo'ldi.
Ibn Sino medisina olamiga besh jilddan iborat «Qonuni-fit-tib»(tibbiyot qonunlari), «Kitob ash-shifo» kabi kitoblari bilan mashhurdir.
O'rta Osiyoda X asrning ikkinchi yarmidan boshlab Urganch yirik ilmiy markazga aylana boshlagan. U yerda olimlarning o'ziga xos akademiyasi tashkil topadi. Unda Abu Rayxon Beruniyning aloxida o'rni bor. U 973 yilda Urganchdan 120 km uzoqlikda Qiyot qishlog'ida tavallud topgan. U ko'p qirrali olim. Geologiya, geodeziya, astronomiya, farmokologiya, tarix, geografiya, falsafaga oid 154 asari bizgacha yetib kelgan. «Hindiston tarixi», «Qimmatbaho toshlarni bilish kitobi», «O'tmish zamondan qolgan yodgorliklari» kitoblari shular jumlasidandir. 1052 yilda vafot etgan.
Abul Abbos Axmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy butun dunyoda «xisob»-matematik laqabi bilan mashhurdir. U matematika, astronomiya, jug'rofiya, astrolobiya kabi fanlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shgan. U xalifa Xorun-ar Rashid davrida Bog'dodda qurilgan «Bayt al-xikmat» - Bilimlar uyida faoliyat yuritdi. U Bog'dod va Damashq rasadxonalarida kuzatish ishlari olib borib «Majxal an-nujum»(Astronomiyaga qarshi) asarini yozib 812 yilda quyosh tutilishini oldindan ma'lum qilgan ekan. Uning «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi hakida kitob» asari unga dunyoviy shuxrat keltirdi. Axmad Farg'oniy «Miqyos jadid»asbobi yasab, Kohirada Nil daryosining suvini o'lchagan ekan. IX-X asrlarda Termiz ham iqtisodiy, madaniy markazlardan biri edi. O'sha davrda Termizda yashagan olimlar, shoirlar «Termiziy» taxallusi bilan ijod kilganlar. Bu yerda islom ma'naviyatining ulug' vakili Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, filosof, munajjim, xakim, shoir Muhammad Abu Abdullo ibn Ali al-Xakim Termiziy, Muhammad Abu Bakr Varraq ibn Termiziy, Muhammad Abu Abdullo ibn Axmad Jayxuniy, Adib Sobir Termiziy va boshqa o'nlab nomlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Termizlik buyuk insonlardan biri Muhammad binni al- Xakim at-Termiziydir. Termizda muqim yashab ijod etgan al- Xakim Termiziy ilohiyot, tasavvuf, hikmat, tibbiyot, falakiyot sohalarida shuhrat qozongan. Uning xalq bayramlari xususida bitgan. »Solnoma» hozirgi kunda Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.
Islom olamining mutafakkiri Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn So'ro ibn Muso az- Zarif at-Termiziy 824 yilda (824-892) Sherabodda tavallud topgan. Dastlab Termizda, so'ngra Samarqand va Buxoroda tahsil ko'rdi. Islom nazoratchilarining asarlarni qunt bilan o'rganib, xadis o'rganish maqsadida xuroson, Eron, Iroq, Xijoz, Shom mamlakatlariga bordi. Imom Termiziy qariyb 30 yil islom mamlakatlarida bo'lib payg'ambarning minglab xadislarini yig'ib, ularni ilmiy taxlil qildi, ko'plab ilmiy asarlar yozdi. Jumladan «Kitob al -Jome' as-Saxix», «Kitob al-ilal», «Kitob at- tarix», «Kitob ash- Shanomiu al- Nabaviya, «Kitob az-zuxd», «Kitob al-asmo va Kunya» kabi asarlari hamon mashhurdir.
«Shimoli Muhammadiya» arab tilida yozilgan bo'lib Muhammad payg'ambarning xulq- atvori, nasl-nasabi to'g'risidagi mukammal manbadir. Bu asarda payg'ambarimizning xulq va atvorini ta'riflovchi 326 xadis tom qilingan.
1990 yilda butun dunyoda vatandoshimiz 1200 yilligi keng nishonlandi.
Islom nazoratchisi imom Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Mug'ra al-Buxoriy al-Jug'oriy 809 yil 13 mayda Buxoroda tavallud topgan. Otasi shayx Ismoil ibn Ibrohim xadisshunos bo'lgan. Shuningdek tijorat bilan shug'ullangan, arab tilini o'rgangan va Imom Buxoriy xadislarini yod bilgan. 16 yoshda haj safarida Balx, Basra, Kufa, Bog'dod, Damashq, Misr, Makka, Madina kabi shaharlarda bo'lib, xadis olimlaridan ilm sirlarini o'rganadi.
Imom Buxoriy o'ta iste'dodli, ziyrak, keng tafakkurli kishi bo'lgan. U qaysi bir kitobni qo'lga olib o'qisa, uni yod bilgan. U kishining yozib qoldirishicha, 100 ming saxk va 200 ming g'ayri saxix xadisni yod bilgan ekanlar. Imom Buxoriy o'z hayotida 1080 ta muhaddisdan xadis eshitdim, deb yozadi.
Imom Buxoriy «10 yoshlaridan boshlab kitob yoza boshlagan. Uning 20 dan ortiq asar yozgani ma'lum, ammo hammasi bizgacha yetib kelmagan. «Al-Jome' as- Saxix»(Ishonchli to'plam)» «At-tarix al-Kabir»(Katta Tarix), «At-tarix as-Sag'ir»(Kichik tarix) va boshqa asarlari shular jumlasidandir.
Imom o'z Vatani Buxoroga qaytgach bir muncha vaqt tolibi ilmlarga xadisdan dars beradi. Xalifaning Buxorodagi noibi Axmad Xolid az-Zuxaliy Imom Buxoriydan bolalarga saroyga kelib «al-Jome' as-Saxix dan dars berishni so'radi. Ammo Imom Buxoriy ilm xor qilinganligini ta'kidlab, noib bolalariga ilm kerak bo'lsa, masjidga kelishligini aytdi. Buning natijasida amir buyrug'i bilan Buxoroni tark etdi. Samarqandga borayotganida yo'lda Xartang qishlog'ida (Poyariq tumani) vafot etdi.
Imom Buxoriyning Kur'oni Karimdan keyin eng saxix va e'tiqodli hisoblanadigan to'rt jildlik «Al-Jome' as- Saxix», " Al- adab al-Mufrad» xadislari to'plamlari mavjud. «Al-adib Mufrad»da1322 ta xadis 644 bobda jam qilingan.
Umuman olganda IX-X asr O'zbekiston xalqlari tarixida alohida muhim bosqich hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaganidek: «Buyuk davlat poydevori qurish, dunyoda o'zimizga munosib o'rin egallashda Al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Axmad Farg'oniy, At-Termiziy. . . . kabi bobolarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, xalqimizning kuchiga kuch, g'ayratiga -g'ayrat, ishonchiga-ishonch qo'shadi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |