6-mavzu: ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSON.
Reja:
Movarounnahr hududining arablar tomonidan istilo etilishi va uning bosqichlari.
Arablar istilosining oqibatlari.
Arablar hukmronligiga qarshi xalq ozodlik harakatlari.
Movarounnahrga islom dinining yoyilishi.
Tayanch tushunchalar:
Arab davlatining tashkil topishi. Muhammad payg'ambar va arablar. Turt chohoriyor davrida arablar va Arablar halifaligi. xuroson va Movarounnahrga yurish. Arab istilosining ikki bosqichi va uning hususiyatlari.
xuroson va Movarounnahr arab xalifaligi hukmronligi ostida. Arab xalifaligining ostida. Arab xalifaligining o'lkadagi mustamlakachilik, soliq va diniy siyosati.
Xalifalik zulmiga qarshi xalq qo'zg'olonlari.
Sumbod, Muqanna, Rode ibn Lays qo'zg'olonlari.
VII asr boshida Arabiston yarim orolida yirik Arab davlati tashkil topdi. Ular sahnaga chiqqan ijtimoiy va madaniy jihatdan g'oyat qurama bir xalq edilar: ularning asosiy ko'pchiligi o'z chorvalari bilan Arabiston saxrosi va atrofida ko'chib yurar edi. Arablar shunday sinfiy jamiyatda yashar edilarki, bunga quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda feodal eksplutasiyasining dastlabki alomatlari ham paydo bo'lgan edi. Lekin buddaviylarning ko'pchiligi hali ham erkin hayot kechirar edi. Arablar o'rtasida urug'chilik qabilachilik munosabatlari hali tugatilmagan va bu narsa cho'lda ko'chmanchilarning ijtimoiy turmushida ayniqsa kuchli saqlangan edi.
VIII asrgacha bozorlar, shaharlarda dasht va voxalarda qadimiy arablarga xos turlicha diniy oqimlarni, xristianlikni, otashparastlikni targ'ib qilib o'zini payg'ambar sanagan ko'plab va'zxonlarni uchratish mumkin edi.
Arab qabilalarining birlashishi uchun intilish turli qadimiy diniy topinishlarning markazlashuviga olib keladi. Kuchli urug' jamoalari ibodatxonasi va ular sig'inadigan xudolar jamiyatda yetakchi ahamiyatga ega bo'la bordi. Ojiz qabilalar topinishi va xudolari xaqidagi ta'limot yo'q qilindi.
Yirik savdo va madaniyat markazi bo'lgan Makka shahridagi Ka'ba machiti ulkan ahamiyatga ega bo'la boshladi. Makkadagi hukmron qabila qurayshlar « o'rtoqlik » va savdo ittifoqini tuzishdi. Makka atrofidagi sayil muqaddas sanalgan. Tez orada qurayshlar Makka atrofidagi urug', qabilalar uchun har yili ziyoratni tashkil etdi.
Makkada eski diniy e'tiqodlarga shubha bilan qarovchi kishilar paydo bo'la boshladi. Shulardan biri - Muhammad edi. U hoshimiy qabilasidan chiqqan. Bu qabila Ka'baga kiritiladigan eshik kalitiga ega bo'lgan.
U 25 yoshida boy beva xotin Xadichaga uylandi va savdo bilan shug'ullana boshladi. Payg'ambarlik faoliyatini taxminan 610 yillardan yurita boshlagan.
Avvaliga Muhammadning bu boradagi harakati qo'llab-quvvatlanmadi. U va uning tarafdorlari quvg'inga uchrab Xabashiston shimolidan panoh topishga urindi. Xotini Xadicha va xoshimiy qabilasi yetakchilari vafotidan so'ng Muhammad turmushi og'irlashib Madinaga ketishga majbur bo'ldi. U yerda onasi tomonidan qarindosh qabilalar istiqomat qilar va xosildor yerlari tufayli o'zaro janjallar bo'lib turgan edi.
Muhammad bu ishda betaraf hakam bo'lishga rozi bo'ldi, hamda o'z tarafdorlarini Makkadan Madinaga ko'chira boshladi. Musulmon hijriy taqvimi ayni shu davrdan (622 yil 15 iyul) qo'llana boshlangan.
Muxojir Muhammad yangi ittifoq yetakchisi bo'lib qoldi. Boy savdogar Abu Bakr o'zining o'n yoshli qizi Oyishani ellik yoshga to'lgan Muhammadga turmushga beradi.
Muhammad vafotidan so'ng (632 yil) uning tomonidan tuzilgan ittifoq arab qabilalarini birlashtiruvchi yana katta markazga aylandi. Madinadagi bu ittifoq boshida Olloxning noyiblari, xalifalar turar edi. Sunniy mazxabdagi musulmonlarda asosan ilk to'rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular - Abu Bakr ( 632 - 634 ), Umar (634-644) Usmon (644-656 ) va Xazrati Ali (656-661) vakilligini tan olishgan.
Xalifalar yil sayin g'oya va e'tiqod sifatida islom ta'limotini mukamallashtira bordilar. Ular himmati ila Madinada II4 suradan iborat « Quro'ni Karim « tarkib topdi. Xalifa Usmon davrida Muhammad ta'lim va o'gitlari 650 yil yozuvga tushirildi. Payg'ambarning vorislari Abu Bakr, Umar, Usmon avvalgi qo'shni qabilalarni, so'ngra O'rta dengiz va Osiyodagi boshqa mamlakatlarni fatx etdilar va birlashtirdilar. Islom dini VIII - IX asr davomida Eron, Shimoliy Hindiston va O'rta Osiyoga tarqaldi. X-xu asrlarda esa arab, hind va o'rta osiyolik savdogarlar orqali u bulg'or, qipchoqlarga yetib bordi. Shimoliy Kavkaz, Sibir va keyinroq Oltin O'rdaga kirib bordi.
Eronda diniy bo'linish yuzaga keldi. Shialar arablar ta'siriga qarshi kurash boshladilar. So'ng to'rtinchi xalifa Alinigina tan oldilar.
Shialardan yana bir oqim ismoiliylar ajralib chiqib, u Afg'onistonning tog'li hududlari va Badaxshonda qaror topdi. Ismoiliylik ta'limoti, hususan ulardan ajralib chiqqan karmotchilar islom diniga nisbatan oppozision munosabatda bo'ldilar. Karmat maxzabi XI asrga qadar mavjud edi.
Arablarni O'rta Osiyoning boyligi qiziqtirib kelgan. Amudaryo ortiga birinchi bo'lib Ubaydulloh ibn Ziyod yurish boshladi. U avval Poykendni egalladi. Buxoroga o'tib uning hukmdorlari ustidan g'alaba qozondi. Katta boylik bilan o'z yurtiga qaytdi.
676 yil Said ibn Usmon Buxoro va Sug'diyona shaharlariga yurish boshladi. U Buxoro va unga yordamga kelgan Sug'diyona, Kesh, Nasaf harbiy qo'shinlarni mag'lubiyatga uchratdi. Buxoro hokimi o'lpon to'lashga va shoh avlodlaridan 80 kishini garovga berishga majbur bo'ldi.
704 yilgacha Qutayba ibn Muslim xuroson noibligiga tayinlanganligiga qadar arablar talonchilik yurishlarini to'xtatmadilar.
Arablarga shaharlarni egallashga yordam bergan odamlar: yagona hokimiyatning yo'qligi, mayda guruhlarning doimiy tantanalari, shuningdek arablarga yordam beruvchi guruhlarning mavjudligi, O'rta Osiyo xalqlarining qarshiligi, arab qabilalari o'rtasidagi nizolar va xalq qo'zg'olonlari tufayli arablar VII asr davomida O'rta Osiyo xalqlarini zabt eta olmadilar. Xalifa Abdumalik podsholik qilgan davrning oxirida ummaviylar dinastiyasining ahvoli ancha yaxshilandi. Qabilalar o'rtasidagi nizo - janjallar tugadi.
Endi arablar xalifaligi O'rta Osiyoni butunlay va uzil kesil bosib olish yo'liga o'tdi. Shu maqsad bilan 705 yilda xuroson noibi Qutayba Axarun va Shumanni ( Surxon va Kofirnixon bo'yidagi yerlar) bosib olishga unadi, ammo muvaffaqiyatsiz tugadi. U 706 yilda Zarafshon bo'ylab yurish qildi. Kerki shahriga kelib, Amudaryodan o'tib Poykand shahriga keldi. Poykandliklar bilan sulx tuzib, o'zi Amudadaryo bo'ylab ketdi. Ammo u xali manzilga yetmasdanoq Poykanddagi g'alayonni eshitib, zudlik bilan orqaga qaytib shaharni 1 oy qamal qildi va uni egalladi va taladi. 709 yilda Buxoroni egalladi. Samarqand hokimi Texrun arablar bilan urushdan qo'rqib sulh tuzishni so'radi va boj to'lay boshladi. 710 yilda Qutaybaning ukasi Abduraxmon ibn Muslim navbatdagi bojni olayotgan paytda Texrun taxtdan tushirilib, uning o'rniga Gurek tayinlandi. 710 - 737 yilgacha arablarga qarshi kurash olib bordi.
Qutayba 710 yildayoq Samarqandga yurish qilaman degan vaqtda Xorazm oqsoqoli buni 2 yil orqaga surdi. 712 yilda 20 ming qo'shin bilan Samarqand ustiga yurdi. Og'ir janglardan so'ng Gurek yengildi. U Qutayba bilan sulh tuzib 2200000 dirham pul, 300 sog'lom odam berishga majbur bo'lgan. 50 ming misqol oltin va kumush olib ketilgan. 715 yilda taxtga o'tirgan Xalifa Sulaymon tomonidan Qutayba ta'qib qilindi va shu yili Farg'onada arab askarlari tomonidan o'ldirildi.
Qutaybaning harbiy yurishlari arablar tomonidan O'rta Osiyoning istilo qilinishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. U qariyb butun Movarounnahrni - Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo, Xorazmni zabt etdi.
Arablar istilosi 657 yildayoq boshlangan bo'lib, unda Basra, Kufa va uning atrofidagi to'plangan 50 mingdan ortiq arablar ishtirok etdi.
Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari o'z maqsad va rejalari bilan 2 davrga bo'linadi. Birinchi davrga xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jixatdan tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinab ko'rish, mavjud geografik, harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvni o'rganish, kichik yurishlar orqali o'ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi.
Arablar Markaziy Osiyoni bosib olgach, bu hududlardagi hamma shaharlar va aholi joylarida o'z qo'shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun og'ir yuk bo'lib qoldi.
Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o'ljalarga ega bo'ldilar. O'lkalarni bosib olish chog'ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko'pgina joylarda qurg'okchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o'ljalar, Buxoro, Poykand va Sug'd hukmdorlaridan katta miqdorda tovon olindi.
Arab qo'shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko'plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo'ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o'z harbiy gornizonlarini joylashtirgan arablar, shu kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoa ishlariga safarbar qilinar edi.
Marv, Poykand, Samarqandda ularning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi, Ba'zi istilochi zadogonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlari va suv inshootlarini egallab ola boshladilar, Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o'rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko'prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo'shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi.
Iqtisodiy hayotni o'z qo'llarida chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig'i xiroj, chorva, hunarmandchilik savdo -sotiqdan zakot hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juz'ya solig'i ham qo'shildi.
Arablar o'z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ'ib qilishga katta e'tibor berildi. Markaziy Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilinayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa, zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda uning barcha ibodatxonalari yo'q qilindi. Uning o'rniga machitlar barpo qilina boshladi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, sug'd tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo'q qilib yuborildi.
Sug'd tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo'q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juz'yadan ozod qilinib, ularga anchagina imtiyozlar berildi.
O'zaro tenglik va mustahkam e'tiqod dini bo'lgan islomni birinchi navbatda kambag'allar qabul qila boshladilar.
Movarounnahr singari badavlat o'lkani istilo qilish arab zodagonlariga qisqa muddat ichida juda katta boylik keltirildi. Urushda qo'lga tushirilgin o'ljaning 1, 5 ulushini xalifalik olardi, qolgan qismi esa askarlarga bo'lib berilardi. Arablar bosib olingan yerlarda o'zlarini mahalliy xalq vakillaridan ustun tutar edilar. Ular o'zlarining «sahobalar», »xojalar» va «saidlar» avlodiga mansub ekanliklari bilan gerdayardilar. Xalq orasida «Xoja» va «fuqaro»degan tushunchalar ham mavjud ijtimoiy tengsizlikning ramzi sifatida xuddi shu davrdan qolgan. Arab istilochilarining mahalliy xalqqa o'tkazgan jabru sitamlari ayniqsa islomlashtirish siyosatini amalga oshirishda yorqin nomoyon bo'ldi. Buning asl maqsadi yerli aholini majburiy tarzda islom diniga bo'ysundirish, islomdan boshqa dinlarni va ularning namoyondalarini yo'q qilish, yohud taqiqlashni ko'zda tutardi. Islomni tarqatish uchun iqtisodiy tadbir qo'llaniladi. Bunda islomdan boshqa dindagi odamdan »juz'ya» olinardi. Har kim musulmon bo'lib, masjidga nomozga keladigan bo'lsa, ikki dirhamdan pul to'lardi. Islomni qabul qilganlar juz'ya solig'idan ozod qilinar edi. Lekin bu hol vaqtinchalik bo'lib, keyin bekor qilindi. Bulardan tashqari yana «xiroj»va «zakot» soliqlari joriy qilindi. «Zakot» solig'i chorvadan, hunarmandchilik va savdodan keladigan daromadning qirqdan biri hisobida olinardi. Bu davrda arablar tomonidan joriy qilingan soliq turlaridan biri «ushr» bo'lib, u odamlar daromadining 10dan 1 qismini berishni ko'zda tutardi.
Kezi kelganda shuni e'tirof etish lozimki, odamlar har xil xudolar, chiltonlarga, muqaddas narsalarga topinishdan, sig'inishdan xolis bo'lib, yakkayu-yagona Ollox -taolo timsoliga, uning Rasuli Muhammad Alayhissallom ko'rsatmalari va ruknlariga e'tiqod bilan amal qiladigan bo'ldilar.
Islomning muqaddas kitobi «Qur'oni Karim" va uning odamlarni xurlik, ozodlik, tenglik, yaxshilik, sahiylik ham birodarlik, qarindoshlikka da'vat etuvchi g'oyalari O'rta Osiyo xalqlari ongi va shuuriga asta-sekinlik bilan singib bordi.
Lekin arablar O'rta Osiyoda ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vaxshiyliklar qildilar. Abu-Rayxon Beruniy -»O'tmish avlodlar yodgorliklari» asarida Qutayba va uning sheriklari mahalliy din, san'at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni halok qildilar va ularning yaratgan meroslarni olovda yondirdilar.
Arab istilochilari mahalliy yozuvni, ko'plab qimmatbaho xujjatlarni, qo'xna tariximiz asori atiqalarining kulini ko'kka sovurdilar.
O'rta Osiyoni bosib olgan arablar bu yerda o'zlariga qaraganda ancha yuqori darajada turgan moddiy va ma'naviy madaniyatga, yuqori turmush darajasiga duch keldilar. Shu boisdan ular pirovardida bu yerdagi xalqlarning ilg'or madaniyatini, urf-odatlari, an'analarini qabul etib, singib ketgandi. O'rta Osiyoning mag'rur, erksevar xalqi uzoq vaqt mobaynida arab bosqinchilarining zo'rovonligi, zulmi va asoratiga qarshi kurash olib bordilar. 720-721 yillarda Sug'dda katta qo'zg'olon ko'tarildi, unga Yettisuvdagi ko'chmanchi qabilalar ham yordamga keldi. Ammo qo'zg'olon xuroson noibi Said Xaroshiy qo'shtini tomonidan bostirildi. Keyin 755 yilda xuroson va Nishopurda yirik chiqishlar bo'ldi. Oradan 20 yil o'tgach Sug'diyonada tarixga «oq kiyimlilar» nomi bilan kirgan Muqanna ( 775-776-783-784 ) qo'zg'oloni boshlandi. Muqanna odamlarga xudo nomidan ish yuritayotganiligini ilgari Odam Atoda, Nuxda, Ibrohimda, Musoda, Isoda, Muhammad Payg'ambarda bo'lganidek e'lon qiladi. Shu yo'l bilan Muqanna o'zi yuritayotgan ta'limoti va harakat dasturining nufuzini oshirishga erishayotgan edi. Muqanna qo'zg'olonning asosiy g'oyasi Mazdakiylikka asoslangan bo'lib uning negizida ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da'vat etadi. Qo'zg'olon avval Marvda boshlanib keyin Movarounnahrga yoyildi. Muqanna turli viloyatlarga ta'limoti bayon etilgan maktubnomalar yubordi. Unda yozilishicha «xudo unda gavdalanadi», «Kuch, hokimiyat, shon- shuhrat va xokazolar kamoliga (Muqannaga) mansub, menga itoat eting « va xokazo «Kimda-kim men bilan bo'lsa jannatga, qarshi bo'lsa do'zaxga tushadi». U maktublar bilan targ'ibotchilar yubordi. Muqanna safdoshlari orasida asli arablardan bo'lgan Abdulla ibn Amir degan kishi bo'lib, uning qaynotasi edi. Abdullo ibn Amir Amudaryodan o'tib Naxshab (Qarshi), Kesh (Shahrisabz) shaharlarda katta muvoffaqiyat bilan targ'ibot ishlari olib bordi. Qo'zg'olon Qashqadaryodan Zarafshon vodiysiga o'tadi. Buxoro atroflari qo'zg'olonning yirik markazlaridan biri bo'lib qoldi. Bu yerda buxorxudot Bunyod ibn Tug'shodaning o'zi Muqannani quvvatladi. Sug'diyonada qo'zg'olon ko'lami kengaygandan so'ng Muqanna 36 nafar muridi bilan Amudaryodan o'tib Kesh viloyatiga yo'l oladi. Hisor tizma tog'iga mansub Sanam tog'ida mustahkam o'rnashdi va shu yerdan turib qo'zg'olonga rahbarlik qiladi. »Muqannani asosan Sug'd dehqonlar qo'llab -quvvatlashdi. Muxtorlar (o'lpon yig'uvchilar )ning ko'pchiligi Muqanna izidan bordi. Qo'zg'olon davrida arablar va arablashgan unsurlar Movarounnahrni tark etib Bog'dodda paydo bo'ldilar.
Asosiy xalifa Al-Maxdiy qo'zg'olonni bostirishga shaxsan o'zi rahbarlik qildi. Muqanna ham turkiylarni katta imtiyozlar evaziga yordamga chaqirdilar.
Lekin katta kuch tufayli Muqanna safdoshlari Buxoroda tor-mor etildilar. 780 yilda xalifa Al-Mahdiy qo'mondonlikda o'zgarish qilib, qo'zg'olonchilarni tor-mor etishga obdon tayyorgarlik ko'rdi. Samon qal'asini Xirot amiri Sayid al-Xaroshiy uzoq qamaldan so'ng qo'lga oldi.
Muqanna qo'zg'olonidan so'ng 806 yilda Rofe ibn Lays yetakchiligidagi qo'zg'olon Sug'dda boshlandi. Qo'zg'olon Toshkent, Farg'ona, Qashqadaryo va Xorazm yerlariga ham tarqaldi. Ular xalifalik qo'shinini yenga olmadilar. Xalifa Xorun ar-Rashidning o'g'li, , xuroson noibi Ma'mun yordam so'rab mahalliy feodallarga murojaat qildi. Bu qo'zg'olon 810 yilgacha davom etdi.
Arab bosqinchilari VIII asr boshlarida O'rta Osiyoga katta ziyon keltirdi. Bu davrda O'rta Osiyodagi davlatlar feodal rivojlanish bosqichiga kirib, og'ir ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshidan kechirayotgan edi. O'rta Osiyoda bir qancha mustaqil davlatlar paydo bo'ldi. Ulardan eng kuchlisi Sug'diyona va Xorazm edi. Shahar va qishloqlar vayron etildi.
O'rta Osiyodagi davlatlar Arab xalifaligining feodal hokimlari tasarufiga tushib qolishining sababi ularning tarqoqligi va tinkani quritadigan feodal urishlardir.
O'rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga mardonavor qarshilik ko'rsatishdi. Shuning uchun O'rta Osiyodagi davlatlarning arab harbiy boshliqlari tomonidan zabt etilishi qariyb yuz yilga cho'zildi. Ammo birdamlikning yo'qligi va hukmron boshliqlarning sotqinligi g'arbda Pirent yarim orolidan Sharqda Ximolay tog'larigacha ulkan hududga ega bo'lgan arab xalifaligiga O'rta Osiyoning kirishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |