Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI



Download 0,54 Mb.
bet19/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

10-mavzu: TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI
Reja:


  1. Amir Temur tomonidan Movarounnahrda markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi.

  2. Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosati.

  3. Amir Temur hukmdorligi davrida Turkistonning madaniyma'naviy yuksalishi. Naqshbandiy ta'limoti.

  4. Movarounnahr va xurosonda siyosiy vaziyat (1405-1507)

  5. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda ijtimoiy, iqtisodiy hayot.

  6. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot.


Tayanch tushunchalar:

XIV asr o'rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat. Sarbadorlar harakati. Temurning yoshlik yillari. Temurning siyosiy maydonga kirib kelishi. Temur va xusayin munosabati. Markazlashgan davlatning barpo etilishi. Shohrux va Ulug'bek davrida Movarounnahr va xuroson.

Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar. Amir Temur davlatining ma'muriy tuzulishi. Iqtisodiy hayot.

Temur va temuriylar davrida madaniyat.

Markaziy Osiyo tarixida XV asr ulkan yaratuvchanlik ishlari amalga oshirilgan buyuk geografik kashfiyotlar qilgan ulug' shaxslar davri bo'ldi, sohibqiron Amir Temur shunday siymolardan biridir.

«Amir Temur jahon tarixiga qudratli va gullab yashnagan davlat barpo etib, o'rta asr dunyosining asl madaniy va ma'rifiy markazlaridan biriga aylangan, inson aqli va iste'dodining noyob ijodi bo'lib, bugungi kunda ham saqlanib qolgan mislsiz me'moriy obidalari bilan mashhur Samarqandni uning poytaxtiga aylantirgan atoqli sarkarda va davlat arbobi sifatidagina kirgan emas.

Amir Temur olimlar, faylasuflar, me'morlar, shoirlar, xofizlar, mashshoqlarga g'amxo'rlik qilishda ham nom qozongan edi. Temuriylar davri xaqiqatdan ham ilm- fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta'minlagan Sharq uyg'onish davri edi «.

Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo'jailg'or qishlog'ida, barlos urug'ining beklaridan biri Tarag'ay oilasida tavallud topdi. Temur yoshligidanoq yaxshi ta'lim va tarbiya oldi. Temur o'smirlik yoshidayoq Kur'onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilib uning bilimiga yuqori baho berganlar. 12 yoshga to'lganda u « bolalarga o'yinlardan orlanadigan bo'lib va vaqtini o'zimga tengqur o'smirlar bilan o'tkazishga harakat qildim «. deydi.

Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san'atini mohirona egalladi va 20 yoshida esa mohir chavandoz bo'lib yetishdi. Bo'lajak sohibkiron o'n olti yoshgacha faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlar- tarix, falsafa, geografiya, hisob va boshka ilmlardan ham xabardor bo'lgan.

Manbalarda ko'rsatilishicha, Amir Temur turk, arab va eron tarixini yaxshi bilgan. Aniq fanlarga hurmat bilan qaragan Amir Temur saroyda ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Muslimiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Baxriddin Axmad va boshqa olimlar faoliyat ko'rsatishgan.

Amir Temur o'z reja va maqsadlarini amalga oshirishda olimlardan ko'ra ko'proq mulkdor zodagonlarga, harbiy kishilarga va xalqqa ta'sir eta oladigan obro'li, shuhratli, taqvodor ruhoniylarga tayangan. Ma'lumki, Amir Temurning hayotida 4 piri bo'lgan. Rivoyatlarga ko'ra, Tarag'ay o'zining e'tiqod qo'ygan piri Shamsuddin Kulolga olib borib, unga ham pir bo'lishga qo'l oldiradi. Temur Shamsuddin Kulol huzuriga borganda u bo'lg'usi sohibqironga yettita non va bir qism xolva berib: «Mana shu yettita nonni yegin., shunda sen yerning yetti iqlimiga, butun dunyoga hokim bo'lasan». Men nonlarimni ehtiyot qildim: bu menga Alloh ato etgan barokatning boshlanishi edi», deydi. Bo'lg'usi sohibqiron o'zining qanchalik qo'lga kiritgan barcha zafarlarini piru ustozlari Shayx Shamsuddin Kulol va Sayid Baraka nomlari bilan bog'lagan.

Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar va dalillardan ko'rinib turibdiki, Temur yoshligidan juda tadbirkor, ishning ko'zini biladigan kishi bo'lgan, u ayniqsa, boshqaruvning nozik ko'pchilik uchun tushunishi qiyin bo'lgan sirlarni yaxshi o'zlashtirgan.

Sohibkiron Amir Temur tarixan o'sha murakkab vaziyatda, XIV asrning 60- yillarida siyosiy maydoniga chiqadi. Bu davrda mug'ul hukmdorlari o'rtasida toju-taxt, davlat, molu-dunyo uchun bo'lgan kurashlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig'atoy ulusiga qarashli xududlarda feodal tarqoqlikni avj olib ketishiga sabab bo'ldi. Mahalliy viloyat hokimlarining o'zboshimchalik bilan qilgan harakatlari natijasida Chig'atoy ulusiga qarashli Movarounnahr xududida o'nlab mustaqil bekliklar vujudga keladi. Shahrisabzda Xoji Barlos, Xo'jandda Boyazid Jaloir, Balxda Amir xusayin, Shibirg'onda Muhammad Aperdi Nayman va boshqalar o'zlarini hokimi mutlaq deb hisoblashardi va bir- birlari bilan yovlashib saltanatni talon-taroj qilar edilar.

Movarounnahrda bo'layotgan bunday harakatlardan Mo'g'uliston hoqonlari ustalik bilan foydalandilar. Ana shunday mug'ul xonlaridan biri Tug'luq Temur edi. U 24 yoshida islomni qabul qilib, Movarounnahrni bosib olishga o'zini hakli deb bilar edi. U 1358 yilda katta qo'shin bilan Kesh ustiga yurdi. Kesh hokimi Xoji Barlos katta kuchga bas kela olmasligini bilib xurosonga qochadi. Mana shundan keyingi vaziyatda Temurbek Tug'luq Temur xizmatiga kiradi. Temurbek Tug'luq Temur ishonchiga kirib, o'z maqsadiga erishish yo'lini tutadi. Tug'luq Temur o'ziga nisbatan Temurbekning sadoqatini his eta boshlagach Mug'ulistondagi amirlar isyonini tinchitish maqsadida Movarounnahrni boshqarib turish yorlig'ini Temurga berib, o'zi Jete tomonga ketadi. «Men-deydi Amir Temur, butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayxun daryosining sohillarigacha bo'lgan yerlarga hukmron bo'ldim. . Men tajribadan shuni bildimki, yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin ekan».

1360-1370 yillarda Movarounnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta'sir o'tkazgan shaxslardan yana bir Amir Ko'ragonning nabirasi Amir xusayin edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasavvurida edi. 1361 yilda Amir Temur Amir xusayn bilan yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor birlashib, mug'ul xonlariga qarshilik ko'rsatish imkoniga ega bo'ldilar. Ma'lumki, Amir Temur mug'ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movarounnahrni boshqarishni Tug'luq Temur o'z o'g'li Ilyosxo'jaga topshirdi. Amir Temur unga itoat qilishni xohlamadi.

Tug'luq Temur o'limidan so'ng, 1363 yilda Movarounnahr tuprog'idan haydalgan mug'ul xoni Ilyosxo'ja yangidan juda katta lashkar bilan avvalgi mulklarni egallab olish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila boshladi. 1365 yil bahorida Chinoz bilan Toshkent o'rtasida «loy jangi» bo'ldi. Bu topda Amir xusayinning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi tufayli Tug'luq Temurning qo'li baland keldi. Katta urinish behuda ekanligini sezgan Temur Samarqandga, so'ngra Balxga o'tib ketdi. Samarqand himoyasi sarbadorlar qo'lida qoldi. Madrasa mudarrisi Mavlonazoda, xurdaki Buxoriy va Abu Bakir Kelaviylar mudofaani tashkil etdilar va shaharga bostirib kirgan mug'ullar mag'lubiyatga uchrab chekindilar. Shaharni qamal qilishni rejalashtirgan mug'ullar ot vabosi tufayli dastlab Samarqanddan, keyin butun Movarounnahrni tashlab chiqdilar. Keshda bo'lgan Temur bu xabarni Amir xusayinga yetkazdi. 1366 yil bahorida ikki amir sarbador rahbarlarini uchrashuvga chaqirdilar. Deyarli barcha sarbador rahbarlari o'ldirilib, faqat Mavlonazodagina omon qoldi. Shundan keyin ikkala amir orasida nifoq paydo bo'ldi. Bu oxirida 1370 yil Temurning hokimiyat tepasiga kelishi bilan intiho topdi.

Amir Temur Movarounnahrda markazlashtirish siyosatini olib bordi. 1372 va 1373-74 yillarda, keyin 1388 yil Xorazmga yurish qilib uni bo'ysundirdi. Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo'liga o'tdi. Amir Temur hokimiyatga kelgan davrda o'z faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlikka tushgan va kuchli feodal tarqoqlik hukm surayotgan Movarounnahrni birlashtirishdan boshladi. U markazlashgan mustaqil davlat tuzishga kirishdi. Davlat boshqaruvi borasida mukammal bo'lgan qonunlar ishlab chiqdi. Sohibqiron o'zining tuzgan qonunlari «Temur tuzuklari»da Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat tuzumi, umuman Temuriylar davrida amal qilingan tartib, qoidalar hakida mukammal yozadi.

Amir Temur davlati feodal tuzumining yuqori bosqichi hisoblanadi. Bu davrda feodal munosabatlar hayotga keng joriy etildi. Yerga egalik qilishning cheklanmagan hukmronligi o'rnatildi. Davlat tuzumiga Temur bir qator o'zgarishlar kiritdi. Mamlakat viloyatlarga ajratilib, o'lkalar suyurg'ol sifatida hukmdorlarga taqsimlab berildi. Movarounnahrdan tashqari viloyat va mamlakatlar 4 ulusga bo'lingan. Katta o'g'li Jahongirga Balx viloyatini, ikkinchi o'g'li Umarshayxga Fors viloyatini, Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armanistonni, kichik o'g'li Shoxruhga xuroson, Jurjon, Mozondaron, Seyistonni berdi. Suyurg'oldan keladigan foydaning uchdan ikki qismi davlat xazinasiga, uchdan bir qismi suyurg'ol egasiga tegishli hisoblangan.

Bundan tashqari tarxon yorlig'ini olgan yer egalari ham bo'lgan. Temur davlatini qattiqqo'llik bilan boshqargan, vassallarini doimo o'z xohishi va irodasiga bo'ysundirib turdi va bo'ysunmaganlarni jazoladi. 1376 yil jaloyirlar qabilasi boshlig'i Amir Temurga itoat etishdan bosh tortgani sababli o'ldirilgach, o'zlari ko'chirib yuborilgan. Amir Temur bo'ysunmagan o'z qarindoshini ham kechirmagan. Masalan, nabirasi Pirmuhammad xalq oldida qattiq jazoga tortilgan. Amir Temur davlat boshqaruvi juda tartibli bo'lgan. U vaqti-vaqti bilan tekshirish o'tkazib turgan. O'z amalini suiste'mol qilish, poraxo'rlik, ichkilik maishiy buzuqlik og'ir gunoh hisoblanib, bunday odamlar qattiq jazolangan.

Amir Temur davrida dehqon va hunarmandlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolida bir qator ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Dehqonlar g'allani yig'ib olmasdan oldin soliq to'lash qat'iyan man etilgan. O'zlashtirilmagan yerni ishlaganlardan ikki yil soliq olinmagan.

Temur davrida hunarmandchilik rivojlandi. Amir Temur harbiy sohani ham isloh qildi. Temur davlatini yetti nafar vazir idora qilgan.

1. Mamlakat va raiyat ishlari.

2. Vaziri sipoh.

3. Egasiz qolgan mulklarni tasarruf etish vaziri.

4. Moliya vaziri.

5. 6, 7. Sarhad vaziri.

Amir Temur saltanat ustunlari bo'lgan vazirlarni 4 sifatga ega bo'lishi lozim, deb hisoblagan. «Birinchisi aslzodalik, ikkinchi aql, farosatlik, uchinchi sipohi, raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo'lishlik, to'rtinchisi sabr- chidamlik va tinchliksevarlik.

Amir Temur davrida «Buyuk ipak yo'li yanada rivojlandi. Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq qilindi. Sohibqiron saltanat ishlarini boshqarishda piri Zayniddin Abu Bakr Toybodiyning o'gitlariga amal qilgan holda to'rt narsaga: 1. Kengash. 2. Mashvaratu maslahat. 3. Mustahkam qaror, tadbirkorlik va hushyorlik. 4. Ehtiyotkorlikka amal qilgan. Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda, davlat arbobi, shuningdek, fan va madaniyat homiysidir. Manbalarda ko'rsatilishicha, Amir Temur turk, arab va eron tarixini yaxshi bilgan. Aniq fanlarga hurmat bilan qaragan, amaliy jihatdan foyda keltirgan har qanday bilimni qadrlagan. U davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarini olishga harakat qilgan. Davlat ahamiyatiga molik bo'lgan har bir masalani hal etishda shu soha bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan. U odatda tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy soha vakillari bilan suhbatlar o'tkazib turardi. Ularning maslahatlaridan foydalanardi va davlatni odil boshqarishda ularga suyanardi.

Amir Temur saroyida ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Baxriddin Axmad, Xo'ja Afzal, Alouddin Koshiy, Jalol Hokiy va boshqa olimlar faoliyat ko'rsatishgan. O'z sohasi fanida alloma bo'lgan kishilar saroyga to'plangan. Amir Temur davrida ilm-fanning riyoziyot, handasa, ma'morchilik, ilmi nujum, adabiyot, tarix, musiqa sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berilgan. Amir Temur o'z reja va maqsadlarini amalga oshirishda olimlardan, ko'proq mulkdor zodagonlardan, harbiy kishilarga va xalqqa ta'sir eta oladigan, obro'li, shuhratli, taqvodor ruhoniylarga tayangan. Ma'lumki, Amir Temurning hayotida 4 ta pir bo'lgan. Ulardan Sayid Baraka uning uchun alohida e'tiborga, hurmatga sazovor bo'lgan pir hisoblangan. Harbiy yurishlarda u doim birga bo'lgan, g'alabaga ilhomlantirilgan. Qilich bilan nimaniki qo'lga kiritgan bo'lsa, shularni duolar bilan mustahkamlashga harakat qilgan. Sohibqiron siyosiy maqsadni har narsadan yuqori qo'ygan. Islom mazhablari o'rtasidagi ba'zi bir kelishmovchiliklardan ustunlik bilan foydalangan. Agar viloyatlarda biron bir mazhab kishilari kamsitilsa, ularni o'z himoyasiga olib, aybdorlarni jazolagan. V. Bartoldning e'tiroficha, Suriyada Alini va uning avlodlarini himoya qilganligi uchun Suriyaliklar uni shia mazhabi tarafdori deb atashgan. xurosonda u sunniy ta'limotini tiklagan. Mozandaronda xalifa choryorlarning qabrlarini oyoq osti qilgan shia darveshlarini qattiq jazolagan.

Amir Temurning mamlakat faravonligi va uning gullab yashnab kamol topishida beqiyos xizmati bor.

U zabt etgan mamlakatlarning faqat moddiy boyliklarini olib kelmasdan, u yerdan usta hunarmandlar, olimlar, san'atkorlarni Movarounnahrga olib keladi. Mamlakatni obod qilish ishlarida ulardan foydalanadi.

Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa qurdi. Katta qurilishlar Kesh va Samarqandda ham amalga oshirildi. O'zining ona yurti Keshda otasi qabri ustiga maqbara, o'g'li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Temur hukmronligining boshlang'ich davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo'lgan. Shuning uchun uni obodonlashtirish ishlariga katta ahamiyat berdi. Keshda mashhur bo'lgan Oqsaroyni qurdirdi. Xorazmlik me'morlarning mahorati bilan qad ko'targan bu muhtasham saroyning peshtoqi, toqi ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi naqshli gullar bilan bezatilgan.

Keyinchalik sohibqiron mamlakat poytaxti qilib Samarqandni tanladi. Samarqand miloddan avvalgi VI-U asrlardayoq (Afrosiyob xarobalari) qadimgi So'g'diyonaning markazi hisoblanib, markaziy shahar sifatida ahamiyatini o'rta asrlarda ham saqlab qolgan. Shuningdek geografik qulay yerda joylashganligini Temur e'tiborga olgan. Samarqand saltanat poytaxti qilib olingach, u alohida imtiyozga ega bo'lgan shaharga aylandi. Amir Temur davlatining poytaxti bo'lgan Samarqand go'zalligi va kattaligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ustun turishi kerak edi.

Mo'g'ullar bosqini davrida butunlay vayron qilingan Samarqand shahri Amir Temur hukmronligi davrida o'zining qadimgi o'rnidan birmuncha janubroqda yangidan qal'a qurildi. Shahar atrofi qal'a devori bilan o'ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So'zangaron va Feruza kabi nomlar bilan atalgan mustahkam darvozalar, Temurning qarorgohi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroylar qurildi.

Amir Temur Samarqand atrofida o'z qarindosh urug'lariga atab go'zal bog'lar qurdirdi. Bog'i Dilkusho, Bog'i Chinor, Bog'i Baland, Davlatobod. Bog'inav, Bog'ishamol kabi bog'lar o'sha davr san'ati namunalari gultojlaridir. Samarqandda Bibixonim masjidi, Shoxi Zinda maqbaralari qurildi. Yo'llar qurildi. Ko'hak-Zarafshon daryosi orqali ko'prik, keyinchalik Amudaryo va Sirdaryoda ko'prik bunyod etildi. Toshkent atrofida kanallar, jumladan Sirdaryodan Ohangaronga ham kanal o'tkazildi. Shahar ko'rinishidagi Ohangaron qishlog'i qurildi. Buxoro, Shahrisabz, Farg'ona, Turkistonda karvonsaroylar va boshqa qurilishlar bilan birga sug'orish inshoatlari barpo etildi. Shaharlar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurilishi o'sha davr uchun misli ko'rilmagan darajada olib borildi.

Yangi-yangi qishloqlar barpo etildi. Amir Temur Samarqand atrofidagi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Damashq, Misr, Bag'dod, Sultoniya, Sheroz deb atadi. Chunki Samarqand bu bilan dunyoning eng katta va go'zal shaharlaridan biri edi. Amir Temur savdo sotiq ishlariga ham alohida e'tibor berdi. Karvon yo'llari qaroqchilardan tozalandi. Yo'lovchilar havfsizligini ta'minlash maqsadida ularning ko'chib o'tishi uchun manzilgohlar qurdirdi. Qulaylik yaratish maqsadida katta yo'llarga soqchilar qo'ydi.

Yevropa mamlakatlariga Xindiston va Xitoyga olib boradigan va u yerlarga O'rta Osiyo orqali o'tadigan «Buyuk ipak yo'li » deb atalgan xalqaro yo'lning barcha asosiy yo'nalishlarini egallab olgan Temur bu yo'lda karvonlarning havfsizligini ta'minlash uchun tadbirlar ko'rdi. Mashriq hamda Mag'rib, ya'ni sharq va g'arb o'rtasidagi savdo sotiq munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga g'oyat katta e'tibor berdi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek Amir Temur islom himoyachisi sifatida yurgizgan siyosati natijasida so'fiylik tariqati o'lka hayotida katta mavqega ega bo'lgan. Biz buni Temur va temuriylar davrida Bahouddin Naqshband va uning izdoshlari faoliyatida yorqin ko'ramiz. Xoja Bahouddin. Naqshband (Sayid Muhammad Bahouddin ibn Sayid Jamoliddin)1318 yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog'ida tavallud topgan. U temir va boshqa narsalarga gul soluvchi bo'lgan. Shu sababli u kishining laqabi «Naqshband» bo'lgan. Bahouddin Naqshband o'zidan ikki asr oldin o'tgan Abdulxoliq Gijduvoniy ruxlaridan madad olgan, uni o'ziga pir va ustoz deb bilgan. Bahouddin Naqshband Abdulxoliq G'ijduvoniy ta'limotini yanada rivojlantiradi, uni yangi mazmun xulosalar bilan boyitadi va Naqshbandiya tariqati nomini oldi.

U G'ijduvoniy asos solgan tariqatning 8 moddadan iborat talabiga o'zining 3 talabini qo'shdi:

1. Vukufiy zamoniy.

2. Vukufiy adadiy.

3. Vukufiy qalbiydir.

Naqshbandiylikning asosiy mohiyati quyidagi shiorda o'z ifodasini topdi. " Dast ba koru, dil ba yor" (Qo'l ishda Ollox dilda ) bo'lsin deb, hammani ijtimoiy mehnatga chorlaydi.

Baxouddin Naqshband shaxs, oila jamiyat ravnaqi uchun «Kam ho'r, kam hob va kam guftor bud!» (Kam yegil, kam uxla va kam gapir!) deb ta'kidlagan. Davlat raxbarlariga esa, «Zohiron xalq bilan, boshing xaq bilan !»(Sirtdan xalq bilan, dildan xudo bilan!) deb nasihat qildi. Amir Temur ham Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan. Temurning o'zi bu xaqda shunday degan: «Piru komil Shayx Baxouddin Naqshbandning Kam yegil, kam uxla va kam gapir» degan pandu nasihatlariga amal qildim. Arkonu davlatga barcha mulozimlarimga ham aytar so'zim shu bo'ldi. Kam yenglar-ocharchilik ko'rmasdan boy badavlat yashaysizlar, kam -uxlanglar mukammallikka erishasizlar, kam -gapiringlar dono bo'lasizlar!». (Amir Temur o'gitlari 58 bet).

Naqshbandning tariqatiga Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiy ham katta ixlos bilan qaragan. Baxouddin Naqshbandiyning dinni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun qilgan xizmatlari ulug' bo'lganligi sababli uni «Baxouddin-dinning fahri «, bebahosi deb atashgan. Baxouddin Naqshband karomatli inson bo'lganligi uchun unga Balogardon deb nom berishgan. xullas, Baxouddin Naqshband Temur hukmronlik qilgan davrning eng buyuk avliyolaridan bo'lib, u ishlab chiqqan va targ'ibot qilgan tariqatning mavqei ko'tarilgandan ko'tarilib bordi.

Muxtaram talabalar Amir Temur Ko'ragoniydan uning vorislariga qaysi xududlarni qamrab olgan davlat meros bo'lib qoldi?

-Demak, g'arbda Kichik Osiyo, sharqda Xitoy chegaralariga, shimolda Dashti Qipchoqqa va janubda Fors qo'ltig'igacha borib tutashuvchi katta davlat meros bo'lib qoldi.

Xo'sh, soxibqiron vafotidan so'ng bu ulkan davlat taqdiri, undagi siyosiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, madaniy hayot qay tariqa kechdi, davlat hayotida shaharlar qanday rol o'ynaydilar? Bu xaqda biz bugungi ma'ruzamizda sizlar bilan munozara yuritishimiz, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bugungi ma'ruzamiz mavzusini quyidagicha belgilaymiz:

Qarshingizdagi "Amir Temur ibn Tarag'ay (1336-1370-1405 yy)" ko'rgazmali sxemaga e'tibor bering. Unda Amir Temurning 4 o'g'li va qizi bo'lganligi ko'rsatilgan. Biroq katta o'g'li Jahongir Mirzo (1356-1376 yy)20 yoshda vafot etgan. Ikkinchi o'g'li Umarshayx Mirzo (1356-1394) 38 yoshda halok bo'lgan. (Kurdistonda Xaramtu qal'asi yonida o'k tegib halok bo'lgan)

Xullas, «Zafarnoma» muallifi Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha soxibqiron vafot qilganda undan 2 o'g'il, 1 qiz, , 29 nevara va 5 chevara jami 36 shaxzoda (qizlardan tashqari) qolgan edi. Bulardan tashqari yana bir nabirasi bo'lib, qizi Og'a begimning o'g'li Sulton Husayn Mirzo (1380-1407) edi.

Soxibqiron Amir Temur katta o'g'li Jahongir Mirzoni alohida otalik mehri bilan sevar va unga e'tibori katta edi. Jahongir Mirzo vafotidan so'ng undan qolgan ikki o'g'il-Muhammad Sulton Mirzo (1376-1403) va Pirmuhammad Mirzolarni ham katta umid bilan tarbiyaladi. Ayniqsa Muhammad Sulton Mirzoga e'tiqodi kuchli edi. Binobarin uni o'ziga valiaxd qilib tayinladi. Biroq 1403 yil 12 martda Muhammad Sulton Mirzo zotiljam kasali bilan og'rib, 29 yoshda vafot etdi. Garchi soxibqironning hali ikki o'g'li hayot bo'lsada (Mironshox Mirzo va Shoxruh Mirzo) biroq o'zidan keyin saltanat, el-yurt taqdirini ularga ishonmadi. Mamlakat istiqbolini Pirmuhammad Mirzoning sa'y harakatidan ko'rib, uni valiahdlikka birdan-bir nomzod deb bildi, hamda bu qarorni 1405 yil fevral oyida o'limi oldidan barchaga ma'lum qildi.

Aziz talabalar, fikrimizning dalili sifatida sizga o'tgan darslarda mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan «Amir Temur o'gitlari»(T. »Navruz», 1992) risolasida quyidagi satrlarni hukmingizga havola etaman: «. . . Shu kundan e'tiboran farzandimiz Pirmuhammad Jahongirni o'zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladimkim, Samarqand taxti uning amr-farmonida bo'lg'ay, tamkinlik va istiqbol bilan mulku millat, lashkar va raiyatning muhim yumushlari bilan mashg'ul bo'lsin. Sizlar (esa) unga tobe'lik va bo'ysunish marosimini o'rniga qo'yinglar, uni birgalikda qo'llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin. . . »

Mendan so'ng xoqon-Pirmuhammad Jahongir ulajakdur, Onga menga itoat etar kabi itoat etajaksiz. Qo'mondonlarim, hozir itoat olishni etingiz. . .

Biroq xali sohibkironning jasadi sovumasdanoq temuriy shaxzodalar, harbiy sarkardalar va arqoni davlat orasida parokandalik boshlanib ketdi. Sohibqironning vasiyatiga sodiq qolishga kasamyod qilgan shaxzodalar tez kunda vasiyatdan yuz o'girib toj-taxt payida bo'ldilar. Harbiy va ma'muriy boshliqlar esa guruxbozlikni avjga chiqardilar. Ulkan saltanatni boshqarishda temuriy shaxzodalar saxroyi chingiziy shahzodalaridek hamjixatlik bilan birlasha olmadilar. Aksincha, o'zaro qonli nizolar boshlanib, mamlakat janggohga aylandi.

Taxt vorisi Pir Muxammad Mirzo bobosi Amir Temur vafot qilgan paytda Qandaxor viloyatida (Afg'oniston) edi. U hali Samarqandga yetib kelmasdanoq, Mironshoh Mirzoning o'g'li 22 yoshli Halim Sulton Mirzo (1384-14II) o'z qo'shini bilan kelib, shahar ayonlari bilan muzokara yuritib, taxtni qo'lga kiritadi. Halim Sulton Mirzo bobosi Amir Temur xoxish-irodasiga sodiq ekanligini namoyish qilish uchun sobiq valiahd Muhammad Sulton Mirzoning 9 yoshli o'g'li Jaxongir Mirzoni «xon» deb e'lon qilib, o'zi saltanatni boshqarishga kirishdi. X. S. Mirzo bobosi Amir Temur jur'at qilmagan ishlarga qo'l urib, «xon» uvonini chingiziylar sulolasidan temuriylar sulolasiga o'tkazishga birinchi qadamni qo'ygan edi. Uz zamonasida bu katta jasorat edi.

Pir Muhammad Mirzo bilan Shoxrux Mirzo birgalikda Halim Sulton Mirzoga qarshi ittifoq tuzdilar. 1406 yili fevralida Halil Sulton Mirzo bilan ittifoqchilar o'rtasida jang boshlandi. Pir Muxammad Mirzoning bir necha amirlari hiyonat qilib jang maydonini tashlab ketdilar. Jangda X. M. Mirzo g'alaba qildi. Pir Muxammad Mirzo Balxga, Shoxrux qo'shinlari Xirotga qochdilar. Bu jangda X. S. Mirzo Pir Muhammad Mirzoning qarorgoxini va xaramni qo'lga oldi. Ana shu mag'lubiyatdan so'ng oradan bir yil o'tgach, 1407 y 22 fevralda valiaxd Pir Muhammad Mirzo Balxda o'z amiri Pir Ali Toz bug'ib o'ldirildi. Pir Muxammad Mirzodan 7 o'g'il qoldi. Kaydu Mirzo (1397-1418), Xolid Mirzo (1400-1432), Sa'd Vaqqos Mirzo (1400-1418), Qaysar Mirzo (1401-1418), Buzanjir Mirzo (1402-1429), Jahongir Mirzo (1402-1433), Sanjar Mirzo (1403-1428).

1408 yil 21 aprelda Mironshox Mirzo Ozarbayjonning Sardrud mavzeida turkman Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda halok bo'ldi.

Endilikda Samarqand taxtiga yagona da'vogar - Shohrux Mirzo edi. Halil Sulton Mirzo Samarqand taxtini 1409 yilgacha o'z qo'lida saqlab turdi. Zotan Halil Sulton iste'dodli hukmdor bo'lsada, biroq uning hukmronligini Movarounnaxrdan tashqarida xech kim tan olmadi. Ayniqsa mamlakat shimolidagi isyonchi harbiy boshliqlar u bilan chiqisha olmadilar. Bu vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Shoxrux Mirzo Halil Sulton Mirzo qarorgohida isyon chiqarishga muvaffaq bo'ldi.

1409 yil baxorida Shoxrux Mirzoning qo'shini Bodxez mavzeida, Halil Mirzoning qo'shini esa Kesh (Shaxrisabz) jangga tayyor turardi. Shu asnoda Shimolga amir xudoydodning qo'zg'oloni ko'targani xaqida xabar keldi. Halil Sulton Mirzo asosiy qo'shin Keshda qoldirib, faqat to'rt ming askar bilan isyon bostirishga jo'nab ketdi. Biroq, 1409 yil 30 mart kuni Halil Sulton Mirzo amir xudoydod tomonidan asir olinib Samarqandga keltiriladi va bir necha kundan so'ng Farg'onaga olib ketildi. Ko'p o'tmay Amir Shayx Nuriddin vositasida Halil Sulton Mirzo bilan Shoxrux Mirzo o'rtasida bitim imzolandi. Bitimga muvoffiq Halil Sulton Mirzo Movarounnahr taxtiga bo'lgan da'vosidan voz kechadi, evaziga Ray viloyatining hokimi etib tayinlandi. Oradan ikki yil o'tgach 14II yil 4 noyabrda kasal bo'lib, Ray shahrida vafot etdi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, uni zaxarlab o'ldiradilar.

1409 yil Shoxrux Mirzo Samarqand shahrini qo'lga kiritgach, Movarounnahr hukmronligini katta o'g'li Ulug'bek Mirzoga (1394-1449), Balx viloyatini ikkinchi o'g'li Ibrohim Mirzoga (1394-1435), Xisor hukmronligini Muhammad Sulton Mirzoning o'g'li Muhammad Jaxongir Mirzoga (1396-1433), Farg'onani Umarshayx Mirzoning o'g'li Ahmad Mirzoga (1388-1425) in'om kildi va o'zi Xirotga qaytib ketdi.

Xullas, Temur vafotidan keyin qariyib besh yil davomida taxt uchun bo'lgan o'zaro va sulola kurashlariga yakun yasaldi. Bu kurashlardan keyin ham Temur asos solgan davlat Movarounnahr va xurosonda o'zining birligini saqlab qoldi. Shoxrux davlati (1409-1447) ikki markaz: xurosonning poytaxti Xirot va Movarounnahrning bosh shahri Samarqanddan iborat edi.

Ulug'bek davlatining chegarasi xozirgi O'zbekistonning chegaralariga to'g'ri kelardi, bundan tashqari, Sirdaryo vohasi O'tror shahridan xozirgi temir yul stansiyasi Tumanariq yaqinidagi Sig'noq shahrigacha bo'lgan qismi ham Ulug'bek davlati tarkibida edi. 14II yilda boshlab Ulug'bek mustaqil hukmdor sifatida ish ko'ra boshlagan.

Demak, xurosonda Shoxrux Mirzo 1409-1447, Movarounnahr Ulug'bek 1409-1449 yillarda davlatni idora etdilar.

Shohrux Mirzo umrining oxirigacha valiahd tayinlash masalasida bir qarorga kela olmay, 1447 yil 12 martda 70 yoshida vafot etdi. Shoxrux Mirzo vafotidan so'ng taxtga Aloud - Davla o'tirdi. Shoxrux Mirzoning Ulug'bek Mirzodan o'g'illari hayotidan ko'z yumgan edilar.

1449 yil 25 oktabrda Ulug'bek o'g'li Abdulatif tomonidan o'ldirildi. Ulug'bek Mirzo Abbos ismli shaxs bir zarb bilan kallasini tanidan judo qildi.

Taxtni egallagan Abdullatif 1450 yil 8 mayda Ulug'bek tarafdorlari tomonidan qatl qilindi. Samarqand taxtiga Ulug'bek Mirzoning jiyani va kuyovi Ibrohim Mirzoning o'g'li Abdullo Mirzo o'tirdi. 1451 yil iyun oyida Sulton Abu Sayid Mirzo bilan bo'lgan jangda halok bo'ldi. Taxt Abu Said Mirzoga o'tdi. 1457 yil Abu Said Mirzo Xirotni qo'lga kiritib, asta - sekin xurosonni o'z tasarrufiga kiritadi. 1459 yil Samarqand taxtiga katta o'g'li Sulton Ahmad Mirzoni ( 1451-1493 ) o'tkazib, o'zi Xirotni poytaxt qilib oldi. Abu Said 1469 yil Eronni qo'shib olish maqsadida qilgan yurishida halok bo'ldi.

1469 yildagi siyosiy vaziyat Xirot taxtiga xusayin Barqaronning kelishiga yo'l ochdi. Sulton xusayin Bayqaro temuriy shaxzodalar orasida jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibi bo'lgan. Uning davrida xuroson fuqarosi birmuncha osoyishta va faravon hayot kechirgan. Bu vaqtda Samarqandning avvalgi shon-shuhrati deyarli qolmagan, binobarin, olimu-shoir, ullamolar Samarqandni tark etib, Xirotda maskan qura boshlagan edilar.

1506 yil aprelda Sulton xusayin Bayqaro Muhammad Shayboniyxonga qarshi jangga ketayotib ( apopleksiya ) kasali bilan 69 yoshida olamdan o'tdi. Uning vafotidan so'ng katta o'g'li Badiuzzamon Mirzo ( 1458- 15II ) va suyukli o'g'li Muzaffar Mirzo ( 1473- 1529 ) taxtga o'tirdilar. Mamlakatda qush hukmronlik boshlandi. Aka-ukalar bir biriga qattol dushman edilar. Shayboniyxon ( Xirot ) xuroson sarhadiga bostirib kelganda, hukmdor shaxzodalar dushmanga qarshi kurasha olmadilar. Ular vatanni dushman qo'liga tashlab, Badiuzzamon Mirzo Turkiyaga, Muzaffar Mirzo Eronga qochdilar.

Muhammad Shayboniyxon qadami Movarounnahr sarhadlariga yetib kelgan edi. Bu davrda A. Temurning uchinchi o'g'li Mironshox avlodiga mansub Zaxriddin Muhammad Bobur Mirzo Movarounnahr taxtida hukmron edi. Bobur Mirzo Shayboniyxon taqibidan qochib, Xisor orqali Qabulga keladi. 1504 yil sentabrda Qabul va unga qarshi viloyatlarni egalladi. Ko'p yillik harakatlardan so'ng 1526 yil 21 aprelda mashxur Panipat jangda Bobur Shox Ibrohim Ludiyni yengib, Shimoliy Hindistonda o'z saltanatini o'rnatadi. Boburshoh 1530 yil 26 dekabrda kasal bo'lib vafot etadi va Jamna qirg'og'idagi «Bog'u orom» ga dafn qilinadi. 1539 yilda Boburshohning Afg'oniy Og'acha ( Bibi Mutoraka ) ismli xotini uni xokini ko'chirib, Qobulga olib boradi va « Bog'i vafo « ga dafn ettiradi. Uning vafotidan so'ng hokimiyat avlodlari tomonidan idora qilina boshladi.

Xullas, Hindistonda Temuriylar sulolasining davomi - Boburiylar sulolasi boshlandi.

1857 yil 19 sentabrda inglizlar Dehlini qamal qildilar. Shahar mudofachilari shaharni tashlab chiqishga majbur bo'ldilar. 1857 yil 21 sentabrda shaharga kirgan inglizlar, Baxodirshox II ni Dehlidagi Humoyunshoh maqbarasida bekinib yotgan joydan ushlab chiqadilar. Uning ikki o'g'li va nabirasini ham shahar chetida asirga olmadilar. Mo'g'ul Mirzo, Xizr Sulton va Abubakir Mirzoni Dehliga olib ketayotgan ingliz ofiseri xuroson yo'lida ularni birin ketin otib tashlaydi. 82 yoshli Baxodirshoh IIni esa sud qilib, Rangunga ( Birma ) surgun qiladilar. 1862 yilda Baxodirshox II surgunda 87 yoshida vafot etdi.

Shunday qilib, Hindistonda Boburshox asos solgan buyuk imperiya 332 yil umr ko'rdi. Mazkur imperiyaning tugatilishi, 498 yil davom etgan temuriylar sulolasining ham tugatilishi bo'ldi.

Muxtaram talabalar. Yuqoridagi fikrlardan Movarounnahr va xuroson siyosiy hayotining bir - biri bilan uzviy bog'liqligini payqagandirsiz. Ana shunday siyosiy bog'liklik tufayli bu ikki davlatning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy hayoti bir-biri bilan o'zaro bog'lanib taraqqiy etdi. Shunday bo'lsada, ma'ruzamizning davomida imkoni boricha Movarounnahr hududidagi voqealarga ( albatta, ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy ) xatolarga fikrimizni qaratishga harakat qilamiz.

Xo'sh, taxt uchun suronli kurashlar, uzoq, qisqa hukmronlik hukm surgan davrlar mobaynida ijtimoiy iqtisodiy hayot qay tariqa ko'chdi.

Temuriylar davlati Temur hayotligidayoq uning yaqinlari idora qiladigan alohida uluslarga bo'linib boshlangan edi. Bu holni biz « temur tuzuklari « (86 bet ) dan ham bilib olishimiz mumkin. Uluslar xonliklarga bo'linib boshlagan. Temur davrida feodal yerlarning ni'om etishining yangi ko'rinishi - « suyurg'ol « vujudga kelgan. « Suyurg'ol - ni bir qator temuriy shaxzolalar o'z hukmronliklari davrida qo'llaganlar.

Shoxrux, Ulug'bek, Abusaid, Husayin Bayqaro kabi markaziy hokimiyat vakillari va ulus boshida turgan viloyat hukmdorlari alohida hududlarini aholisi bilan birga vorisiy egalik qilish uchun ulashib yuborganlar.

Biror viloyatni suyurg'olga qilgan shaxs ushbu hududan shu paytgacha bosh hukmdor xazinasiga kelib tushgan barcha soliq va o'lponlarni undirib olishga xaqli bo'lgan.

Suyurg'ol qilishda suyurg'ol etgan hukmdorning muhri bosilgan mahsus yorliq berilgan. Suyurg'ol olgan kishi bosh hokimiyatga faqat vassallik jihatidangina bog'lik edi.

Temuriylar saltanatida suyurg'ol bilan bir qatorda «tarxon « ham mavjud edi. «Tarxol « yer, mulk yoki birorta shaxs qo'lidagi korxonaning davlat xazinasi foydasiga tulaydigan soliq yig'imlardan va majburiyatlardan ozod qilinishini tushunishimiz lozim. Tarxon yorlig'i in'om qilinmaydi. (Suyurg'ol esa in'om qilishi bilan bog'liq edi. Masalan Shoxrux davrida Xorazm Shoh Malik suyurg'oli; Farg'ona - Mirzo Ahmad suyurg'ol ; Tus, Mashhad, Obivard, Nishoni o'z tarkibiga olgan xuroson Boysunqaro suyurg'ol : Qobul G'azna va Kandaxor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodir suyurg'ol edi. Suyurg'ol egasi Markaziy hukumatga bo'ysunmagan taqdirda suyurg'ol huquqidan bo'ysunmagan takdirda suyurg'ol huquqidan bular va oliy hokim unga qarashli yerlarni boshqa shaxsga berardi. Shoxrux buysunmaganliklari uchun Mirzo Iskandarni ( 1414 y ) va Mirzo Bayqaroni (14!% ) suyurg'oldan etgan edi ).

Tarxon yorlig'i mol-mulk yig'uvchi kishilarga berilardi. Tarxon yorlig'i berilgandan keyin dehqonlardan soliqlarni davlat xazinachisi emas, balki yorliq egasi olardi. Tarxon yorlig'iga ega bo'lgan kishining to'qqiz gunohi kechirilgan. U o'ninchi bor gunoh ish qilgandagina javobgarlikka tortilgan.

Temuriylar tarxon yorliqlarini berishni keng suratda rasm qildilar. Amirlar, beklar, oddiy lashkarboshilar fuqarolar orasidan chiqqan amaldorlar, yuqori tabaqa ruhoniylarining vakillari bo'lgan saidlar, saroy ayonlari kabilar tarxon yorliqlari oldilar. Farg'ona hokimi Umar Shayx tomonidanXVasrda amaldori Mirsaid Ahmadga berilgan tarxon yorlig'i shu davrgacha saqlanib qolgan. Bu xujjat shavvol oyining 28 kunida (1469 y. II may) berilgan. Umar Shayx bu yorliqda Mirsaidga qarashli bog'dan va ikki qo'shlik (ya'ni, bir mavsumda qo'sh xo'kiz bilan xaydaladigan yer miqdori -qo'shlik deb yuritgan) yerdan avvalgidek hech qanday soliq solinmasin, deb mansabdorlarga farmon bergan: shu bilan birga yorliq nima muddaoda berilganligi ko'rsatilgan, «yorliq oluvchi o'z daromadlarini yolg'iz o'zi baxramand bo'lmog'i kerak» deyiladi.

XV asr manbalarida tarxonlik tushunchasi yoki tarxonlik yorliqlari» tez uchraydi. Z. M. Bobur ham «Boburnoma»da tarxonlik xaqida yozib qoldirgan. Fikrimizning dalili sifatida bir necha misol keltiraylik.

Sulton Husaynga yaqin turgan kishilar orasida Sulton Ahmadning tog'asi amaldor darvish Muhammad tarxon ham bo'lgan. Darvish Muhammad tarxon A. Navoiy Samarqandda o'qigan yillari (1466-1469) unga homiylik qilgan. Darvish Muhammadning yaqin qarindoshi bo'lgan Abdulla Sulton Ahmad zamonigacha (1469-1494) Buxoro va uning atrofini idora etgan, hamda tarxon hisoblangan.

Xullas, Temuriylar hukmronligining oxiriga kelganda yirik viloyatlarning, masalan, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz kabilarning dehqonlaridan va shahar aholisidan yig'iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qismi tarxonlar qo'lida to'plangan edi. Movarounnahrda tarxonlar juda katta huquqdan foydalanar edilar. Ular nizo-janjallar vaqtida tarxonning qullab-quvvatlanishi birorta joy hokimining taqdirini belgilashda ba'zan hal qiluvchi rol o'ynar edi.

XV asrda Temuriylar davrida dunyoviy feodallarning ham yer mulklari ko'payib, kattalashib ketdi.

Sulton Abusayid zamonida (1451-1469) Xo'ja Ahror qo'lida juda katta yer-suv to'plana boshlaydi. Sulton Ahmad zamonida (1469-1494) esa bu juda katta miqdorni tashkil qildi. Xo'ja Ahror siyosiy jixatdan katta obro'ga ega edi. U butun ichki va tashqi savdoni o'z qo'li ostiga oldi. Unga qarashli savdogarlar Sharqiy Turkmanistonda, xuroson va yaqin Sharq mamlakatlarida ish olib borganlar.

«Rashaxt aynul hayot» kitobining avtori As-Sofiy A. Jomiyning so'zlaridan olib hikoya qilishicha Xo'ja Ahrorning 1300 taga yaqin yer mulki bo'lgan, bu mulklardan ba'zilari 3000 juft qo'shlikka barobar bo'lgan.

Xo'ja Ahror karvonlari Movarounnahrdan xuroson va boshqa mamlakatlarga paxta, kunjut, gruch hamda o'z ustaxonalaridan tayyorlangan qog'ozni olib borib sotganlar. Movarounnahrdagi daromadning ancha qismi shaxsan Xo'ja Ahrorga qarashli bo'lgan. Movarounnahrdagi hokimlar, xatto Abdusaid ham ba'zan pul so'rab Xo'ja Ahrorga marojaat qilganlar.

Hatto, she'riyat sulton A. Navoiyning ham Astrabod, Xirot, Sabzavor va boshqa joylarda ko'plab yerlari bo'lgan. Z. Bobur o'z xotiralarida Navoiy Sulton xusayin Bayqarodan yirik sovg'a-salomlar qabul qilmas, aksincha uning o'zi Sultonga in'om etar edi, deb ta'kidlaydi. Xondamirning yozishicha kunlardan bir kuni Navoiy Husayin Barqaroga 25 tuman (125 ming) oltin kumush, tangalar shuningdek qarindoshlariyu urug'lariga 1000 man ipak mato 1000 karvon don va 200 dinor pul in'om etgan. Navoiy, ilm-fan, ma'rifat, san'at, mamlakat obodonchiligi uchun ham katta mablag' sarflagan. Bu o'rinda shuni aytish lozimki, bu boyliklar faqatgina hunarmand va dehqonlarni ezib ishlatish xisobiga emas, balki mamlakatlar aro savdo-sotiqni keng yo'lga qo'yish, iqtisodiyotni uddaburonlik bilan boshqarish hisobiga ham yuzaga kelgan.

A. Temuriylar zamonida Movarounnahr va xurosonda yashovchi dehqonlarning quyidagi 4 gruhga bo'lish mumkin:

1. davlat (amlok) yerlarda yashovchi dehqonlar.

2. hususiy yer egaliklarining yerlarida o'qituvchi dehqonlar.

3. o'z yeriga ega bulgan dehqonlar.

4. vaqf yerlarida yashovchi dehqonlar.

Dehqonlar qanday yerda ishlashidan qat'iy nazar soliqlarni to'lar va majburiyatlarini o'tar edi.

Yer solig'i ya'ni xiroj bilan bir qatorda, jon sorlig'i (salshumar) ham undirilar edi. Favqulodda soliqlar (avorizot) katta rol o'ynagan. Hukumatning ayrim amaldorlari foydasiga yig'iladigan har turli mayda chuyda yig'imlar ham juda ko'p bo'lgan. Bu yig'imlar qaysi mansabdor foydasi uchun to'plangan bo'lsa, xuddi shuning nomi bilan atalgan. Masalan: mirob foydasiga «mirobona «, dorug'alar (viloyat yoki qal'a hokimi bo'lib, xiroj yig'ish asosiy vazifasi bo'lgan) foydasiga dorug'ona kabi 10-II hil soliq bo'lgan.

Bulardan tashqari aholi uloq majburiyatini bajargan. Bu majburiyat shundan iborat ediki, dehqonlar hukumat ishlarini, «davlat topshirig'i» bilan yuruvchi shaxslarni tashish uchun yuk tushuvchi vositalar va kishilar yetkazib berishlari zarur edi.

Xullas, Temuriylar davrida mo'g'ullardan qolgan ayrim soliq shakllari ham qo'llab kelindi.

Temuriylar davlati monarx hukmronligiga asoslangan feodal davlat (birlashma) bo'lgan. Buni tushunish uchun feodal uluslarning siyosiy tuzulishini bilish lozim.

Har bir ulusda o'tirgan shahzodaning o'z saroyi bo'lib ular hamma narsada Samarqand va Xirotdan andoza olishga intilar edi.

Umar Shayxning saroy hayoti to'g'risida Boburning yozganlarini o'qib, saroy mansabdorlarining butun bir gruhi to'g'risida va ularni feodal mulki hokimining siyosiy hayotda o'ylagan roli to'g'risida tasavvur hosil qilish mumkin. Umar Shayxning saroyiga ma'lum bir mansabdor boshchilik qilgan. Bu mansabdor saroydagi barcha amaldorlardan ustun turgan. Abu Sayid Mirzo davrida bu mansabni (Andijonda) xudoyberdi Temurtosh degan odam egallagan. Bu odamga faqatgina ma'lum bo'lib yurishgina emas balki lashkarboshchilik qilish ham to'g'ri kelgan.

Saroyda Shaxzoda yoki hokimning bolalarini tarbiyalovchilar katta nufuzga ega bo'lganlar. Maxsus bir shaxs harbiy soqchilarga va qo'shinga boshchilik qilgan. Ov ishlarini ham mahsus kishi boshqargan. Unga qushchi degan unvon berilgan.

Saroy hayotida miroxo'r muhim rol uynagan. Bu kishi otxonalarni boshqargan. Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari, saroyda ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan mansablar ham bor edi.

Temuriylar davlati ijtimoiy tuzilishining manzarasi, umumiy tarzda olganda ana shunday edi. Temuriylar davlati bir tomondan feodal munosabatlarga asoslanganligini, ikkinchi tomondan hokim doiralarida feodal imtiyozlardan foydalanganliklarini to'g'ri tushunib, anglab yetmog'imiz lozim.

Muhtaram talabalar. Biz sizlar bilan temuriylar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotning muhim masalalari ustida bir oz fikr yuritdik, xolos. Uning boshqa o'ziga hos tomonlari xaqida sizga yuqorida tavsiya etilgan adabiyotlardan o'qib tegishli hulosa chiqarishingiz talab etiladi.

Endi sizlar bilan ma'ruzamizning uchinchi kismi xaqida fikrlashaylik.

Aziz talabalar, eslashga harakat qilib ko'ringchi-temuriylar davrida yashab ijod etgan, fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan qaysi olimlar, shoiru yozuvchilar, ilmu-fan ahlining nomlari yodingizga keladi.

-Ulug'bek, Ali Qushchi, Mahmud Badaxgon, Mavlono Mir Qarshiy, Ismat Buxoriy, A'loyi Shoshiy, Kozizoda Rumiy, Zamahshariy, A. Jurjoniy, Muhammad Solix, Ismoil Buxoriy, A. Jomiy, Sakkokiy, Vosifiy, - Termizlik minatyurachi rassom Mir Sayid Ali, A. Navoiy va boshqalar.

Muhtaram talabalar. Temuriy zamonasida qurilib toki xozirgi kunlarimizga qadar yetib kelgan va sizu-bizga moziydan darak beruvchi qaysi me'morchilik yodgorliklarni o'z ko'zingiz bilan ko'rish baxtiga muyassar bo'lgansiz, yoki qaysi birining dovrug'i, shon-shuxrati, beqiyos go'zalligi, nodir me'morchiligi xaqida eshitgansiz?

Ulug'bek rasadxonasi, Amir Temur maqbarasi, Shoxi zinda ansambli, Bibixonim majidi, Xakim at-Termiziy qabri ustiga o'rnatilgan (islom olamida tengi yo'q) marmar sag'ana (Toj maxal)-Hindiston.

Demak, bildirgan fikrlaringizdan shu narsa ma'lum bo'ldiki temuriylar davrida mamlakatda fan va madaniyat gullab yashnagan davr bulgan ekan. Temurshunos olim A. Ahmedov ta'kidlaganidek «Temur va temuriylar davridagi fan va madaniyat taraqqiyoti-Bu Sharq Renesansining eng yuksak cho'qqisi bo'lib, u Ovrupa Renesansi bilan deyarli bir vaqtga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham uning ilmiy ahamiyati ulkandir».

Temuriylar davri madaniy yuksalish xaqida fikr yuritishda shuni qayd etish joizki, bu jarayon avvalo Temur davridan boshlanganligi shubhasizdir.

Temur vafotidan so'ng uning nabirasi Ulug'bek zamonida fan va madaniyat yanada gullab yashnadi. Ulug'bek Buxoroda, Samarqandda, G'ijduvonda madrasa qurdirdi. Ulug'bekning Samarqand falakiyot maktabi, Sharq falakiyoti ilmining rivojlanishga katta ta'sir ko'rsatdi. U boy kutubxona tashkil qildi. Unda fanning deyarli hamma tarmoqlarini o'zida qamrab oluvchi 15, 000 jild kitob saqlangan. Ulug'bek vafotidan so'ng ko'p o'tmay kutubxona talon-taroj qilingan, uning bir qismi Istambulga olib ketilgan.

Ulug'bek zamonida madrasada diniy fanlargina emas, dunyoviy fanlar ham o'qitildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shoxi Zinda ansambli qurilishlari poyoniga yetkazildi. Ulug'bek tomonidan 1417 yilda Buxoroda qurilgan madrasa xozirgacha saqlanib kelmoqda. Uning eshiklariga «Bilimga intilish, har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» deb uyib yozilgan. Ikkinchi madrasa 1417-1420 yillarda Samarqand markazidagi Registon maydoniga qurilgan. Bu madrasa O'rta asr Sharqidagi eng yaxshi qurilishlaridan biridir. V. V. Bartoldning fikricha, Ulug'bekning o'zi ham bu madrasada ma'ruzalar qilgan.

Ulug'bek davrida Samarqandning ilmiy va adabiy hayot markazi sifatida shon-shuxrat Sharqqa keng tarqalgan edi. Samarqandga boshqa shaharlar olimlar shoirlar, ahli tashrif qilib turganlar.

Ulug'bekning mashhur «Zichi Kuragoniy» asari aloxida e'tiborga loyiq bo'lib, bugungi kunda falakiyot ilmining durdona asarlaridan hisoblanadi.

Samarqand rasadxonasi falakiyot fani taraqqiyotida katta o'rin tutadi. Bu ilm o'chog'i 1424-1428 yillarda Samarqandning shimolida Obirahmat bo'yida, Kuxak tepaligi ustiga qurildi

Ulug'bekning falakiyot maktabi falakiyot sohasidagi muhim kshfiyotlarga zamin tayyorlab berdi. xuI asrning birinchi yarmida Kopernikning va asrining boshlarida Kaplerning falakiyot fani sohasidagi kashfiyotlarida Ulug'bek maktabining tarixiy yutuqlari, shaxrisabz, katta rol o'ynagan, ularga muhim zamin bo'lgan.

Ulug'bek bilan zamondosh Qozizoda Rumiy ham mashhur matematik va falakiyotchidir. U Ulug'bek maktabining dastlabki mudarislaridan biri bo'lgan.

Ulug'bekning eng iste'dodli shogirdlaridan biri Ali Qushchi bo'lgan. U «o'z davrining Ptolomeyi» deb tan olingan. Ali Qushchi o'z davridayoq tabiatga asosan materialistik tarzdagi ilmiy-tabiiy qarashi bilan falsafa olamida ajralib turar edi.

XV asrda tarix fani ham keng rivoj topdi. Xofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh kabi ko'pgina tarixchilar temuriylar saltanatida yashab ijod qildilar.

Xofizi Abru «Zubdan tavorix: ( Tarixning qaymog'i) degan kitob yozdi, va bu kitobida 1427 yilgacha bo'lgan voqealarni bayon qilib berdi. Abdurazzoq Samarqandiy X. . Abruyning bu asarini davom ettirdi. U o'zining « Matlak sa'dayn va majmai baxrayn» ( «Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo'shilish joyi» ) degan asarida 1471 yilgacha bo'lgan voqealarni bayon qilib berdi. »Razvatun safo» asarini yozgan Mirxond va «Xabibus siyar» asarini yozgan Xondamir shu asarlarning bir qismini Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag'ishladilar. Muhiddin Isfizoriy Xirotning tarixini yozdi. Davlatshax esa « Tazki ratush shuaro» asarini A. Navoyiga bag'ishladi.

Yuqorida qayd etganimizdek Ulug'bek o'limidan so'ng Movaunnahrda madaniy hayot asta sekin so'na boshladi. Olimlar va shoirlar Sulton Husayin Boyqaro saroyiga ko'chib bordilar. Shu tariqa o'sha davrda Xirot Sharqning ilmiy madaniy markaziga aylana bordi. Alisher Navoiy davrida Xirotda madaniy ko'tarilish yuz berdi.

Z. M. Bobur « Boburnomada Xirot to'g'risida yozar ekan, butun dunyoda bunday obod shaharni ko'rmaganliklarini aytadi.

Xirotning obodonlashishi A. Navoiy nomi bilan chambarchas bog'langan. Me'morchilikning ajoyib yodgorliklari bo'lgan xashamatli saroylar, machitlar, madrasalar, maqbaragina emas, shu bilan birga, qancha ijtimoiy foydali inshootlar, hamomlar, shifoxonalar, hovuzlar, ko'priklar karvon rabotlar shu kabilarni qurishgan A. Navoyining tashabbusi bo'lgan.

A. Navoiy davrida adabiyot, me'morchilik, she'riyat, tarixnavislik, suratkashlik, xattotlik, muzika yuksak darajada ravnaq topdi.

A. Navoiy o'zbek halkining ulug' shoiri va mutaffakiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining betakror siymolaridan biridir. Navoiy o'zbek adabiy tili va klassik adabiyotini jahonga tanitdi. Yaqin va O'rta Sharq xalqlari adabiyotida, uning taraqqiyotida yangi sahifalar ochdi, o'z davri madaniy hayotining homiysi va sarvari bo'lib, ko'plab ilm fan va adabiyot zaxmatkashlarini yetishtirdi, hamda kelajak avlodlar uchun boy madaniy meros qoldirdi.

Ikki tilda, o'zbek va fors- tojik tillarida ijod qilib, zullisonayn ( ikki til egasi) sifatida shuxrat qozondi. O'zbek tilidagi she'rlarga « navo « - kuy so'zidan olib «Navoiy, fors tilidagi she'rlarga « fano» - vaqtincha, o'tkinchi so'zidan olib « Foniy» tahallusini qo'lladi.

A. Navoiyning daholigi Sharq klassik adabiyotida an'ana tusini olgan, yirik epik asar- hamsachilikda yaqqol namoyon bo'ldi. 1483 yilda «Hamsa» ning birinchi dostoni « Xayratul - Abror» (« Yaxshi kishilarning hayratlanishi» ), 1484 yilda «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», Sab'ai sayyor, (Yetti sayera ) va 1485 yilda « Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») dostonlarini yozdi.

1488-1501 yillar orasida A. Navoiy bir qancha ilmiy va badiiy asarlar yaratdi: tarixiy manbalar va «Shoxnoma kabi asarlar asosida « Tarixi mulki Ajam» (Ajam podsholari tarixi «) ni, shoir va ma'rifatparvar Sayid Xasan Ardasher xaqida « Xoloti Sayid Xasan Ardasher» biografik-badiiy asarini (1490 y), muammo janri sohasida « Risolai muammo» ni yozdi. 1491 yildan 400 dan oshiqXVasr shoirlari xaqida ma'lumot berib, asarlaridan namunalar keltirgan. «Majolisun - nafois» («Go'zal majlislar») tazqirasini yaratishga kirishadi, ustozi va do'sti A. Jomiy xaqida «Xamsatul- mutaxayyirin « («Besh xayrat») asarini (1492-1494) yaratdi. Yuqoridagi ro'yxatni yana davom ettirish mumkin.

Alisher Navoiy yaratib qoldirgan adabiy merosning katta qismi lirikadir.

A. Navoiy faoliyati adabiy- ilm merosini o'rganish sohasidagi ishlar talaygina.

Oybek « Navoiy « romanini, Uyg'un va Izzat Sulton «Alisher Navoiy» drammasini yozdilar. A. Navoiy asarlarining bir qismi sahnalashtirildi.

1991 yil Navoiy yili sifatida O'zbekistonning prezidentining mahsus farmoniga asosan nishonlandi. Bu buyuk allomaga bo'lgan cheksiz mehr va xurmat ramzidir.

Xullas, vaqt degan hakam oldida ilojsizmiz. Shu bois, temuriylar davri madaniyati masalalarini yoritishga nuqta qo'yishga majburmiz. Yuqorida nomlari zikr etilgan ilm-fan ahillari qatorida hayoti va faoliyatlarni yoritmagan bo'lsakda Zamaxshariy, A. Jurjoniy, Muhammad Solix, Ali Shoxiy, Ismoil Buxoriy. A. Jomiy, Sakkokiy, Vosifiy kabi temuriylar zamonasining zukko va zabardast allomalariga cheksiz hurmat bajo keltiramiz va imkoni boricha mustaqil o'rganishga tavsiya qilamiz. Temuriylar davrida yuksalishning boisi nimada edi ?

- Sizlarning fikrlaringizga qo'shimcha shuni aytmokchiman. Temur va temuriylar davlati asosan O'rta Osiyo va xuroson hududlarida qaror topdi. Bu yerlarda fan va madaniyat qadimiy tarixga egadir. Masalan: XX asr boshlaridagi mashhur nemis tarixchisi IX-X asrlarda Bog'dod halifaligida ijod qilgan 500 ga yaqin olimning ruyxatini keltirdi. Keyingi tadqiqotlarning ko'rsatishicha shu olimlarning qaryib uchdan ikki qismi Movarounnahr va xurosonlik ekan. Demak, «o'tmishi bor xalqning kelajagi bor»-deb bekorga aytishmas.

Xullas, bugungi ma'ruzamizda O'zbekiston xalqlari tarixidan muhim o'rin «Temuriylar davri» xaqida, undagi taxt uchun siyosiy va qonli kurashlar, sulolalar o'rtasidagi nizo-janjallar, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va hayoti, ilmu-fan va madaniyatining taraqqiyoti kabi muhim masalalarga to'xtaldik.

Albatta yuqoridagi fikrlarimiz siz va bizning o'tmishimiz moddiy va merosimizdir.

Demak, siz va bizning ham kishilik jamiyati tarixidan xavas qilsa, o'rgansa arzigulik o'tmishimiz bor.

Biz esa zaxmatkash O'zbekiston xalqlarining nurafshon kelajagi uchun oddiy, biroq, zolvarli kafolatdir.

Zero «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat». (I. A. Karimov. )


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish