Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Foydali qazilmalarning isrof bo’lishi



Download 1,39 Mb.
bet66/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

6.3 Foydali qazilmalarning isrof bo’lishi. Qazilma boyliklar konlarini ishga tushirish, ulardan ma’danlarni qazib olish, transportda qayta ishlash fabrikalariga tashish, rudalarni boyitish va ulardan kyerak bo’lgan mahsulotlarni ajratib olish jarayonlari murakkab texnologik tizimlardan iborat. Mazkur bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda ma’danlar miqdor jihatidan kamayadi, ba’zan esa sifatini ham yo’qotadi.

O’zbekistonda yiliga 200 mln.. t. dan ziyod tog’ jinslari qazib olinadi, chiqindi sifatida tashlangan jinslarning hajmi 150 mln.. m3 dan mo’lroq. Kon va shaxtalar atrofiga chiqarib tashlanayotgan qoplama jinslar faqat Olmaliq va Navoiy tog’-kon sanoati majmuida 20 ming ga. maydonni egalaydi.

Chiqindilarni to’planishi avvalo katta maydonda tuproq va yaylovlardan foydalanishni cheklaydi, hamda yer osti suvlarini ifloslaydi, chiqarib tashlanayotgan qoplama jinslarning aksariyati zaharli xususiyatga egaligi etiborga olinsa, u holda mahalliy aholiga ham zarar etkazishi mumkin.

Ma’danlarni qazib olish jarayonida ularni ochiq karyer usulida yer yuzasiga olib chiqish nisbatan kamroq isrofgarchilikka olib keladi. O’rtacha isrofgarchilik 3-8%, murakkab konlarda esa 10-12% ni tashkil qiladi. Shu jihatdan qaraganda ochiq usuldagi konlardan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy jihatdan rentabelligi o’z-o’zidan ravshandir.

Yopiq usulda ma’danlarni qazib olish jarayonida isrofgarchilik ancha yuqori, bu hol nafaqat tog’-geologik sharoitlarini murakkabligi, shuningdek, qazilma boylikning turi va muhimligi bilan bog’liq. Ko’mir konlarida isrofgarchilik ko’rsatkichi o’rtacha 20-40% ni, qora va rangli metal rudalari shaxtalarida 15-25%, tog’-kimyo xom-ashyolarida esa 20-60%ni tashkil qiladi. Konlarni ishlatishda yana boshqa omillarni ham e’tiborga olish lozim bo’ladi. Masalan, tog’ jinslari va ma’danlarni qazish, transportga ortish va tushirish, konni texnik jihatdan buzilishining oldini oluvchi qurilmalarni qurish va b.

Donbassdagi shaxta usulida qazib olinayotgan ko’mir konlarida pastga tomon chuqurlashgan sari ko’mirning tarkibida kul miqdori ortib boradi. Ko’mir qazishda ishlatilayotgan kombayn ko’mir bilan birga slanets qatlamlarini ham qo’shib chiqaradi. Shu tufayli bo’lsa kyerak ko’mirning kullik darajasi 31,5% ni tashkil qiladi. Binobarin, don havzasidagi ko’mirlarni boyitish dolzrab muammo hisoblanadi.

Konlarni ishlatishda ma’danlarning rudadagi salmog’iga alohida e’tibor byeriladi. Agar rudada ma’danlarning salmog’i etarli darajada ko’p bo’lsa ularni foydalanishga topshirish maqsadga muvofiq, kam bo’lgan taqdirda bunga ruxsat etilmaydi. Masalan, misni rudadagi miqdori X1X asrning boshlarida 10% bo’lgan taqdirda qazib olishga ruxsat etilgan, bu miqdor XX asr boshiga kelib 3,8% ga, hozirda esa bu ko’rsatkich 1% dan ham kamroqqa pasaydi. Shu nuqtai nazardan ishlatib bo’lingan konlarda va salmog’i kam bo’lgan ruda shaxtalarida yoki karyerlarida hozirgi nuqtai nazardan ularni qaytadan ishga solish iqtisodiy jihatdan qulay va zarurdir. Shu jihatdan Qizilqumdagi oltin konlarida tashkil etilgan O’zbekiston-AQSh hamkorligidagi “Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi avval ishlatib bo’lingan tog’ jinslari tarkibidan yana oltin ajratib olish uchun xizmat qilmoqda.

Ma’danlarni tashishda ham ularning bir qismi isrof bo’lishi aniqlangan. Tekshirish natijalariga ko’ra, ko’mir ochiq vagonlarda tashilganda qarshi shamol harakati tufayli uning mayda zarralari uchib ketadi.Masalan, Novokuznetskdan Magnitogorsk shahrigacha ochiq yarim vagonlarda ko’mir tashilganda har bir vagonda ko’mir miqdori 1,2 t. gacha kamaygan. Bunday yo’qotishni kamaytirish uchun vagonlardagi ko’mir ustiga suv sepib namlash yoki neft mahsulotlari bilan qoplash ancha naf byeradi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish