6.4.Foydali qazilmalardan majmuali foydalanish. Deyarli barcha qattiq ma’danli konlarda ko’p hollarda asosiy boylikdan tashqari bir-necha boshqa, unga yo’ldosh bo’lgan boshqa minyeral ma’danlar ham uchraydi. Gap ana shu qo’shimcha minyeral boyliklarni xam ajratib olishda. Chunki, ularni ajratib olish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Konlardan yoki ma’danlardan majmuali foydalanish deganda deyarli barcha foydali ma’danlarni ishlab chiqarish texnologiyasida ularni birma-bir ajratib olish tushuniladi. Leninogorsdagi korxonada qo’rg’oshin–rux rudasidan 13 elementdan 11 tasi, Balxashda mis yeritish korxonasida esa 14 elementdan 12 tasi, Tog’li Osetiyadagi Sadon qo’rg’oshin-rux korxonasida 23 elementdan 15 tasi ajratib olinmoqda.
O’zbekiston rangli metallarga, ya’ni mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, va boshqalarga juda boy. Ular bilan birga 15 turdan mo’lroq boshqa rangli metallar ham birga uchraydi. Masalan, oltin, kumush, kadimiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va hokazo. Qalmoqir koni noyob bo’lib, mis-molibden rudasi va ular bilan birga yuqorida nomlari ko’rsatilib o’tilgan rangli metallarning ko’pchiligi birga uchraydi. Ularning asosiy qismi Olmaliq tog’-kon metallurgiya korxonasida ajratib olinmoqda. Unga yaqin bo’lgan Dalnoe konining ishga tushirilishi va yangi tog’-metallurgiya majmuasini qurib bitqazilgandan so’ng rangli metallarni majmuali ishlab chiqarish yanada ko’payadi. Xuddi shunday konlar Jizzax viloyatidagi Uchquloch, Surxondaryodagi Xondiza konlarida ham mavjud.
Ohangaron ko’mir konida ko’mirni qoplab turuvchi kaolindan to’liq foydalanmaydi. To’g’rirog’i bu konni ko’mir-kaolin koni deb atalsa to’g’ri bo’lardi. Kaolin zahirasi 400 mln. t. Lekin qazib olingan 6-8 mln.. t. kaolinning xom-ashyo sifatida atigi 5% i olinib, qolgan qismi ag’darmada to’planib borilmoqda. Hozir uning yig’ilgan qismi 60 mln.. t. ga etib qoldi. Kaolin (gilmoya)-qimmatbaho xom-ashyo, undan qog’oz, dorishunoslik, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanilishi mumkin, uning tarkibida ko’p miqdorda alyuminiy mavjud, binobarin, u alyuminiy ishlab chiqarishda asqotadi.
1998 yilda Gyermaniyaning ”Krupp” firmasi Ohangaron ko’mir hissadorlik jamiyati bilan birgalikda kaolin qo’shma korxonasini bunyod etishga kirishdi. Birinchi navbatda yiliga 200 ming t. kaolinni boyitish quvvatiga ega bo’lgan fabrikani qurishga kirilishdi. Bunga “Krupp” firmasi 250 mln. nemis markasi ajratdi. Xuddi shunday ko’mir konidan majmuali foydalanish Sharg’un toshko’mir konida amalga oshirilmoqda. Konda ko’mirdan tashqari fosforit, gips va ohak qazib olinadi. Gips qurilishdan tashqari tibbiyotda qo’llaniladi. Ohak qimmatbaho qurilish matyeriali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |