124
bankning tijorat banklariga beradigan krediti amalda bevosita uning nazoratida
bo‘ladigan zaxira pullarining manbaidir. Moliyaviy bozori rivojlangan ko‘pchilik
mamlakatlarda ushbu turdagi kreditlar faqat banklarning likvid mablag‘lar va inqiroz
holatlarini oldini olish maqsadida qisqa muddatli talablarini qondirish bilan
chegaralanadi. Markaziy bank kreditlari foiz stavkalarning oshishi (qayta moliyalash
stavkasining) pul-kredit bozorida qattiqroq sharoitlar yaratishga intilishni anglatadi.
Kreditlar qiymatining oshishi natijasida banklar Markaziy bankdan qarz olishini
qisqartirishadi va bir vaqtning o‘zida bu holat tijorat banklarining ortiqcha
zaxiralarini oshirishga majbur qiladi. Ushbu chora natijasida Markaziy bankning
aktivlari kamayadi va oqibatda zaxira pullari miqdori ham kamayadi. Agar Markaziy
bank qayta moliyalash foiz stavkasini pasaytirsa, ushbu holat tijorat banklarining
Markaziy bankdan qarz olishini rag‘batlantiradi va shuning uchun iqtisodiyotdagi
zaxira pullarining miqdori ko‘payadi.
Majburiy zaxiralar me’yori. Markaziy bank iqtisodiyotdagi zaxira pullarining
miqdoriga Markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralar miqdoriga oddiy
o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin. Masalan, majburiy zaxiralar
me’yorining oshirilishi bank tizimini belgilangan depozit darajasini saqlab turish
uchun ko‘proq zaxiralar ushlab turishga majbur qiladi va natijada zaxira pullarining
miqdori ko‘payadi. Shu bilan bir vaqtda bank tizimining pul yaratish bobidagi
salohiyati ham qisqaradi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir vosita PKBIning balansiga ta’sir ko‘rsatishi
sababli, zaxira pullarining o‘sish sur’atlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
(9.3)
yoki
(9.4)
Boshqacha
aytganda,
Zaxira pullarining o‘sish sur’ati =
125
= aktivlar alohida moddalari o‘sish sur’atlarining
tortilgan summasi.
Ushbu tenglamada vazn sifatida har bir aktivning o‘tgan yildagi salmog‘i
olinadi.
Pul-depozit banklari (PDB). PDBga barcha banklar va shunday funksiyani
bajaradigan katta miqdorda depozit shaklidagi majburiyatlarga (talab qilinganda
to‘lanadigan) ega bo‘lgan moliya tashkilotlari kiradi. Majburiyatlar cheklar yoki
boshqa to‘lov usullarida amalga oshirilishi mumkin.
PDB 4 ta iqtisodiy funksiyani bajarishadi.
Birinchidan, va dastavval, ular bir tomondan jamg‘arlarga ega bo‘lgan хo‘jalik
yurituvchi subyektlar bilan va ikkinchi tomondan, investorlar o‘rtasida vositachilik
vazifasini bajaradilar. Ushbu jarayonda moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlari
o‘zgaradi. PDBning muhim roli uzoq muddatli ssudalar uchun qisqa muddatli
depozitlarni taqdim qilishdir.
Ikkinchidan, PDB iqtisodiyotda depozit pullarini asosiy yaratuvchilaridir. Ushbu
vazifa kreditlar berish orqali amalga oshiriladi. PDB qisman zaxira
qoplash
sharoitlarida iqtisodiyotda pul yaratilishiga ham hissa qo‘shadilar.
Uchinchidan, PDBning depozitlarni qabul qilish va kreditlarni berish
siyosatidagi hulqi iqtisodiyotdagi pul massasining miqdori va likvid mablag‘lar
miqdoriga ta’sir o‘tkazadi.
To‘rtinchidan, PKBI tomonidan belgilangan chegaralarda o‘z faoliyatini olib
borib, PDB PKBIning pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotning qolgan qismiga
ta’sirini o‘tkazishga ko‘mak beradi. Boshqa moliyaviy tashkilotlardan farqli o‘laroq,
PDB ushbu vazifani bajarish qudratiga ega, chunki ularning depozitlar bo‘yicha
majburiyatlari to‘lov vositasi vazifasini bajaradi, ya’ni hisoblardagi pullar pul
egalarining majburiyatlarini to‘lashlari uchun foydalaniladi.
PDBning ta’rifi ushbu moliya muassasa turiga mansublik me’yorlari boshqa
moliya muassasalariga nisbatan ancha erkinroq ekanligini ko‘rsatadi, chunki ular
126
muassasalarning хarakteriga emas, balki depozitlarning miqdori va tarkibiga
asoslangandir.
Pul-kredit sohasini tahlil qilishda yuqoridagi erkinlikka e’tibor berish zarur,
chunki banklarning likvidlik darajasi ancha murakkab va bir хil ma’no bermaydigan
kategoriyadir.
Yuqoridagi moddalarning ko‘p qismi qo‘shimcha izohlarni talab qilmaydi.
Lekin
shunga qaramay quyidagi uchta holatga e’tibor berish zarur.
1. PDBlari tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda qatnashganligi
sababli, ular odatda ma’lum miqdorda хorijiy aktivlarga ega bo‘ladilar. Ushbu
zaxiralarni mamlakatning rasmiy zaxiralariga qo‘shish masalasi har bir mamlakatda
bu zaxiralar PKBIlari tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga qarab hal qilinadi.
2. Aktivlardan farqli o‘laroq, PDBlarning majburiyalari qaysi sektorga
mansubligiga qarab emas, balki vositalarning turiga, хususan likvidlik darajasiga
ko‘ra tasniflanadi. Bunday tasniflash PDBlarning qaysi majburiyatlari pul massasiga
(tor ma’noda) likvidlik darajasini belgilovchi majburiyatlarni uzish muddatiga ko‘ra
kiritilishi mumkinligidan kelib chiqadi.
3. PDBlari PKBIlarida qonunda belgilangan miqdorda o‘z aktivlarining bir
qismini zaxira ko‘rinishida saqlaydilar. Bunday meхanizm zaxiralarni qisman qoplash
tizimi deb yuritiladi. PKBI PDBdan qisman mijozlarga naqd pul kerak bo‘lib qolgan
taqdirda, ularni pul bilan ta’minlash va qisman pul massasini boshqarish
maqsadlarida o‘z depozitlarining bir qismini naqd pul ko‘rinishda saqlab turishni
talab qiladilar. Ba’zan PDB qo‘shimcha himoyalanish choralari sifatida ortiqcha
zaxiralarni ham saqlab turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: