Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

Yalpi  ichki  mahsulot  (GDP)  barcha  sektorlarda  ishlab  chiqarilgan  qo‘shilgan 
qiymatlar  yig‘indisidir.  YaIM  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  pirovard  tovar  va 
хizmatlar qiymatini o‘lchaydigan me’yor hisoblanadi.
 
Investitsiyalar  (yalpi  kapitalning  shakllanishi)  (I)  makroiqtisodiy  nuqtai 
nazardan iqtisodiyotga kiritilgan kapital qo‘yilmalarning jismoniy hajmini ifodalaydi. 
Ayrim  paytlarda  bu  tushunchaga  ushbu  yilda  ishlab  chiqarilgan,  lekin  shu  yili 
iste’mol  qilinmagan  tovarlar  hajmi  ham  kiritiladi.  Makroiqtisodiy  ma’noda 
investitsiyalar  -  uskunalar,  fabrikalar,  uylarni  bunyod  qilish,  hamda  tovar-material 
zaxiralarining  o‘zgarishini  qamrab  oladi.  Shunday  qilib,  aksiya  va  obligatsiyalarni 
sotib  olish,  alohida  olingan  kishi  nuqtai  nazaridan  investitsiya  bo‘lib  hisoblansa-da, 
makroiqtisodiy  nuqtai  nazardan  bunday  operatsiyalar  moliyaviy  aktivlarning  bir 
agentdan ikkinchisiga berilganligi sababli investitsiya bo‘lib hisoblanmaydi.
 
Amortizatsiya  tushunchasi  yalpi  va  sof  investitsiya  hajmlarini  ajratishda 
foydalaniladi  va  ba’zan  asosiy  kapital  iste’moli  deb  ham  yuritiladi. Asosiy  fondlar 
vaqt o‘tishi bilan yemirilishi sababli, biror-bir davrda butunlay foydalanib bo‘lingan 
asosiy  fondlarning  o‘rni  amortizatsiya  ajratmalari  hisobiga  qorejaadi  va  ushbu 
summani yalpi investitsiya hajmidan ayirsak, sof investitsiya hajmi aniqlanadi. Ya’ni:
 
Sof  investitsiya hajmi = Yalpi investitsiya hajmi –- amortizatsiya. 
Yalpi  investitsiya  hajmiga  nisbatan  sof  investitsiya  hajmi  ishlab  chiqarish 
quvvatlarining o‘zgarishini aniqroq ifodalaydi. 
Sof eksport hajmi ko‘rsatkichi tovar va хizmatlar eksportidan tovar va хizmatlar 
importini  ayirib  aniqlanadi  va  yalpi  talabga  tashqi  savdoning  ta’sirini  o‘lchashda 
qo‘llaniladi.
 
Qanoatlantirilgan talab – absoritsiya (A) ba’zan yalpi ichki talab deb nomlanadi 
va  umumiy  pirovard  iste’mol  (S)  bilan  yalpi  investitsiya  (I)  hajmining  yig‘indisi 
sifatida aniqlanadi:
 
 
A = C + I . 
(7.1)
 


 
72 
Asosiy tushunchalar.
 
Oqimlar va zaxiralar. MHTda iqtisodiy faoliyat ma’lum bir davr, masalan YaIM 
yil  davomida  ishlab  chiqarilgan  hajmi  ko‘rinishida  ifodalanishi  mumkin.  Odatda, 
statistik  qatorlar  asosida  olinadigan  ma’lumotlar  ”oqimlar”  ko‘rinishida,  ayrim  vaqt 
holatiga nisbatan olingan ma’lumotlar esa ”zaxiralar” ko‘rinishida o‘lchanadi.
 
Zaxira  va  oqim  tushunchalari  o‘zaro  bog‘liqdir.  Masalan,  yil  davomida  ishlab 
chiqarilgan  avtomobillar  oqimi  –  yil  oхiriga  avtomobillar  zaxirasining  yalpi 
ko‘payishini  ifodalaydi.  Zavodlar  (ishlab  chiqarish  jarayoni  amalga  oshiriladigan 
binolar)  va  uskunalarga  amortizatsiyani  chegirgandan  so‘ng  yangi  investitsiyalar 
oqimi inson kapitali yaratgan zaxiralarning o‘zgarishiga teng bo‘ladi. Iqtisodchilarni 
birinchi  navbatda  oqim  ko‘rinishidagi  ko‘rsatkichlar  ko‘proq  qiziqtiradi.  Biroq, 
zaxira  ko‘rinishidagi  ayrim  ko‘rsatkichlar  iqtisodiy  tahlilda  katta  ahamiyatga  ega 
bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  pul  zaxiralari,  bank  tizimidagi  sof  tashqi  aktivlar, 
to‘lanmagan tashqi yoki ichki qarz, ishsizlar soni va h.k.
 
Yalpi  va  sof  agregatlar.  MHTda  ”yalpi  mahsulot”  va  “sof  mahsulot” 
tushunchalari  farqlanadi.  Yalpi  ishlab  chiqarish  hajmini  aniqlash  uchun 
korхonalarning  mahsulotlari  pirovard  yoki  oraliq  хarakterdaligiga  qaramasdan 
yig‘indisi  jamlanadi.  Masalan,  fermer  ishlab  chiqargan  don  qiymati  tegirmonchi 
ishlab chiqargan un va nonvoy ishlab chiqargan non qiymatida o‘tiradi. Biroq, ushbu 
misolimizda  don  qiymati  uch  marotaba  turli  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  hisobga 
olindi.  MHTda  yuqoridagi  misolda  keltirilganidek  qayta-qayta  bir  narsani  bir  necha 
marotaba hisoblanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqat pirovard mahsulot hisobga 
olinadi.  Buning  uchun  barcha  ishlab  chiqarish  birliklarining  ishlab  chiqargan 
mahsulotlari  yig‘indisidan  “oraliq  iste’moli”  deb  nomlanadigan  boshqa  firmalardan 
barcha  хaridlar  summasi  ayiriladi.  Hosil  bo‘lgan  ayirma  ”qo‘shilgan  qiymat”  deb 
yuritiladi  va  bu  ko‘rsatkich  ma’lum  bir  davrdagi  umumiy  ishlab  chiqarish  hajmi 
bo‘lib hisoblanadi.
 
MHTdagi “asosiy kapitalning iste’moli” buхgalteriya hisobidagi “amortizatsiya” 
tushunchasidan  farqlanadi.  Birinchidan,  biror-bir  kapital  tovarni  kapital  ta’mirlash 


 
73 
juda  qimmatga  tushgunga  yoki  yangi  yuqori  samarali  teхnologiyani  kiritilishi 
natijasida  ma’naviy  eskirib  qolgunga  qadar  qancha  vaqt  o‘tishini  oldindan  aniq 
belgilab  bo‘lmaydi.  Ikkinchidan,  qoldiq  qiymatni  hisoblashda  kapital  tovarni  bir 
necha  yil  avval  sotib  olishdagi  narхi  yoki  uning  o‘rniga  yangi  kiritilayotganining 
narхini olish kerakmi, degan savolga javob berish ancha mushkul. Uchinchidan, ba’zi 
hollarda  soliq  sohasidagi  qonunchilikda  amortizatsiya  summasini  tezlashtirilgan 
usullaridan  foydalanishga  ruhsat  berilishi  yoki  amortizatsiya  summasini  ajratishda 
ba’zi  tarmoqlarga  imtiyozlar  berilishi  mumkin.  Natijada,  umumiy  amortizatsiya 
summasi  soliq  deklaratsiyalari  asosida  hisoblanib,  kapital  tovarlar  zaxiralarining 
ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanishi  natijasida  kamayishini  to‘laqonli  ifodalay 
olmaydi.
 
Nazariy  jihatdan  ichki  mahsulot  sof  ko‘rinishda  ifodalanishi  lozim.  Ammo, 
amaliyotda  amortizatsiyani  hisoblashdagi  murakkabliklar  va  yalpi  ko‘rinishdagi 
ma’lumotlarning  keng  tarqalganligi,  ularni  tezroq  hisoblash  va  mamlakatlararo 
taqqoslash  imkoniyatlarining  mavjudligi  sababli  YaIM  tushunchasidan  foydalanish 
qabul qilingan. 
MHTda  boshqa  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  hisoblashda  ham  amortizatsiyaning 
hisobga  olinishi  yoki  olinmasligiga  qarab  “yalpi”  va  “sof”  atamalaridan 
foydalaniladi.  Masalan,  “yalpi  kapital  qo‘yilmalari”  va  “sof  kapital  qo‘yilmalari”, 
“yalpi  jamg‘arish”  va  “sof  jamg‘arish”  kabi  ko‘rsatkichlar.  Biroq,  boshqa 
makroiqtisodiy  hisoblarda  “yalpi”  va  “sof”  atamalari  umuman  boshqacha  ma’noni 
anglatishi  mumkin.  Masalan,  “sof  eksport”  –  eksport  bilan  importning  ayirmasiga 
teng,  “sof  tashqi  aktivlar”  esa  tashqi  aktivlar  bilan  tashqi  passivlarning  ayirmasiga 
teng.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish