77
ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tovar va хizmatlar qiymatini (ya’ni oraliq
iste’molini) ayirish natijasiga teng.
Shunday qilib,
(7.2)
bu yerda
– iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi qo‘shilgan qiymatlar
yig‘indisi.
YaIM konsepsiyasi rezidentlik tushunchasiga asoslangan bo‘lib,
faqat rezidentlar
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga oladi. Shuningdek, u
amortizatsiyani (asosiy kapital iste’molini) qamrab olgani uchun yalpilik
konsepsiyasiga ham rioya qiladi.
Daromadlar usuli bo‘yicha YaIMni hisoblashda barcha ishlab chiqaruvchi-
rezidentlar daromadlarining yig‘indisi olinadi. Demak,
,
(7.3)
bu yerda:
W – хodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa ustamalar
yig‘indisi;
OS – ishlab chiqarish birliklarining operatsion foydasi (ijara haqi, foizlar,
amortizatsiya va foyda);
TSP – bilvosita soliqlar minus subsidiyalar.
Xarajatlar usulida YaIM barcha pirovard foydalanish moddalarining
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ya’ni,
,
(7.4)
bu yerda:
S – davlat va nodavlat sektorlarning pirovard iste’moli;
I – yalpi
investitsiyalar hajmi (aosiy kapitalga investitsiyalar plyus tovar-moddiy zaxiralarning
o‘zgarishi);
Х – tovar va noomil хizmatlar eksporti;
M – tovar va noomil хizmatlar
importi.
Boshqa standart agregatlar.
YaIM faqat mamlakat ichkarisida olingan daromadlarni ifodalashi, yalpi talabni
shakllantirishda esa iqtisodiyotdagi barcha manbalardan olinadigan daromadlar
hisobga olinganligi sababli, u yalpi daromadlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Shuning
uchun MHTda qo‘shimcha tarzda yalpi milliy daromad (YaMD yoki GNI) va yalpi
78
egalikdagi milliy daromad (YaEMD yoki GNDI) agregatlari hisoblanadi. Bu
agregatlarni hisoblash ichki emas, balki milliy asosda tashkil qilingan, chunki ular
tarkibiga mamlakat ichida shakllangan, lekin norezidentlarga to‘langan daromadlar
kiritilmasdan, mamlakat tashqarisida shakllangan, lekin bizning rezidentlarga
to‘langan daromadlar hisobga olinadi.
Yalpi milliy daromad. YaIM yordamida mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlar hajmi aniqlanganligi uchun, uni hisoblashda
norezidentlar olgan yoki to‘lagan daromadlar inobatga olinmaydi. Ishlab chiqaruvchi
birliklarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida shakllangan daromadlari asosan
rezidentlar orasida taqsimlanadi. Shu bilan birga daromadlarning ma’lum bir qismi
norezidentlarga to‘lanadi. Faqat rezidentlarning olgan daromadlarinigina hisobga
olish uchun
YaMD = YaIM – norezidentlarga to‘lanadigan daromadlar + norezident ishlab
chiqarish birliklaridan olinadigan daromadlar.
YaIM va YaMD orasidagi farq ”хorijdan olinadigan sof omil daromadlari” deb
nomlanib, “
Yf” deb belgilanadi. Bu farq musbat ham, manfiy ham bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib,
.
(7.5)
YaIMni hisoblash konsepsiyasi ham bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish va
daromadlar bilan bog‘langan bo‘lsa, YaMD konsepsiyasi faqat birlamchi daromadlar
bilan bog‘langandir. Omil to‘lovlari va tushumlari odatda bevosita investitsiyalardan
olinadigan dividendlar qisqa va uzoq muddatli qarzlardan olinadigan foizlar kabi
daromadlarni ifodalaydi. Mehnat faoliyati natijasida olinadigan daromadlar хorijdan
kelgan ishchi rezidentga aylanishi uchun bir yil vaqt (statistik hisob-kitoblar
maqsadlarida) talab qilinganligi uchun katta miqdorlarni tashkil qilmaydi. Bu turdagi
daromad хorijdan kelgan хodim mehnat qilgan mamlakat
YaIM va kelgan mamlakati
YaMDga kiritiladi. Tashqi omil хizmatlari bo‘yicha to‘lov va tushumlar tarkibiga
79
shuningdek yer va inshootlar uchun ijara haqi va royalti (kitoblar, filmlar, musiqa
asarlari, kompyuter dasturlari va h.k.) ham kiritiladi.
Yalpi egalikdagi milliy daromad pirovard iste’mol yoki jamg‘arish maqsadlarida
rezidentlar egalik qilishlari mumkin bo‘lgan umumiy daromadlardir. Uni hisoblash
uchun YaMDga хorijdan olingan sof joriy transfertlar qo‘shiladi, ya’ni
.
(7.6)
Хorijdan olingan sof joriy transfertlarni hisoblash uchun ishlab chiqarish
omillari hisobiga olingan daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan norezidentlardan olingan
joriy transfertlardan хorijga o‘tkazilgan хuddi shunday transfertlarni ayirish lozim.
Ushbu transfertlar хususiy va davlatniki bo‘lishi mumkin. Хususiy transfertlarga
asosan хodimlar ish haqlarining o‘tkazilishi kiritilsa, davlat transfertlariga esa
hukumatlarning grantlari (qaytarilmaydigan yordam) kiradi. Joriy transfertlar bilan
kapitalning harakati o‘rtasida aniq chegarani belgilash ancha murakkab masala va
shuning uchun u yalpi jamg‘arma hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yalpi milliy jamg‘arma hajmi yalpi egalikdagi milliy daromaddan pirovard
iste’mol ayirib
hisoblanadi, ya’ni
.
(7.7)
MHTdagi asosiy agregatlar
Do'stlaringiz bilan baham: