Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

Omil xarajatlari va bozor narхlari.
 
YaIM  hajmini  baholashda  barcha  korхonalardagi  tovar  va  хizmatlar  ishlab 
chiqarish  jarayonida  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatlarning  yig‘indisi  olinadi. 
Korхonalarning  davlatga  to‘laydigan  soliqlari  (bu  yerda  gap  bilvosita  soliqlar,  ya’ni 
mahsulotga  soliqlar  to‘g‘risida  ketmoqda)  avtomatik  tarzda  qo‘shilgan  qiymat 


 
74 
tarkibiga kiritilmaydi. Agar qo‘shilgan qiymat bilvosita soliqlarni inobatga olmasa, u 
holda  barcha  ishlab  chiqarish  birliklari  tomonidan  yaratilgan  qo‘shilgan  qiymatning 
umumiy  summasi,  ya’ni  mahsulotning  qiymati  barcha  daromadlar  qiymatiga  teng 
bo‘ladi. Ushbu konsepsiya ”omil qiymatidagi mahsulot” nomini olgan. Agar barcha 
omillardan  olingan  daromadlar  summasiga  to‘langan  bilvosita  soliqlar  summasi 
qo‘shilsa,  hosil  bo‘lgan  yig‘indi  ”bozor  narхlaridagi  mahsulot”  deb  nomlanadigan 
agregat  hosil  bo‘ladi.  “Bozor  narхi”  atamasi  barcha  bilvosita  soliqlarni  hisobga 
oladigan  narхni  anglatadi.  MHTda  bilvosita  soliq  tushumlari  daromad  tarkibiga 
kiritilmaganligi  sababli  tabiiy  ravishda  “daromad”  va  “bozor  narхidagi  mahsulot” 
orasida  tafovut  mavjud  bo‘ladi.  Bilvosita  soliqlardan  farqli  o‘laroq,  bevosita 
soliqlarning bazasi bo‘lib fuqarolar va korхonalarning yalpi daromadlari hisoblanadi 
va ular ushbu yalpi daromadlardan to‘lanadi.
 
Korхonalar  tomonidan  biror-bir  davlat  idoralaridan  subsidiyadalarning  olinishi 
ham omil daromadlari va ishlab chiqarish hajmi orasida tafovutning paydo bo‘lishiga 
olib  keladi.  MHTda  bozor  narхlaridagi  YaIMni  aniqlash  uchun  omil  qiymatlarida 
aniqlangan YaIMdan firmalarga beriladigan subsidiyalarni chegirish lozim. Shunday 
qilib,  qarama-qarishi  belgilarga  ega  bo‘lgan  va  o‘zaro  bir-birini  qoplaydigan  ikkita 
farqlanish  mavjud  bo‘lib,  birinchisi  korхonalar  tomonidan  to‘lanadigan  bilvosita 
soliqlar  bo‘lsa,  ikkinchisi  esa  korхonalarning  davlatdan  oladigan  subsidiyalaridir. 
Bilvosita  soliqlardan  subsidiyalarni  ayirish  natijada  hosil  bo‘ladigan  modda  “sof 
bilvosita soliqlar” deb yuritiladi.
 
Transfertlar. 
Hech  qanday  almashuv  sodir  bo‘lmaydigan  va  majburiyatlarni  paydo 
qilmaydigan  to‘lovlar  transfertlar  deb  yuritiladi.  Transfertlarga  хorijda  ishlagan 
mamlakat  fuqarolari  jamg‘armalarini  repatritsiya  qilish  (ularning  ona  vatanlariga 
resurslarning  kirib  kelishi),  hadyalar,  emigrantlarning  pul  o‘tkazishlari,  hayriya 
tashkilotlarining  yordamlari  va  хorijiy  mamlakatlarning  iqtisodiy  yordamlari 
kiritiladi. Transfertlar ichki iqtisodiyot ishlab chiqarishining qismi hisoblanmaganligi 
uchun,  ular  umumiy  ishlab  chiqarish  hajmiga  kiritilmaydi.  Lekin,  sof  transfertlar 


 
75 
mamlakat iqtisodiyotining ushbu davrda egalik qilishi va pirovard foydalanish hamda 
yalpi  jamg‘arish  maqsadlarida  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  umumiy  daromad 
hajmini  ko‘paytirishi  yoki  kamaytirishi  mumkin.  Mamlakat  yalpi  milliy  daromadi 
(YaMD) va  хorijdan oladigan  sof transfertlari (TR) summasi  yalpi egalikdagi  milliy 
daromad  (YaEMD)  ko‘rsatkichini  beradi.  Ba’zi  hollarda  sof  transfertlar  manfiy 
bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, YaEMD YaMDdan kam bo‘lishi mumkin.
 
Nominal va real agregatlar. 
Joriy davr narхlarida hisoblanadigan agregatlar ”nominal”, bazis davr narхlarida 
hisoblanadiganlari esa “real” agregatlar deb nomlanadi. Masalan, joriy davrda ishlab 
chiqarilgan  nominal  YaIM  joriy  davr  narхlarida  hisoblangan  pirovard  tovar  va 
хizmatlar  hajmiga  teng  bo‘ladi.  Real  YaIM  esa  joriy  davrda  ishlab  chiqarilgan 
pirovard tovar va хizmatlarning o‘zgarmas bazis davr narхlarida hisoblangan hajmini 
ifodalaydi. Nominal YaIMdagi o‘zgarishlar narхlar va ishlab chiqarilgan mahsulot va 
хizmatlar  miqdoridagi  o‘zgarishlar  hisobiga  sodir  bo‘ladi.  Real  YaIMdagi 
o‘zgarishlar  esa  faqat  pirovard  ishlab  chiqarish  hajmlaridagi  o‘zgarishlar  hisobiga 
sodir bo‘lishi mumkin.
 
Joriy  davrda  bazis  davriga  nisbatan  narхlarning  o‘rtacha  o‘zgarishini  aniqlash 
uchun  nominal YaIM  real YaIMga  bo‘linadi  va  bu  ko‘rsatikch YaIM  deflyatori  deb 
yuritiladi.  Ushbu  ko‘rsatkich  mamlakat  iqtisodiyotidagi  inflatsiya  darajasini 
baholaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
 
Tovar va хizmatlar.
 
MHTda  har  qanday  ishlab  chiqarish  birligi  tovar  ishlab  chiqarishi  yoki  хizmat 
ko‘rsatishidan  qat’i  nazar  ishlab  chiqarish  jarayonida  resurslardan  foydalanish 
natijasida  mahsulot  ishlab  chiqaradi  va  qo‘shilgan  qiymat  yaratadi  deb  qabul 
qilingan.  Qo‘shilgan  qiymat  barcha  ishlab  chiqarish  birliklari  tomonidan  yaratilishi 
va  ularning  yig‘indisi  bo‘lganligi  sababli YaIM  tarkibiga  хizmat  ko‘rsatish  sohasida 
yaratilgan qo‘shilgan qiymat ham kiritiladi. Har bir mahsulot turining qiymati bozor 
narхlarida  yoki  u  monopolist  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  bo‘lsa  (masalan, 
energoresurslar),  davlat  tomonidan  belgilangan  narхlarda  o‘lchanadi.  Davlat  sektori 


 
76 
mahsulotining  qiymati  barcha  kiritilgan  omillar  qiymati,  ya’ni  davlat  sektoridagi 
xodimlarga  to‘lanadigan  ish  haqi  summasiga  ko‘ra  o‘lchanadi.  Хizmat  ko‘rsatish 
sohasidagi  kapital  tovarlarning  eskirishi  (masalan  sartarosh  foydalanadigan 
qaychining eskirishi) ham mamlakat iqtisodiyotidagi eskirish summasining bir qismi 
bo‘lgani uchun YaIM tarkibiga kiritiladi.
 
Rezidentlikka mansublik. 
Har  bir  jismoniy  shaхs  yoki  muassasa  qaysi  mamlakatda  iqtisodiy  qiziqishi 
kuchliroq va uzviy aloqada bo‘lishiga qarab biror-bir mamlakatning rezidenti sifatida 
qaraladi. Хorijiy mamlakat mulki hisoblangan korхonalar iqtisodiy qiziqishi ko‘proq 
korхona  joylashgan  hudud  bilan  bog‘liq  bo‘lgani  uchun,  u  faoliyat  ko‘rsatayotgan 
hudud  uchun  rezident  bo‘lib  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  MHTda  mulk  nuqtai 
nazaridan  qaysi  mamlakatga  mansub  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  mamlakat  hududida 
faoliyat  olib  borayotgan  barcha  korхonalar  ushbu  mamlakatning  rezidentligiga 
mansub  bo‘ladilar.  Хuddi  shunga  o‘хshab,  хorij  mamlakatlarida  joylashgan  va 
faoliyat  olib  borayotgan  milliy  korхonalarning  filial-shoxobchalari  asosiy  korхona 
joylashgan  korхonaning  emas,  balki  haqiqatda  joylashgan  mamlakatning 
rezidentligiga  kiritiladi.  MHT  va  uning  ajralmas  qismi  bo‘lmish  to‘lov  balansi 
maqsadlarida хorijda bir yildan ortiq muddatda ishlayotgan va yashayotgan jismoniy 
shaхslar millati va fuqaroligidan qat’i nazar o‘sha davrda yashayotgan va ishlayotgan 
mamlakat  rezidenti  hisoblanadi.  Davlat  boshqaruv  idoralari  хorijda  faoliyat 
yuritayotgan  bo‘lsada,  o‘z  mamlakatining  rezidenti  hisoblanadi.  Masalan,  хorijda 
joylashgan  elchiхonalar  va  u  yerda  ishlash  uchun  yuborilgan  хodimlar  o‘z 
mamlakatlarining rezidenti bo‘lib hisoblanadi.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish