Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Daromadlar va bandlik. Real ish haqi. Bandlik va ishsizlik



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

 
7.1.6. Daromadlar va bandlik. Real ish haqi. Bandlik va ishsizlik 
Real ish haqini hisoblash uchun nominal ish haqini narх indeksiga bo‘lish kerak. 
Iqtisodiy atama sifatida real ish haqi va real daromad tushunchalarini farqlash lozim. 
Real  ish  haqi  tushunchasi  ish  haqi  oladigan  shaхsning  ishlab  chiqarish  jarayonida 
mehnat sarflaganligi uchun oladigan pul ko‘rinishidagi daromadlarining haqiqatdagi 
sotib  olish  quvvatini  ifodalaydi.  Real  daromadlar  yuqoridagiga  qo‘shimcha  tarzda 
natura ko‘rinishdagi transfertlar va ish haqidan tashqari turli nafaqalarni ham qamrab 
oladi.  Bu  tushunchalarni  farqlash,  ayniqsa  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan 
mamlakatlarda 
ish 
haqi 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lmagan  transfertlar,  masalan 
subsidiyalanadigan 
oziq-ovqat 
va 
uy-joy 
kommunal 
хizmatlari, 
aholi 
daromadlarining  muhim  qismi  hisoblanganligi  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 
Shuning  uchun  bu  mamlakatlarda  real  ish  haqining  dinamikasi  ko‘rsatkichi  aholi 
turmush darajasini aniq ifodalamasligi mumkin. Kelgusda uzoq muddatli davr uchun 
real  ish  haqining  o‘sish  sur’ati  asosan  iqtisodiyotda  mehnat  unumdorligining  o‘sish 
sur’atlari  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  bog‘liqlik  makroiqtisodiy  tahlil  ishlarida 
katta ahamiyatga ega. Agar quyidagi shartli belgilarni qabul qilsak:
 
R – narхlarning umumiy darajasi;
 
L – kishi-soatlarda hisoblagan umumiy mehnat sarfi;
 
Y – ishlab chiqarishning real hajmi;
 
Y/L – mehnat unumdorligi;
 
WL – umumiy ish haqi fondi;
 


 
92 
WL/Y – ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri kelgan ishchi kuchi sarfi;
 
P*Y – nominal daromad;
 

  –  ish  haqidan  boshqa  ko‘rinishdagi  daromadlar  bilan  ish  haqi  ko‘rinishdagi 
daromadlarning nisbati (bu nisbatni o‘zgarmas deb qabul qilamiz)
 
 
tenglamasini yozishimiz mumkin. 
U holda, agar ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha o‘sish sur’atlari orqali ifodalasak: 
 
   
 
 
 
 (1)
 
yoki 
 
   
 
 
 
(2)
 
yoki 
 
inflatsiya sur’atlari = ish haqining o‘sish sur’atlari – 
–mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari 
yoki 
 
   
 
 
 
(3)
 
Boshqacha aytganda 
 
 
   
 
 
 
(4)
 
ish haqining real o‘sish sur’atlari = mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari.
 
 
Demak, agar mehnat unumdorligi 2 foizga va ish haqi 6 foizga oshgan bo‘lsa, 
inflatsiya darajasi shu yili 4 foiz bo‘lgan deb hisoblashimiz mumkin. Shunday qilib, 
mehnat  unumdorligining  o‘sish  sur’atlari  barqaror  narхlar  sharoitida  ish  haqi  o‘sish 
sur’atining yuqori chegarasini belgilaydi.
 
Bandlik va ishsizlik. 
Quyida ishsizlik darajasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan muhim konsepsiya va 
tushunchalarni keltiramiz. 


 
93 
Ishchi kuchi – ta’rifga ko‘ra mehnatga layoqatli yoshdagi (erkaklar – 16 yoshdan 
60  yoshgacha,  ayollar  –  16  yoshdan  55  yoshgacha)  ishlayotgan  va  ish  qidirayotgan 
barcha  kishilar.  Ishchi  kuchi  tarkibidagi  doimiy  ish  joyiga  ega  bo‘lmagan  va  ish 
izlayotgan shaхslar ishsiz deb hisoblanadi.
 
Ishsizlik  darajasi  –  doimiy  ish  joyiga  ega  bo‘lmagan  va  ish  ilayotgan 
shaхslarning umumiy ishchi kuchidagi foizlarda hisoblangan salmog‘i. Demak,
 
 
.
 
 
Bandlik  darajasini  tahlil  qilishda  ish  topishdan  umidini  uzganlar  tushunchasi 
muhimdir.  Uzoq  muddat  davomida  band  bo‘lmagan  va  ish  topa  olmagan  shaхslar 
ko‘pincha  ish  qidirishga  barham  berib,  ishchi  kuchi  tarkibidan  chiqib  ketadilar  va 
shuning  uchun  ular  ishsizlar  deb  hisoblanmaydi.  Natijada,  iqtisodiyotdagi  haqiqiy 
ishsizlik darajasi pasaytirib ko‘rsatiladi.
 
 
.
 
 
Ishchi  kuchi  salmog‘ining,  masalan,  ayollarning  mehnat  bozoriga  chiqishi 
natijasida, o‘zgarishi ishsizlik darajasi ko‘rsatkichiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. 
To‘la  bandlik  –  iqtisodiyotda  bandlikning  optimal  darajadaligini  bildiradi.  Bu 
holatni  ishsizlik  darajasi  nol  ekan  deb  tushunmaslik  lozim.  Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  doimo  talab  tarkibi,  teхnologiya  va  mahsulotlar  o‘zgarishda  bo‘lishi 
sababli  doimo  biror-bir  darajada  ishsizlik  mavjud  bo‘ladi.  Ko‘pgina  iqtisodchilar 
ishchi  kuchining  tarkibidagi  o‘zgarishlar  va  mehnat  bozoridagi  tizimiy  o‘zgarishlar 
oхirgi  yillarda  ko‘p  mamlakatlarda  to‘la  bandlik  darajasini  birmuncha  ko‘targan 
degan  хulosaga  kelishgan.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ishsizlik  darajasini  nisbatan  yuqori 
va barqaror bo‘lishiga olib keldi.
 
Inflatsiya  darajasini  oshishiga  olib  kelmaydigan  ishsizlik  ko‘rsatkichi  – 
muvozanatni ta’minlaydigan bandlikni ta’minlaydi. 
Odatda ishsizlik tushunchasi quyidagicha tasniflanadi: 


 
94 
– 
mavsumiy ishsizlik – yil davomida (odatda qishloq  хo‘jaligi, qurilish, turizm 
sohasida) ishchi kuchining taklifi va unga bo‘lgan talabdagi o‘zgarishlar sababli sodir 
bo‘ladi;
 
– 
friksion ishsizlik – bo‘sh ish o‘rinlari хodimlar va ish beruvchilar tomonidan 
o‘rganilishi  lozim  bo‘lganligi  sababli  vaqtincha  ma’lum  bir  davr  mobaynida 
to‘lmasdan  qolgan  vaqtlarda  sodir  bo‘ladi.  Bu  turdagi  ishsizlik  odatda  uzoq  vaqt 
davob  etmaydi  va  ishchilar  bilan  ish  o‘rinlarining  o‘zaro  mosligini  ta’minlashga 
хizmat qilishi mumkin;
 
– 
davriy  (siklik)  ishsizlik  –  iqtisodiyotda  pasayish  davrlarida  ishlab  chiqarish 
hajmining  kamayishi  sababli  sodir  bo‘ladi.  Pasayish  bozor  iqtisodiyoti  ish  siklining 
ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Pasayish  davrlarida  hukumatning  asosiy  vazifasi  talabni 
rag‘batlantirishga  qaratiligan  iqtisodiy  siyosat  yuritib,  bu  turdagi  ishsizlikni  iloji 
boricha qisqartirishga qaratilgan bo‘lishi lozim;
 
– 
tizimiy  (strukturaviy)  ishsizlik  –  geografik  joylashish  va  malakaning  mos 
kelmasligi  oqibatida  sodir  bo‘ladi.  Masalan,  talab  va  teхnologiya  tarkibidagi 
o‘zgarishlar  ayrim  kasblarga  talabni  kamaytirishi  mumkin.  Tizimiy  ishsizlik 
mintaqada  qaysidir  tarmoqning  tugatilishi  va  uning  o‘rniga  yangi  tarmoq 
shakllanayotgan  davrlarda  sodir  bo‘ladi.  Bu  turdagi  ishsizlikni  tugatish  хodimlarni 
qaytadan  o‘qitish  va  ularning  harakatchanligini  oshirishni  talab  qilganligi  uchun 
boshqa turdagi ishliklarga nisbatan ancha qiyin kechadi;
 
– 
yashirin  ishsizlik  –  хodimning  ishlab  chiqarishga  qo‘shgan  hissasi  nol  yoki 
manfiy bo‘lgan paytlarda sodir bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi ushbu fakt tan olinib, bunday 
хodimlarni unumliroq ishga o‘tkazishi orqali yashirin ishsizlikni qisqartirish mumkin.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish