Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Iqtisodiy siyosat va moliyalashtirishning turli variantlari. Talabni



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

10.2. Iqtisodiy siyosat va moliyalashtirishning turli variantlari. Talabni 
boshqarish metodlari. Хarajatlar хarakterini o‘zgartirish chora-tadbirlari. 
Tizimiy siyosat. Moliyalashtirishning turli variantlari. Iqtisodiy choralarning 
zaruriy ketma-ketligi va zaruriy kelishuvlar 
 
Iqtisodiy  siyosat  variantlari  quyidagi  ikkita  buхgalteriya  ayniyatlari  asosida 
o‘zaro bog‘lanishi mumkin:
 
 
GNDI – A = CAB 
 
(10.1)
 
 
va 
CAB + DFI = DRES , 
 
(10.2)
 
 
bu  yerda:  GNDI  -  egalikdagi  yalpi  milliy  daromad  (EYAMD);  A  -  ichki 
foydalanish, ya’ni rezidentlarning iste’mol va investitsiya xarajatlari;  CAB - TBning 


 
162 
joriy operatsiyalar hisobi saldosi;  DFI - kapitalning sof oqib kelishi; DRES - davlat 
sof хalqaro zaxiralarining o‘zgarishi.
 
(10.1)  tenglama  shuni  ko‘rsatadiki,  TBning  joriy  operatsiyalar  hisobi  saldosini 
yaхshilash  uchun  mamlakatdagi  ishlab  chiqarish  hajmini  ko‘paytirish  kerak,  yoki 
uning  xarajatlarini  qisqartirish  kerak.  Demak,  boshqarish  usullari  ishlab  chiqarish 
hajmini  oshirish  uchun  ichki  xarajatlarni  qisqartirishga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi. 
Natijada,  eksport  qilinadigan  mahsulot  salmog‘i  oshib,  import  hisobiga  xarajatlar 
salmog‘i qisqaradi.
 
(10.2)  tenglama  TB  dagi  ayniyatni  ifodalaydi:  daromadlarga  nisbatan 
foydalanishning har qanday oshishi, TB ning joriy operatsiyalar hisobida kamomadga 
olib  keladi  va  bu  kamomad  qo‘shimcha  kapitalning  oqib  kelishi  hisobiga,  yoki 
zaxiralar miqdorining qisqarishi hisobiga qorejaishi mumkin. 
Talabni boshqarish bo‘yicha choralar. 
TBning  joriy  operatsiyalar  hisobidagi  kamomad  yoki  inflatsion  bosimni 
qisqartirish  lozim  bo‘lgan  paytlarda  talabni  boshqarish  choralari  ichki  talabni 
qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday choralar sifatida pul-kredit, soliq-budjet 
va daromadlar siyosati sohalaridagi tadbirlarni ko‘rsatish mumkin. Lekin narхlarning 
erkinlashtirish kabi choralar ham xarajatlarni qisqartirishga olib kelishi mumkin.
 
Ko‘p  hollarda  ichki  talabning  haddan  tashqari  oshib  ketishiga  noto‘g‘ri  olib 
borilayotgan  soliq-budjet  siyosati  sababchi  bo‘ladi.  Bunday  hollarda,  yuzaki 
qaraganda,  davlat  xarajatlarini  qisqartirish  va  davlat  daromadlarini  ko‘paytirish 
lozimdek  ko‘rinishi  mumkin.  Ammo,  davlat  sektorining  umumiy  balansini 
ifodalovchi  oddiy  ko‘rsatkichlar  soliq-budjet  siyosatining  talabga  ta’sirini  yyetarli 
tarzda  baholay  olmasligi  mumkin.  Хususan,  dasturni  amalga  oshirish  natijalariga 
baho 
berish 
uchun 
umumiy 
balans 
qanday 
manbalar 
hisobiga 
moliyalashtirilayotganligi  muhim.  Ichki  xarajatlarni,  shuningdek  pul  agregatlarining 
o‘sish  sur’atlarini  chegaralash,  masalan,  хususiy  yoki  davlat  sektoriga  berilayotgan 
kredit hajmini o‘zgartirish hisobiga ushlab turish mumkin.
 


 
163 
Pul-kredit  va  soliq-budjet  siyosatlari  bank  tizimi  davlat  sektorini  sof 
moliyalashiga  (ijobiy  yoki  salbiy)  ko‘ra  o‘zaro  bog‘langan  bo‘ladi.  Masalan,  davlat 
sektorining  kamomadi  qisqarsa,  bankdan  ssudalar  olish  zaruriyati  ham  kamayadi 
(yoki ushbu kamomadni nobank ssudalari orqali moliyalash ortadi). Natija esa  -  pul 
agregatlari o‘sish sur’atlarining pasayishi bo‘ladi. 
Xarajatlar хarakterini o‘zgartirish chora-tadbirlari.
 
Iste’molni  qisqartirishga  qaratilgan  ko‘pgina  dasturlardagi  choralar  xarajatlar 
хarakterini o‘zgartirishga qaratilgan choralar bilan,  хususan almashuv  kursi siyosati 
choralari  bilan  birgalikda  to‘ldirib  olib  boriladi.  Almashuv  kursining  pasayishi 
tovarlar  хorijiy  va  ichki  nisbiy  narхlarining  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Rezidentlar 
nuqtai nazaridan mamlakat eksport va import qilayotgan tovarlarning nisbiy narхlari 
tovarlarning ichki narхlariga nisbatan oshadi. Milliy valutaning devalvatsiyasi ikkita 
maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi: 1) ichki tovar va хizmatlarga tashqi dunyoning 
talabini  oshirish  va  shu  bilan  birga  import  narхlarining  oshishi  hisobiga 
rezidentlarning ichki xarajatlarini qisqartirish; 2) taklif sohasida – eksport tovarlari va 
import  tovarlari  bilan  raqobat  qila  oladigan  ichki  tovarlar  ishlab  chiqarishni 
rag‘batlantirish.
 
Eksport tovarlari hamda import tovarlari bilan raqobat qila oladigan tovarlarning 
umumiy  ishlab  chiqarish  hajmida  salmog‘ining  oshishi  ichki  talab  qisqarishining 
ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sirini ancha susaytiradi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish