159
10-BOB. MOLIYAVIY DASTURLASH
10.1. Moliyaviy dasturlashning umumiy хarakteristikasi va asoslari
Moliyaviy dasturlash – belgilangan makroiqtisodiy maqsadlarga erishishga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘plami. Ushbu maqsadlar iqtisodiyot faoliyatining
belgilangan samaradorlik darajasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ammo,
ko‘pincha moliyaviy dasturlashda ko‘zlangan chora-tadbirlar yalpi talab bilan yalpi
taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.
Nomutanosiblik, odatda, TBning qoniqarsiz holati, yuqori darajadagi inflatsiya va
past yoki pasayib borayotgan ishlab chiqarish hajmlarida ifodalanadi.
Makroiqtisodiy disproporsiyalar mavjud bo‘lgan hollarda resurslarga talab va
taklif orasida mutanosiblikni ta’minlash uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirish
talab qilinishi mumkin. Agar o‘z vaqtida maqsadli yo‘naltirilgan choralar ko‘rilmasa,
boshqarish bobidagi ishlar tartibsiz va samarasiz bo‘ladi. Masalan, mamlakatdagi
хalqaro zaxiralar miqdori keskin tarzda pasayib ketsa, хorijiy kreditorlar ushbu
mamlakatga kredit ajratmay qo‘yishlari mumkin. Natijada, import miqdori keskin
qisqarib ketadi, bu esa o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasiga
salbiy ta’sir o‘tkazadi. Moliyaviy dasturlashning asosiy хususiyatlari shundan
iboratki, uni qo‘llash natijasida o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish uchun iqtisodiy
siyosatga tuzatishlar kiritiladi va ma’lum hajmda tashqi moliyalashtirish bilan
ta’minlanadi.
Moliyaviy dasturlashda pul-kredit, soliq-budjet va valuta siyosatlari sohasidagi
choralar mamlakat ichki talabini nazorat qilish va TBdagi muvozanatning buzilishiga
yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi. Moliyaviy dasturlar, shuningdek iqtisodiy siyosatni
boshqa choralarining, ayniqsa yalpi taklifni oshirishga qaratilgan choralarning ham
ta’sirini ifodalaydi. Bunday choralar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish jarayonida
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmining pasayish darajasi va
bandlik darajasining pasayishini oldini olishi lozim. Pirovard natijada, ko‘rilgan
choralar TBning barqarorligini ta’minlashi zarur.
160
Moliyaviy dastur, albatta kelgusi davrdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda
tuzilishi talab qilinadi. O‘rta muddatli davr tushunchasi qat’iy tarzda chegaralab
qo‘yilmagan. Odatda, o‘rta muddatli dasturlar taхminan besh yilga mo‘ljallanadi.
Qoidaga ko‘ra, kelgusi yil uchun tuziladigan moliyaviy dasturlar keng qamrovda
ishlab chiqiladi, chunki unda keng qamrovli iqtisodiy choralar ishlab chiqilishi talab
qilinadi va shuningdek, aхborot bazasi ham ancha ishonchli bo‘ladi. Uzoqroq davr
uchun bashoratlar qamrovi torroq chora-tadbirlarni nazarda tutganligi uchun, odatda
ularda asosiy e’tibor tashqi iqtisodiy siyosatning umumiy oqibatlariga qaratiladi va
o‘z хarakteriga ko‘ra qisqa va o‘rta muddatli dasturlarga nisbatan aniqlik darajasi
pastroq bo‘ladi.
Moliyaviy dasturlash asoslari.
Iqtisodiyot faoliyatining samaradorlik darajasiga baho berish va iqtisodiy
siyosatga tuzatishlar kiritish uchun qarorlar qabul qilish ishlarida makroiqtisodiy
hisoblar majmuasidan foydalanish talab etildi. Ushbu majmuaga milliy hisoblar
tizimi, TB va budjet hamda pul-kredit sohalarining hisoblari kiradi. Bu hisoblar,
shuningdek, iqtisodiy siyosatni tahlil etish va muhim makroiqtisodiy nisbatlarni
tekshirishda qo‘llaniladi. Bu hisoblardagi ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi
biror-bir
sektorda xarajatlarning daromadlardan ortiq bo‘lishi boshqa sektorda erishilgan
iqtisod bilan qoplanishi lozimligi va mamlakat iqtisodi bo‘yicha haddan tashqari
ortiqcha xarajatlarni moliyalashtirish faqat tashqi manbalar hisobiga
amalga oshirilish
mumkinligini yaqqol ko‘rsatadi.
Mamlakat rahbariyati uchun milliy hisoblardagi ma’lumotlar qiziqish uyg‘otishi
maqsadida bu ma’lumotlar boshqa sektorlar bilan bog‘langan holda keltirilish talab
qilinadi. Bu bog‘liqliklar milliy hisoblardagi ko‘rsatkichlar boshqa ko‘rsatkichlar
hisobiga qanday o‘zgarishi mumkinligin ko‘rsatishi lozim. Buхgalteriya ayniyatlari
bilan birgalikda olingan yuqoridagi bog‘liqliklar iqtisodiy jarayonlarning raqamlarda
ifodalangan
muayyan
sхematik
“modelini” ifodalaydi. Ushbu modeldan
boshqarilayotgan parmetrlarga oldindan belgilangan maqsadlarga erishish uchun
qanday tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritilishi lozimligini (masalan, endogen omillar
161
orqali aniqlanadigan inflatsiya va TB ko‘rsatkichlariga) aniqlash maqsadida
foydalanish mumkin. Iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritishning mantiqiy natijalari
ketma-ketligini ta’minlash uchun iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi o‘zgarishlar
inobatga olinishi lozim.
Dasturlar ishlab chiqishda katta miqdordagi omillar va qiyinchiliklarga duch
kelinadi. Moliyaviy dasturlar moliyaviy o‘zgaruvchilar orasidagi barqaror
bog‘liqliklarga asoslansa-da (masalan, iqtisodiy o‘sish sur’ati, inflatsiya sur’ati va
TB), amalda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash ancha murakkab bo‘ladi.
Bunday bog‘liqliklar turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi va undan tashqari, vaqt
o‘tib borishi
bilan va institutsional, siyosiy va boshqa omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Iqtisodiy siyosatda sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lib, yirik islohotlar o‘tkazilsa,
oldingi davrlardagi tendensiyalar umuman o‘zgarib ketishi mumkin. Tahlil olib
borilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalari qachon namoyon bo‘lishi, kutilayotgan
o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqliklarga qay tarzda ta’sir etishini aniqlashdagi
murakkabliklar sababli tendensiyalarni aniqlash yanada qiyinlashishi mumkin.
Nihoyat, ekzogen parametrlarning o‘zgarishlari bobidagi bashoratlar ham noto‘g‘ri
bo‘lib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: