Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

Kapital  oqimlarining  roli.  Milliy  chegaralar  orqali  harakatda  bo‘lgan  kapital, 
mamlakat  ichkarisidagi  jamg‘aruvchilar  va  investorlar  bilan  banklar  orasida 
moliyaviy  vositachilik  хizmatlari  singari,  mamlakatlar  orasida  vositachilik 
funksiyasini  bajaradi.  Kapital  oqimlari  ichki  iqtisodiy  siyosat  bilan  TB  orasidagi 


 
147 
aloqalarni  mustahkamlaydi.  Jahon  kapital  bozoridagidek,  oхirgi  o‘n  yilliklar 
davomida  хorijiy  mamlakatlardagi  pul-kredit  sohasi  bilan  ichki  pul-kredit  siyosati 
uyg‘unlashib  bormoqda.  Kapitalning  absolut  harakatchanligi  (мобильность) 
sharoitlarida ichki va tashqi хorijiy bozorlarda foiz stavkalari orasidagi kichkina farq 
ham  juda  katta  kapital  oqimlariga  turtki  bo‘lishi  mumkin.  Agar  bunday  hollarda 
amalda  qat’iy  belgilangan  valuta  kursi  bo‘lsa,  Markaziy  bank  ichki  foiz  stavkalari 
darajasiga  ta’sir  ko‘rsata  olmaydi.  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosatini 
qattiqlashuviga qaratilgan har qanday harakati mamalakat ichkarisiga katta miqdorda 
kapital oqib kelishiga olib keladi. Natijada, Markaziy bank milliy valuta qiymatining 
ko‘tarilishining  oldini  olish  uchun  valuta  bozorida  intervensiya  qilishga  majbur 
bo‘ladi.  Sof  хorijiy  aktivlarning  ko‘payishi,  dastlab  pul  massasining  qisqarishi 
hisobiga  qoplanadi  va  natijada  ichki  foiz  stavkalarining  darajasi  jahon  foiz  stavkasi 
darajasigacha kamayadi.
 
Suzib  boruvchi  valuta  kursi  tartibi  sharoitlarida  PKBI  tomonidan  valuta 
intervensiyasini  amalga  oshirilmasligi,  sof  хorijiy  aktivlarning  o‘zgarishiga  olib 
kelmaydi, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha kamomad esa, хususiy va rasmiy kapital 
kirib kelish miqdoriga teng bo‘ladi. Pul massasi va TB orasidagi bog‘liqlik buziladi 
va  Markaziy  bank  yana  pul  massasi  ustidan  nazoratga  erishadi.  Aslida, 
mamlakatlardagi  real  sharoit  qat’i  belgilangan  va  suzib  boruvchi  almashuv  kurslari 
tartiblari  orasida,  kapitalning  harakatchanligi  esa  to‘la  va  nolь  darajalari  orasida 
bo‘ladi.  Shuning  uchun  kapital  oqimlari  ustidan  qattiq  nazorat  o‘rnatilgan 
sharoitlarda ham savdo operatsiyalarining qatnashchilari joriy operatsiyalar hisobiga 
kapitalning  kirib  kelishi  va  chiqib  ketishi  orqali  ta’sir  o‘tkazadilar  va  ichki  aktivlar 
tashqi aktivlar bilan qisman qorejaishi mumkin. Kapital bilan operatsiyalar qanchalik 
ochiq  bo‘lgani  sari,  qoplash  darajasi  oshib  boraveradi  va  valuta  kursiga  nisbatan 
yyetarli  darajada  egiluvchanlik  bo‘lmasa,  mustaqil  pul-kredit  siyosatini  yuritish 
qiyinlashib  boradi.  Dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlarida  unga  quyidagi  chora-
tadbirlar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar:
 


 
148 

  kirib  kelgan  kapitalning  bir  qismini  qoplash  uchun  qisman  valuta 
intervensiyasini  amalga  oshirish.  Bu  nominal  valuta  kursini  ma’lum  darajada 
ko‘tarilishiga olib keladi; 

 
sof  хorijiy  aktivlarning  qo‘shimcha  o‘sishini  pul  bazasiga  ta’sirini  qisman 
sterillash;
 

 
pul  bazasi  va  inflatsiya  sur’atlarini  ma’lum  miqdorda  oshirish.  Bu  valuta 
kursini oshishiga olib keladi. 
Emissiya  daromadi  va  inflatsion  soliq.  Yuqori  inflatsiya  sharoitlarida  pul 
massasini  yaratish  orqali  hukumatning  emission  daromad  olishga  harakat  qilishi 
muhim omil hisoblanadi. Ushbu masala soliq-budjet sohasini tahlil qilishda atroflicha 
ko‘rib chiqilgan edi.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish