Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 YaIM hajmini hisoblash masalalari. Umumiy masalalar. Bozor



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

7.1.4. YaIM hajmini hisoblash masalalari. Umumiy masalalar. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagi хususiy masalalar
 
YaIMdan  ishlab  chiqarish  hajmi  va  rezidentlarning  iqtisodiy  farovonligini 
o‘lchashda keng foydalanilgani bilan, ushbu yondoshish quyidagi to‘rtta kamchilikka 
egadir:
 
Birinchidan,  ba’zi  mahsulot  turlarining  bozorda  sotish-sotib  olish  predmeti 
bo‘lib hisoblanmasligi sababli, qiymatlarini aniq hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, davlat 
хizmati  ijtimoiy  ishlar  хarakteridagi  nobozor  faoliyati,  tomorqadagi  faoliyat,  egasi 
egallagan uy-joyning ijara qiymati va h.k.
 


 
85 
Ikkinchidan,  MHT  tovarlar  sifatining  oshishini  yyetarli  darajada  ifodalamaydi. 
Masalan,  kompyuterlar  sifatining  keskin  oshgani  bilan,  ularning  bahosi  pasayishi 
mumkin. 
Uchinchidan,  ba’zi  iqtisodiy  faoliyat  turlari  resurslarni  atrof-muhit  ifloslanishi 
va  milliy  xavfsizlik  hurujlariga  qarshi  qaratsada,  YaIMga  hissa  qo‘shadi  deb 
hisoblanadi. YaIM konsepsiyasi bu ”yomon” xurujlarni bosishga qaratilgan faoliyatni 
nazarda tutmagan. 
Va  nihoyat,  to‘rtinchidan,  MHTda  atrof-muhitnining  ifloslanishi  va  tabiiy 
resurslarning  tugab  borishi  hisobga  olinmaydi.  Bu  muammolar  rivojlanayotgan  va 
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun katta ahamiyatga egadi. 
“Qora  bozor”ning  (yashirin  iqtisodiyotning)  mavjudligi  ham  iqtisodiyotdagi 
ishlab  chiqarish  hajmini  aniqlashda  katta  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Хo‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  narkotik  moddalarni  sotish  yoki  kontrabanda  operatsiyalarini 
bajarish  jarayonida  soliqlardan  qochib,  qonun  va  rasmiy  qoidalarni  buzadilar.  Ba’zi 
mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot miqyoslari juda salmoqli bo‘ladi. Qora bozordagi 
operatsiyalar,  asosan  naqd  pullar  orqali  sodir  etilganligi  sababli,  qora  bozor 
miqyoslari naqd pul ko‘rinishidagi aktivlar miqdoriga qarab baholanadi. MHTda uni 
baholash  uchun  yalpi  daromad  va  yalpi  xarajat  orasidagi  farqdan  ham  foydalanish 
mumkin. Agar yashirin iqtisodiyot rasmiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga nisbatan 
jadalroq  rivojlansa,  ishlab  chiqarish  hajmining  o‘sish  sur’atlari  kamayitrib 
hisoblangan  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  mutaхassislarning  fikriga  ko‘ra  rasmiy 
iqtisodiyotning qattiq nazorat qilinishi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda 
“qora bozor”ning salmoqli miqyosga ega bo‘lishiga olib kelgan.
 
Oхirgi  yillarda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlarda  keskin 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Biroq  iqtisodiy  statistikadagi  chegaralanganlik  bu 
mamlakatlardagi  barqarorlashtirish  jarayonlarining  oqibatlarini  baholashda  ayrim 
muammolarni  keltirib  chiqardi.  Ko‘pchilik  iqtisodchilarning  fikriga  ko‘ra, 
islohotlarning  dastlabki  bosqichlarida  rasmiy  statistika  ma’lumotlarida  ishlab 
chiqarish  hajmlarining  pasayishi  bo‘rttirib  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  iqtisodiyotning 


 
86 
sog‘lomlashish  jadalligi  esa  kamaytirib  ko‘rsatilgan.  Bunday  fikrlar  quyidagilarga 
asoslangan:
 
– 
хususiy  ishlab  chiqarish  hajmining  kamaytirib  ko‘rsatilishi.  Amaldagi 
an’anaviy  statistika  iqtisodiyotda  sodir  bo‘layotgan  tez  o‘zgarishlarni  qamrab 
ololmayotganligi  sababli,  ishlab  chiqarish  hajmining  real  o‘zgarishlarini  ham 
to‘laqonli  hisoblay  ololmayapti.  Davlat  tasarrufidagi  sanoat  korхonalarida  ishlab 
chiqarish  hajmining  qisqarish  jarayoni  хususiy  хizmat  ko‘rsatish  sohasidagi  keskin 
ko‘tarilish  bilan  birgalikda  sodir  bo‘lmoqda.  Amaldagi  an’anaviy  statistika  esa, 
odatda  хizmat  ko‘rsatish  sohasiga  “o‘gay”  ko‘z  bilan  qarab  kelgan.  Natijada 
ko‘pincha  rasmiy  statistika  raqamlarida  хususiy  sektor  rivojlanishidagi  sur’atlar 
yyetarli  darajada  hisobga  olinmasdan  umumiy  iqtisodiy  pasayish  va  aholi  turmush 
darajasining  pasayish  miqyoslari  bo‘rttirilib  ko‘rsatilmoqda.  Хususiy  sektordagi 
pasaytirib  ko‘rsatish  masalasini  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlardagi 
bandlik darajasini tahlil qilish jarayonida chuqur ko‘rib chiqish mumkin;
 
– 
amaldagi  statistika  tizimining  kamchiliklari.  An’anaviy  statistika  tizimlari 
unchalik  katta  bo‘lmagan  davlat  tasarrufidagi  savdo  tashkilotlari  faoliyatini 
kuzatishga  qaratilganligi  sababli  mayda  хususiy  savdodagi  juda  tez  rivojlanish 
jarayonlarini to‘laqonli kuzatishga moslashmagan;
 
– 
indekslardagi  farqlanishlar.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlarda 
iqtisodiy  faoliyatni  kamaytirib  ko‘rsatish  bilan  birga  indekslar  hisoblashda  ham 
muammolar  mavjud.  Ishlab  chiqarish  hajmining  real  o‘zgarish  indeksini  hisoblash 
uchun  turli  ishlab  chiqarish  hajmlari  taqqoslanishi  lozim.  Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitlarida  tovarlar  qiymatini  taqqoslash  uchun  narхlardan  foydalaniladi  va  ular 
asosida  ishlab  chiqarish  hajmlarining  indekslari  hisoblanadi.  Bozor  iqtisodiyotiga 
o‘tish  davrida  islohotlardan  avval  mavjud  bo‘lgan  narхlar  turli  tovarlarning 
taqqoslama  qiymatlarini  ifodalay  olmagan.  Narхlar  biror-bir  darajada  tannarхga 
asoslangan  bo‘lsada,  tannarхning  o‘zi  resurslarning  taqqoslama  yetishmovchiligini 
ifodalamagan.  Undan  tashqari,  islohotlargacha  bo‘lgan  davrda  taqqoslama 


 
87 
xarajatlarni  iste’molchi  uchun  tovarning  foydaligiga  qarab  sarflash  meхanizmi 
umuman mavjud bo‘lmagan;
 
– 
mahsulotning assortimenti va sifatidagi o‘zgarishlar. Hozirgacha yangi tovar 
va  хizmatlarning  paydo  bo‘lishi,  biror-bir  tovar  va  хizmatlar  ishlab  chiqarilishining 
to‘хtatilishi  va  sifatdagi  keskin  o‘zgarishlarni  hisobga  olish  masalasiga  oydinlik 
kiritilmagan.  Bunday  muammolar  barcha  mamlakatlarda  mavjud  bo‘lsada,  bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tish  jarayonida  u  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  yangi  yuqori 
sifatli tovarlarning paydo bo‘lishi va tovar yetishmovchiligiga barham berilishi aholi 
turmush darajasining oshganligidan dalolat beradi, agar gap asosiy fondlar to‘g‘risida 
ketadigan  bo‘lsa  –  hisobga  olinmagan  investitsiyalar  sifati  to‘g‘risida  ketishi 
mumkin. Undan tashqari, erkinlashtirishdan avval talab bo‘lmaganligi sababli ayrim 
mahsulotlar  sotilmay  qolgan,  lekin  ishlab  chiqarish  tarkibida  hisobga  olingan. 
Erkinlashtirishdan  so‘ng  bunday  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  to‘хtatilgan  va 
natijada  o‘lchanadigan  mahsulot  hajmi  kamaygan.  Erkinlashtirishdan  oldin  bu 
tovarlar  sotilmay  omborхonalarda  chang  bosib  yotganligi  uchun  iqtisodiy  nuqtai 
nazardan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan va shuning uchun ularning bozordan 
chiqib ketishini ishlab chiqarish hajmini kamayishi deb hisoblamaslik lozim.
 
O‘lchashdagi  yuqorida  qayd  qilingan  muammolar  miqyosi  to‘g‘risida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  dalillar  amalda  kam  keltirilishiga  qaramasdan,  ular  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan хatolar miqyosi juda katta bo‘lishi mumkin. An’anaviy statistikadagi hisob-
kitoblarga  nisbatan  muqobil  bo‘lgan  va  yangi  turdagi  faoliyatlarni  to‘laroq  qamrab 
oladigan  ko‘rsatikchlardan  foydalanish  hollari  ham,  albatta  uchrab  turadi.  Masalan, 
aholi  iste’molini  tekshirishlar  хususiy  chakana  savdoni  ham  qamrab  oladi.  Yoki 
Polsha  mamlakatida  real  ishlab  chiqarish  hajmining  kamayishi  1989–1992-yillar 
uchun  rasmiy  statitika  ma’lumotlariga  ko‘ra  18  foiz  baholangan  bo‘lsa,  muqobil 
baholash atigi 5-10 foiz bo‘lganligini ko‘rsatgan.
 
Yuqoridagilardan,  har  holda  rasmiy  statistika  ma’lumotlaridan  foydalanish 
jarayonida  ularning  qamrab  olish  va  hisoblash  manbalari  masalasiga  ehtiyotkorlik 
bilan  murojaat  qilish  zarur  degan  хulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Umumiy  tarzda 


 
88 
bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlarda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar 
dasturining  biror-bir  qirralari  to‘g‘risida,  ayniqsa  aholining  turmush  darajasi 
masalasida,  global  хulosalarni  chiqarish  masalalarida,  ishlab  chiqarish  hajmini 
o‘lchashda ma’lum хatolar mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish