Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


  Asosiy  o‘zaro  bog‘liqliklar.  Yalpi  daromad  va  talab  bilan  to‘lov



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

7.1.2.  Asosiy  o‘zaro  bog‘liqliklar.  Yalpi  daromad  va  talab  bilan  to‘lov 
balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosi. Yalpi jamg‘arish va investitsiyalar 
bilan to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosi.
 
Milliy  daromadni  hisoblash  tamoyillari  makroiqtisodiy  tahlilda  hal  qiluvchi  rol 
o‘ynaydigan  va  shuning  uchun  alohida  e’tibor  berish  lozim  bo‘lgan  ikkita  muhim 
o‘zaro  bog‘liqliklarga  olib  keladi.  Bu  fundamental  o‘zaro  bog‘liqliklar  YaIMni  uni 
xarajatlar usuli bilan bog‘laydigan ayniyatdan kelib chiqadi. Birinchisi yalpi daromad 
va  yalpi  xarajatlarni  to‘lov  balansi  joriy  hisoblar  hisobining  saldosi  bilan  aloqasini 
ifodalaydi, ikkinchisi esa yalpi jamg‘arma hajmi bilan yalpi investitsiya hajmini yana 
to‘lov balansining joriy hisoblar hisobining saldosi bilan aloqasini ifodalaydi.
 
Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni to‘lov balansining joriy hisoblar hisobining 
saldosi bilan bog‘liqligi
 
MHT va to‘lov balansi (TB) orasidagi birinchi turdagi o‘zaro aloqalarni YaIM, 
YaMD va YaEMD lar orasidagi ayniyatlardan keltirib chiqarish mumkin. 
 


 
81 
 

(7.8)
 
 
Yuqoridagi ayniyat TB ni tahlil qilishda yalpi talab usulining asosi hisoblanadi. 
Ayniyatning  mazmuni  shundan  iboratki,  TBning  joriy  operatsiyalar  hisobidagi 
kamomad  –  ushbu  davlat  daromadga  qarab  buromad  qilmayotganligini,  ya’ni  ishlab 
chiqarganiga  nisbatan  ko‘proq  iste’mol  qilganligini  anglatadi.  Boshqacha  aytganda, 
TB  joriy  operatsiyalar  hisobining  kamomadi  yalpi  talabning  yalpi  daromadlardan 
ko‘p  bo‘lganligini  ifodalaydi.  Ushbu  kamomadni  qisqartirish  uchun  daromadlarni 
oshirish  yoki  yalpi  talabni  kamaytirish  lozim.  Qisqa  fursatlarda  ishlab  chiqarish 
hajmini (mos ravishda daromadlarni) ko‘paytirish hozirgi paytda foydalanilmayotgan 
ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish  hisobiga,  o‘rta  muddatli  davrlarda  esa 
chuqur  o‘ylangan  tizimiy  siyosat  yuritish  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  Yalpi 
ichki  talabni  qisqartirish  pirovard  iste’mol  (S)  yoki  yalpi  investitsiyalarni  (I
kamaytirish evaziga sodir bo‘lishi mumkin. Yalpi talab va daromadni qamrab olgan 
ayniyat barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘lsada, u 
faqat  hisob-kitob  shaklidir  va  joriy  operatsiyalar  hisobi  nazariyasining  almashuv 
kursi, foiz stavkalari va tashqi muhit ta’siri kabi omillarini ifodalamaydi.
 
Yalpi  jamg‘arma  va  investitsiyalar  hajmi  va  joriy  operatsiyalar  hisobining 
saldosi 
MHT  agregatlari  bilan  joriy  operatsiyalar  hisobining  saldosi  orasidagi  o‘zaro 
munosabatlarni  belgilashning  ikkinchi  vositasi  bo‘lib  mamlakat  jamg‘arma  va 
investitsiyalar  balansi  hisoblanadi.  Joriy  operatsiyalar  hisobining  saldosi  (SAV
mamlakatdagi jamg‘arma (S) va investitsiyalar (I) orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
 
 
(7.9)
 
yoki 
Mamlakat iqtisodiyotidagi jamg‘arma va investitsiyalar orasidagi farq =Joriy operatsiyalar hisobining 
saldosi=
 
= Хorijiy jamg‘armalardan foydalanish 
 
(7.10)
 
 


 
82 
Boshqacha  aytganda,  mamlakat  iqtisodiyotidagi  jamg‘arma  va  investitsiyalar 
bilan  joriy  operatsiyalar  hisobi  saldosi  orasidagi  balansni  hukumatni  хorijiy 
investitsiyalardan foydalanishi sifatida qarash mumkin. 
Yopiq  iqtisodiyotda  yalpi  jamg‘arma  hajmi  yalpi  investitsiya  hajmiga  teng 
bo‘ladi.  Ochiq  iqtisodiyotda  esa  yuqoridagi  ikkita  ko‘rsatkich  orasida  farq  mavjud 
bo‘ladi  va  u  joriy  operatsiyalar  hisobining  saldosiga  teng  bo‘ladi.  Boshqacha 
aytganda,  har  qanday  yalpi  investitsiyalar  hajmining  mamlakatdagi  yalpi 
jamg‘armadan ortgan qismini хorijiy jamg‘armalar hisobiga qorejaishi lozim bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  joriy  operatsiyalar  hisobining  saldosini  kamaytirish  uchun 
jamg‘armalarni  ko‘paytirish  yoki  investitsiyalarni  qisqartirish  kerak.  Agar 
investitsiyalar  jamg‘armalardan  katta  bo‘lsa,  mamlakat  bu  farqni  qoplash  uchun 
хorijdan qarz olishi, ya’ni хorijiy jamg‘armalardan foydalanishi talab qilinadi.
 
Shunday  qilib,  jamg‘arma  va  investitsiyalar  orasidagi  farqni  joriy  operatsiyalar 
hisobining saldosi bilan bog‘lovchi ayniyat yalpi daromad va yalpi talab aytiyatidan 
kelib chiqar ekan. 
Ayniyatlar haqiqiy ahvolni ifodalasada, mamlakat iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan 
deformasiyalarni,  iqtisodiy  agentlarning  ushbu  deformasiyalardan  manfaatdorligini 
ifodalovchi  хulqini  tushuntirib  bera  olmaydi.  Lekin  bu  ayniyatlardagi  o‘zaro 
aloqalarni  tushunish  va  bilish  ichki  va  tashqi  hodisalar  orasidagi  aloqalarni  tahlil 
qilish  uchun  zarurdir,  chunki  ular  orqali  iqtisodiyot  sektorlari  orasida  moliyaviy 
resurslar oqimini ochib berish imkoniyati yaratiladi.
 
Yalpi  daromad  va  yalpi  talab  hamda  joriy  operatsiyalar  hisobining  saldosi 
orasidagi o‘zaro aloqalar. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish