Ishning borishi. Massasi 2 g bo‘lgan, xona haroratida quritilgan tuproq
Konvey kosachasining tashqi bo‘lmachasiga joylanadi. O‘rta qismiga esa, bo‘rat
kislotaning 2% li eritmasidan 2 ml quyiladi va ustiga Groag yoki metil qizili
indikatoridan 2 tomchi tomiziladi. So‘ngra tashqi bo‘lmachaga tuproqqa
tegdirmasdan 5 ml 1 n li NaOH eritmasi quyiladi va kosachaning usti qopqoq bilan
zich yopiladi (zich yopish uchun kosachaning lablariga vazelin surkaladi). Kosacha
1 daqiqa davomida asta-sekin, aylanma harakatlar asosida chayqatilib, tuproq va
ishqor eritmasi aralashtiriladi va 28
0
S haroratga sozlangan termostatga 48 soatga
qo‘yiladi.
Shundan so‘ng kosacha termostatdan olinadi, qopqo`i ochiladi va bo‘rat
kislota tomonidan yutilgan ammiak miqdori mikrobyuretka yordamida 0,02 n li
sulfat kislota bilan titrlash asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |