Ызбек диалектологияси



Download 2,04 Mb.
bet22/117
Sana22.06.2022
Hajmi2,04 Mb.
#690359
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

I.I.Zarubin tasnifi
Professor I.I.Zarubin o’zbek shevalarini to’rt guruhga bo’lib tasnif qiladi: 1)Xiva; 2) Farg’ona; 3)Toshkent; 4)Samarqand-Buxoro shevalari.
I.I.Zarubinning bu tasnifida o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan hozirgi O’zbekistonning anchagina hududiga tarqalgan qipchoq j-lovchi shevalari va shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmagan.
K.K.Yudaxin tasnifi
K.K.Yudaxin o’zbek shevalari tasnifining ikki variantini tavsiya etadi: U o’zining dastlabki variantida o’zbek shevalarining tojik tili bilan bo’lgan munosabati va singormonizmni saqlash darajasiga qarab, to’rt guruhga ajratadi.
1)asl turkiy tovush tarkibi va singormonizmni saqlagan o’zbek shevalari;
2)o’z tovush tarkibini qisman o’zgartirgan, singormonizmni yo’qotgan shevalar;
3)eron tillari oilasiga mansub unlilar tarkibini saqlagan shevalar;
4)o’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari (Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda).
Keyinchalik, K.K.Yudaxin o’zbek shevalarini o’ziga xos xususiyatlari bilan mufassal tanishib, avvalgi tasnifiga tegishli aniqliklar kiritdi va o’zbek shevalarini besh guruhga bo’ldi: Toshkent, Farg’ona, Qipchoq, Xiva, (Xiva-o’g’uz) va shimoliy o’zbek shevalari.
E.D.Polivanov tasnifi
E.D.Polivanov tomonidan bir qator o’zbek shevalari va dialektlari o’rganib chiqildi va shu asosda shevalarning mukammal tasnifi berildi.
E.D.Polivanov o’z tasnifida tildagi ikki holatni ko’zda tutadi: 1)metisatsiya (qardosh tillarning chatishuvi);
2)gibridizatsiya (turli tizimdagi tillarning chatishuvi).
U shevalarda uchraydigan barcha fonetik o’zgarishlarni hisobga olib, o’zbek shevalarini bir necha guruhga bo’ladi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi o’zbek shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini hisobga olib quyidagicha guruhlashtiradi.
1.Eronlashgan shevalar.
2.Eronlashmagan shevalar.
Eronlashmagan shevalarga o’zbek-qipchoq (j-lovchi) lahjasidagi va Farg’onaning singormonizmli qishloq shevalarini (Saroy, Andijon, Yo’lguzar, Mankent) kiritadi.
Toshkent, Qo’qon-Marg’ilon, Andijon-Shahrixon tilidagi shevalarda eronlashish elementlarining mavjudligini qayd qilsa, Buxoro, Samarqand, Xo’jand, O’ratepa tipidagi shevalarni maksimal eronlashgan, ya’ni tojik vokalizmini o’zida to’la aks ettirgan shevalar deb hisoblaydi.
Eronlashgan va eronlashmagan shevalar o’rtasida eronlashishning kuchsizlanishi,gibridizatsiya protsessida turkiy elementlarning kuchsizlanishiga ko’ra eronlashgan shevalarni to’rt tipga ajratadi.
1.Samarqand-Buxoro shevalari. 2-tip. Toshkent tipidagi shevalar (Toshkent va uning atrofidagi tuman shevalari). 3-tip. Qo’qon-Marg’ilon tipidagi shevalar. 4-tip. Andijon-Shahrixon tipidagi shevalar va shu tipdagi uyg’unlashgan yoki umlautli shevalar ham kiritilgan. (Namangan va unga yaqin Chortoq, Uychi, Shohand shevalari).
E.D.Polivanov tasnifida yana ikki tip shevaga ajratilgan. Bular 6-tip. Shimoliy o’zbek shahar shevalari tipi, (Turkiston, Chimkent va shu tipdagi ba’zi qishloq shevalari tipi. (Manket, qorabuloq kabi shevalar).
E.D.Polivanov tasnifiga ko’ra ikkinchi dialekt «o’g’uz lahjasi» bo’lib, o’z ichiga ikki tip shevani oladi.1-tip. Janubiy Xorazm guruh shevalari (Xiva, Yangi Urganch, Shovot, G’azovot, Xozorasp, Yangi Ariiq, Xonqa shevalari); shu guruhga Sho’raxon shevasi alohida bir tip sifatida kiritilgan. 2-tip. Shimoliy o’g’iz guruh shevalari. (Iqon-Qorabuloq shevalari) Shu guruhga Forish tumanidagi Bog’ot shevasi ham kiritilgan.
«Qipchoq lahjasi» uchinchi dialekt bo’lib, bu etti tip shevani o’z ichiga oladi:
1-tip. O’rta Xorazm va Shimoliy Xorazm; (Gurlan, Bog’ot, Shoabboz, Xo’jayli, Qipchoq,Qo’ng’irot, Mang’it tumanlari shevalari).
2-tip. O-lovchi tip; (Qozoq - Nayman, Farg’ona Qoraqalpoqlari).
3-tip.Qurama shevalari; Ohangaron vodiysidagi qurama shevalari.
4-tip. Shimoliy o’zbek shevalari; Turkistondagi So’zoq, Salaqo’rg’on qipchoq shevalari.
5-tip. O’rta o’zbek; Qirq shevalari va janubiy o’zbek laqay-shevalari va Afg’onistondagi qipchoq o’zbeklari ham shu guruhga kiradi.
E.D.Polivanov o’zining bir qator ishlarida o’zbek shevalarining tasnifi hali mukammal emasligini qayd qilib, o’zbek tilshunosligi shevalarning detallashtiruvchi tasnifga zarur deb ko’rsatadi.
E.D.Polivanovning ayrim nazariy xulosalari to’g’ri emas, chunki u o’z tasnifida va boshqa tadqiqot ishlarida o’zbek shevalaridagi taraqqiyotni faqat faktorga bog’lab tekshiradi. O’zbek tili va uning shevalarida ro’y bergan o’zgarishlar tilning asrlar mobaynida o’z ichki taraqqiyot jarayonining natijasi ekanligini ko’rmaydi. Lekin uning yozib olgan daliliy materiallari, ayrim til hodisalariga bergan sharhlar juda aniq va hech qanday e’tiroz tug’dirmaydi. Bu jihatdan E.D.Polivanovning o’zbek shevalarini o’rganishga bag’ishlangan ko’p ishlari o’zining sifati va ilmiyligi bilan ajralib turadi.
Uning ishlari hozirgi kunda ham o’zbek shevalarini o’rganishga katta yordam bermoqda.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish