Tayanch tushunchalar
Territorial-lingvistik tasniflar; o-lashish masalalari; o-lovchi va a-lovchi shevalar, y-lovchi va j- lovchi shevalar, eronlashgan va eronlashmagan shevalar,lokalizatsiya labial, lab garmoniyasi, laqaylar, metisatsiya va gibridizatsiya, umlautli shevalar, o’zbek-qipchoq lahjasi, qorluq lahjasi, o’g’uz lahjasi, qirq shevasi, qozoq naymanlar, cho’ziq unlilar, undoshlar assimilyatsiyasi, turkiy komponent, progressiv va regrissiv assimilyatsiya.
Dars maqsadi: O’zbek xalq shevalarini tasnif qilgan olimlarning asarlari bilan talabalarni tanishtirish, tasnif asoslarini talabalar ongiga singdirish.
Identiv o’quv maqsadi
2.1.O’zbek xalq shevalarini tasnif qilgan olimlar va ularning asarlarini o’rganish.
2.2.Etno-lingvistik, tarixiy lingvistik va lingvo-territorial tasniflarni isbotlaydi.
2.3.Tasniflarning maqsadi, ularning mazmunan bir, shaklan turli tumanligi xususida hukm chiqaradi.
Ma’lumki, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili hozirgi bosqichga qadar uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ular urug’-qabila, qabila-qabila bo’lib hayot kechirganlaridan so’ng, asta-sekin elat, xalq bo’lib tashkil topdi. Shunga qarab ularning tillari ham turli taraqqiyot yo’llarini boshdan kechirdi va o’zgarib, mukammallashib, takomillashib, taraqqiy qilib keldi. Ana shu tilning taraqqiyoti, ularning tarkibi va guruhlarga bo’linishi qadimgi davrlardanoq olimlar diqqat-e’tiborida bo’lgan. Masalan, Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’otit-turk» nomli asarida keng hududda hayot kechirgan urug’-qabila va ular tillarining bir-biriga bo’lgan munosabatini, ularning tillardagi yaqinlik va farqlarni differentsatsiya (ajralish) va integratsiya (qo’shilish) kabi masalalarni aniqlagan. Ushbu asarda yigirmaga yaqin turkiy tilning qiyosiy lug’atini beradi. Ularni fonetik, morfologik, leksik tomondan tasnif qiladi. Keyinchalik A.Navoiy «Muhokamat-ul-lug’atayn» asarida, Zahriddin Bobur «Boburnoma»sida, Mirza Maxtixon «Sanglox» asarida, Abulg’ozi Bahodirxon «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlarida o’zbek tili va dialektologiyasining tarixiga doir boy meros qoldirgan, lekin o’zbek xalq shevalari, urug’-qabila tillarini maxsus tasnif qilmaganlar.
Mahmud Qoshg’ariydan keyin o’zbek xalq shevalarini o’rganishga qiziqish masalalari X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo’la boshladi.
Akademik V.V.Radlov, Ser Ali Lapin, V.Nalivkin kabi olimlarning ishlari bunga misol bo’la oladi.
XX asrning boshlariga kelib, Ayniqsa, 1917-yildan so’nggi davrda professorlar E.D.Polivanov, G’ozi Olim, A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin va V.V.Reshetov kabi olimlarning o’zbek shevalarini o’rganish va uni guruhlashtirishda juda katta ishlari diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |