1-asosiy savol
Turkiy tillar tasnifi: akademik V.V.Radlov, A.N Samoylovich, F.E.Korsh, Bogorodskiy va boshqalar tomonidan qilingan tasniflar.
O’qituvchining maqsadi: V.V.Radlov, F.E.Korsh, N.A.Baskakov va boshqalar tomonidan turkiy tillarning o’rganilishi, tsniflari, ular ichida o’zbek tilining o’rni nufuzi masalasini talabalar ongiga singdirish. Talabalarni ijodiy fikrlashga jalb etish.
IDENTIV O’QUV MAQSADI
1.1.O’tmishda Turkiy tillarning tasnif qilinganligi akademik V.V.Radlov, Zarubin kabi olimlar asarlarini o’rganish orqali bilib oladi.
1.2.Turkiy tillarni uch yo’nalish: etnik, tarixiy-genetik, lingvoterritorial asosidagi tasniflar isbotlaydi.
1.3.Tasnifning asoslarini va eng muhim tasniflarining saviyasini o’rganadi.
Turkiy tillarning genetikasi, til xususiyati jihatidan o’zaro munosabati masalasiga olimlar juda qadimdan qiziqib kelganlar. Turkiy tillarni (aniqrog’i turkiy qabilalarni) birinchi bo’lib tasnif qilgan olim Mahmud Qoshg’ariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish XIX asr oxiri XX asrlarda qaytadan boshlandi va ko’pdan ko’p tasniflar vujudga keldi. Bu tasnif metodlari, oldiga қo’ygan vazifalari, maқsadlari ham turlichadir. Ulardan ba’zilari murakkab puxta o`rganilgan va ishlangan tasniflar bo`lsa, ayrimlari u yoki bu jihatdan kamchiliklardan holi emas.
Akademik V.V.Radlov o`zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi”(1882-1883) degan asarida, asosan, turkiy tillarni tasnif qiladi.
U turkiy tillarni shunday guruhlashtiradi:
1.Sharqiy guruh (oltoy, barabarin, Ob, Enisyey turklarining tillari). Bu guruhga kirgan tillarning xarakterli xususiyatlari quyidagicha:
1)(o) unlisi o`zidan so`nggi tor unliga juda kuchli ta’sir etadi:
2) So`z o`zaklarining boshida jarangsiz undoshlarning mavjud bo`lishi: bash-pash> kabi;
3.Jarangsiz sh, t undoshlaridan keyin unli tovush bilan boshlanadigan qo`shimchalar qo`shilib kelganda, bu undoshlar jaranglashadi: Masalan, oyrot tilida tishqo’-tiji, tutqar tudar;
4)So`z oxirida kelgan jarangsiz portlovchi p, q, k undoshlari unlilardan oldin jaranglashadi.
5) (l ) tovushi qattiq va yumshoqlikda farqlanadi: (l val)va boshqalar
2.G’arbiy guruh (G’arbiy Sibir tatarlarining tili,Qirg’iz, qozoq, boshqird, povolje tatarlarining tillari
3.O`rta Osiyo guruhi (Yorkent, Chig’atoy tili, shimoliy o`zbek shevasi,Qo`qon shevasi , Zarafshon vodiysidagi o`zbek shevalari, Buxoro va Xiva shevasi)
4.Janubiy guruh turkman, ozorbayjon, turk(usmonli) va qirim tatarlari tili, deb, to’rt guruhga bo’ladi. Shunday qilib, V.V.Radlov birinchi bo’lib o’zbek shevalarini tasnif qilgan olim hisoblanadi. Uning tasnifiga ko’ra o’zbek shevalari olti guruhga bo’linadi. Chig’atoy, Shimoliy o’zbek, Qo’qon, Zarafshon vodiysi, Buxoro, Xiva guruhlari.
V.V.Radlov o’zining tasnifida o’zbek shevalarini guruhlarga bo’lib ko’rsatgan bo’lsa ham, ularning o’z xarakterli xususiyatlari bir-biridan farqi haqida ma’lumot bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |