Amaliy mashg’ulot
1-mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot: Dialektologiya fani, uning maqsadi va vazifalari.
Mavzu rejasi:
1.Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot. Uning o’rganish ob’ekti.
2.O’zbek xalq shevalarini o’rganishda ishlatilayotgan belgilar- transkriptsiya va uning tuzilishi.
3.Unli va undosh tovushlarni ifodalash uchun ishlatiladigan transkriptsion belgilar.
Dars maqsadi: «O’zbek dialektologiyasi» fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan munosabati xususida talabalar bilimini mustahkamlash, ularda bu tushunchalarni mustaqil tarzda tushuntirib bera olish ko’nikmasini shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari
1.1.Dialektologiya fani haqida qisqacha ma’lumot beradi.
1.2.Dialektologiyaning o’rganish makonlarini izohlaydi.
1.3.Dialektologiyaning asosiy vazifasini o’rganadi.
1.4.Dialektologiyaning o’zbek tili va adabiyoti fanini o’qitishdagi ahamiyatini belgilaydi.
1.5.Transkriptsiya haqida umumiy ma’lumot bera oladi.
Ishni bajarish tartibi:
«Dialektologiya» so’zining ma’nosini tushuntirish.
«Dialektologiya» fanining vazifalari haqida ma’lumot berish.
Sheva, lahja, dialekt atamalarini izohlab berish.
Transkriptsiya haqida ma’lumot berish.
Transkriptsiyada gaplar tuzish va adabiy til bilan solishtirish.
Kerakli adabiyotlar:
1.Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi, Toshkent,1978.,6-13- betlar
2.B.To’ychiboyev., B.Hasanov., O’zbek dialektologiyasi, Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.2004- yil.,4-13- betlar.
Mustaqil ish topshiriqlari:
topshiriq
1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot.
1.1.Dialektologiya qanday fan.
1.2.Dialektologiya fanining maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
1.3.Ona tili fanini o’qitishda dialektologiya fanining ahamiyatini tushuntiring.
2-topshiriq
2.O’zbek xalq shevalarini o’rganishda ishlatilayotgan belgilar- transkriptsiya va uning tuzilishi.
2.1.Transkriptsiya asosida matn tuzing va uni adabiy til bilan qiyoslang.
2.2.Transkriptsiya nima?
2.3.Sheva materiallarini yozishda transkriptsiyaning qanday ahamiyati bor?
2.4.Transkriptsiyaning qanday turlarini bilasiz?
3-topshiriq
3. Unli va undosh tovushlarni ifodalash uchun ishlatiladigan transkriptsion belgilar.
3.1.Unli tovushlarni yozish uchun ishlatiladigan belgilarni misollar asosida ko’rsatib bering.
3.2.Undosh tovushlar uchun qanday transkriptsion belgilar ishlatilgan.
3.3.Transkriptsiyaning ahamiyati nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |