Iymon qo'shigi


Ijtimoiy sug‘urta va dam olish



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana08.12.2022
Hajmi3,05 Mb.
#881372
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov)

1.7. Ijtimoiy sug‘urta va dam olish
Mehnat huquqida ijtimoiy sug‘urta ham alohida ahamiyat 
kasb etadi. Axborot-kutubxona muassasalarida ijtimoiy sug‘urta 
davlat tomonidan belgilangan normativ hujjatlarga asoslanadi. 
Ijtimoiy sug‘urta ish beruvchi va sug‘urta qilingan xodimlarning 
ijtimoiy sug‘urta mablag'lariga badal toMashlaridan tashkil topadi.
Bu badal hisobidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik va 
pensiya toManadigan, sug'urta qilingan xodimlar, tegishli hol- 
larda esa ularning oilalari ham davolash ijtimoiy sug‘urtasi 
mablagMari hisobidan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqalari, homiladorlik va tug'ish nafaqalari, bola tug'ilganda 
beriladigan nafaqalar hamda yoshga doir, nogironlik va boquv- 
chisini yo'qotganlik pensiyalari, shuningdek, qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa toMovlar bilan ta’minlanadilar. Yoshga 
doir pensiya olish huquqiga bugungi kunda 60 yoshga toMgan 
va umumiy ish staji 25 yil boMgan erkaklar hamda 55 yoshga 
toMgan va umumiy ish staji 20 yil boMgan ayollar egadir. Har 
bir qo‘shimcha ish yili uchun 1 % miqdorida pensiya qo'shiladi. 
Pensiya sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya 
yoshi kam boMganda, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa 
mehnat staji kam boMganda ham tayinlanadi.
Xodim (homilador ayol, 14 yoshga toMmagan bolasi, 16 yoshga 
toMmagan nogiron bolasi bor ayol yoki oilaning betob a'zosini 
parvarish qilish bilan band boMgan shaxsjning iltimosiga ko‘ra, 
ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toMiqsiz ish kuni 
yoki toMiqsiz ish haftasi belgilashga majburdir. ToMiqsiz ish 
vaqti tayinlangan xodimga ishlagan vaqti yoki ishlab chiqargan 
mahsulotiga mutanosib ravishda haq toManadi.
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dam olish vaqti xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli 
bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan 
vaqtdir. Dam olish vaqti quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) xodimga ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish 
uchun beriladigan tanaffus (uning aniq muddati ichki mehnat 
tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish 
beruvchi o‘rtasidagi kelishuvda belgilab qo‘yiladi, bu tanaffus 
ish vaqtiga kiritilmaydi);
2) ish tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi 
o‘rtasidagi kunlik dam olish vaqti (uning muddati 12 soatdan 
kam bo‘lishi mumkin emas);
3) dam olish kunlari (besh kunlik ish haftasida xodimlarga 
haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa bir 
dam olish kuni beriladi, umumiy dam olish kuni — yakshanba);
4) bayram (ishlanmaydigan) kunlar. 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida quyidagi kunlar bayram kunlaridir:
• 1-yanvar — Yangi yil bayrami;
• 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
• 21-mart — Navro'z bayrami;
• 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
• 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
• 1-oktabr — 0 ‘qituvchilar va murabbiylar kuni;
• 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
• Ramazon hayiti (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi 
kuni;
• Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha) diniy bayramining birinchi 
kuni;
5) ta’tillar. Barcha xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini 
tiklash uchun ish joyi va o'rtacha ish haqi saqlangan holda 
yillik mehnat ta’tillari beriladi. Muddati olti kunlik ish haftasi 
hisobidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan 
yillik asosiy ta’til beriladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga hamda 
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga o'ttiz taqvim kunidan 
iborat yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi;
6) yillik qo‘shimcha ta'tillar:
• mehnat sharoiti noqulay va alohida tusga ega bo'lgan ish- 
larda band bo'lgan xodimlarga;
• og‘ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan 
xodimlarga;
29
www.ziyouz.com kutubxonasi


• mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjat- 
larda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan va 
boshqa hollarda beriladi.
Xodimga oilaviy sharoiti va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra, 
uning arizasiga binoan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi 
mumkin.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish