Avtomobillarni qismlarga ajratish va yig'ish jarayonlarining mukammallashuvi nimalardan iborat?
Detallarni nuqsonlar bo'yicha saralashning va komplekllashning istiqbolli usullari nimalardan iborat?
Avtomobillarni sinashning va ularni bo'yashning qanday istiqbolli usullari mavjud?
Avtomobillarni tubdan ta'niirlashni tashkil etish
Avtomobillarni ta'mirlash korxonalarining turlari. Ishlab chiqarish masshtabi (ko'lami), vazifasi (ixtisoslashuvi) va ishlab chiqarish turiga bog'liq holda, avtomobillarni la’mirlash korxonalari bir nccha turga bo'linadi.
Ishlab chiqarish masshtabi bo'yicha avtomobillarni ta'mirlash korxonalari ikki: ta’mirlash korxonalari va ta'mirlash ustaxonalari guruhiga bo'linadi Avtomobillarni ta’mirlash korxonalari jamoa- sining asosiy vazifasi bo'yicha, ixtisosligini hisobga olgan holda turlarga bo'linishi mumkin bo'lib, bu ularning har bin ishlab chiqaradigan tovar mahsulotining turi bilan belgilanadi. Avtomobillarni ta’mirlash korxonalari quyidagi turlarga bo'linadi:
avtomobillarni ta'mirlash korxonalarining tovar mahsuloti bo'lib ta’mirlangan avtomobillar hisoblanadi;
to'liq koniplektli avtomobillar va ularning agrcgatlarini ta’mirlash korxonalari. Ular avtomobillarni va agregatlar komplektini ta’mirlaydi. Uning tarkibiga motorlarni ta'mirlash qo'shilishi yoki qo'shilmasligi mumkin;
tayyor agregatlarda yoki faqat tayyor motorda avtomobillarni ta’mirlash korxonalari. Bunday korxonalaming tovar mahsuloti bo'lib ta’mirlangan avtomobillar hisoblanadi;
to'liq yoki to'liq bo'lmagan avtomobil agrcgatlarini ta'mirlash korxonalari. Bunday korxonaning tovar mahsuloti bo'lib avtomobiining io‘liq komplekt agregatlari, cheklangan turdagi agrcgatlar yoki faqat motori va kuch uzatish agregatlari hisoblanadi;
to'liq komplektli tirkama (pritsep) ni ta’mirlash va ishlab chiqarish korxonalari. Ularning tovar mahsuloti bo'lib ta’mirlan- gan va ishlab chiqarilgan tirkamalar va yarim tirkanialar hisoblanadi;
detallarni yoki alohida yig'ish birliklarini (akkumulatorlar batareyalarini, elektr jihozlari va ta’minlash tizimi asboblari, ku- zov, kabina, ramalar, ressorlar, shinalar, kardan vallari, radia- torlar va boshqalarni) ta’mirlash korxonalari. Ularning tayyor mahsulotlariga ta'mirlangan detallar va yig'ma birliklar kiradi.
Ishlab chiqarish xili, bu — ishlab chiqarish turini ko'rsatuvchi kategoriya bo'lib, nomenklatura kengligining belgilari, munta- zamligi, barqarorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo'yicha guruhlarga bo'linadi. Ishlab chiqarish yakka, seriyali, ommaviy turlarga bo'linadi. Ishlab chiqarish xilining asosiy xarakteris- tikalaridan biri bo'lib opemrsiyalaming mustahkamlik koeffitsi- yenti hisoblanadi, u miqdor jihatdan barcha turdagi operatsiyalar- ning bir oyda bajarilgan sonining ish joylari soniga nisbatini ko'rsatadi.
Yakka ishlab chiqarish hir turdagi buyumlarning kam hajmda ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Bu buyumlarni qayta ishlab chiqarish va ta'mirlash, odalda, nazarda tutilmaydi. Yakka ishlab chiqarish ta'mirlash ustaxonalari uchun xosdir. Bunda avtomobillar va ularning agregatlari, odatda, tanlamaslik usulida ta’mirlanadi. Unda qo'llaniladigan uskuna va asboblar universal vazifalarni bajaradi, jarayonlarni mexanizatsiyalash darajasi past, ishchi xodimlar malakasining yuqori va kcng profilli bo'lishi talab etiladi.
Seriyali ishlab chiqarish partiyalab davriy ravishda qaytarilib turiladigan buyumlarni ishlab chiqarishda va ta'mirlashda namoyon bo'ladi. Partiyadagi yoki seriyadagi buyumlarning soniga va ope- ratsiyaning mustahkamlik koeffltsiycntiga bogiiq holda kichik seriyali, o'rtacha seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishlarga bo'linadi. Operatsiyaning mustahkamlik koeffitsiyenti kichik seriyali ishlab chiqarish uchun 20...40. o'rtacha seriyali ishlab chiqarish uchun 10...20, katta seriyali ishlab chiqarish uchun esa I ...10 ni tashkil qiladi. Seriyali ishlab chiqarish uchun maxsus moslamali va asbobli universal uskunalnrdan foydalanish xosdir. O’rtacha va katta seriyali ishlab chiqarishda oqim (potok) usulida la’mirlash qo'llaniladi. Seriyali ishlab chiqarishda texnologik uskunalarguruh va oqim prinsiplariga asoslangan aralash usulda joylashtiriladi. Ish- chilarning malaka darajasi keng oraliqda icbranib turadi va seriyalilik darajasining ortishi bilan kamayib boradi.
Ommaviy ishlab chiqarish buyumlarning katta hajmda ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi, unda ishlab chiqarish yoki ta’mirlash to‘xtovsiz uzoq vaqt davomctadi, bu vaqt oralig'ida ko'pchilik ish joylari faqat birgina ish opcratsiyasini bajaradi. Unda operatsiyaning mustahkamlik koeffitsiycnti ommaviy ishlab chiqarish uchun I ga tcng qilib olinadi. Наг bir ish joyi uchun faqat birgina texnologik operatsiyaning birkitib qo'yilishi maxsus uskunalarni keng qo'llash, mehnat ko'p sarflanadigan jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayonida konveyerlarni qo'llash imkonini yaratadi. Bunda ishchilarning malakasiga boMgan talab sezilarli darajada pasayadi.
Yakka ishlab chiqarish prinsipi bo'yicha avtomobillarni ta’mirlash ustaxonalarida katta yuk ko‘tarish xususiyatiga ega bo'lgan avtomobillarni va turli rusumdagi aviobuslarni ta’mirlash mumkin. Tirkamalarni ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalarda va ustaxo- nalarda olib boriladi. Seriyali ishlab chiqarish avtomobillarning asosiy xillarini va agrcgatlarini ta’mirlash korxonalarida lamir- lanishi bilan tavsiflanadi. Ommaviy ishlab chiqarish sharoitiga motorlar va boshqa agregatlarni hamda yig'ish birliklarini ta'mirlash jarayonlari yaqinlashmoqda. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashgan, yirik va barqaror hajmdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ta'mirlash korxonalarida olib boriladi.