Nazorat savoUari
Asosiy ta'mirlashdan chiqqan avtomobiining sifati texnik nazorat xizmati xodimlari tomonidan bir qator parametrlar va ularning texnik shartlarga mos kelishi bo'yicha belgilanadi. Ayrim ko‘rsatkichlar subyektiv ravishda baholanadi. Ko'plab ta’mirlash korxonalarining tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ta'mirlash sifatini aniqlash uchun maxsus asbob va uskunalar bilan jihozlangan nazorat postlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekan. Postlarda ta'mirlangan avtomobiining holati aniqlanadi. Masalan, dinamometrik stend yordamida motor quvvati, yonilg‘i sarfi, transmissiyaning foydali ish koeffitsiyenti, shovqin darajasi va boshqa parametrlar ko‘rib chiqiladi. Alohida postlarda avtomobil tormozi va boshqa tizimlarning faoliyati aniqlanadi. Tormozlarni tekshirish chog'ida g'ildiraklardagi tormoz kuchi, tizimning ishga tushish vaqti, turli g'ildiraklarning bir vaqtda tormozlanishi va tormozlanishdan ozod bo'lishda qadalib qolishlar bo'lmasligi aniqlanadi. Boshqariladigan g'ildiraklarning burilishini hamda o'rnatilish burchaklarini, avtomobil o'qlaridagi va ko'priklaridagi egilishlarni tekshirish uchun ham postlar nazarda tutiladi. Alohida postda motorni moylash, sovitish, elektr jihozlar tizimlaridagi nosozliklar nazorat qilinadi va faralar rostlanadi. Ta'mirlangan avtomobiining sifati, yuguruvchi barabanli stendda ham aniqlanishi mumkin. Stendda motor, transmissiya agregatlari va yurish qismining ishlashi tekshiriladi, shuningdek, avtomobilni asosiy ishlatish texnik sifatini belgilovchi quyidagi ko'rsatkichlar aniqlanadi: motorning quvvati, yetakchi g'ildiraklardagi tortish kuchi, turlicha tezlik va yuklanishlar rejimidagi yonilg'i sarfi, belgilangan tezlikkacha tezlanish vaqti va yo’li, transmissiya va yurish qismidagi ishqalanish hisobiga quwatning yo'qotilishi, belgilangan tezlikdagi ruxsat etilgan eng katta tormoz yo'li, tormoz mexanizmlarining jadalligi va bir vaqtda ishlashi, boshqariladigan g'ildiraklarning o'rnatilish burchaklari rostlanganligi va boshqalar.
BOB. AVTOMOBIL KORXONALARIDA MEHNATNI ME’YORLASH ASOSLARI
(5?h) Mehnatni (cxnik me’yorlash usullari
Me’yorlashning asosiy vazifasi belgilangan ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni ilniiy asoslangan holda aniqlashdan va texnologik jarayonni o‘rganish asosida mehnatni tashkil qilishni mukammallashtirish uchun zaxiralar topishdan iborat.
Bajariladigan isning turiga qarab, ta’mirlash mehnatini me’yorlashning ikki shakli qoMlaniladi: mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan vaqt me’yori Tm va vaqt birligi ichida ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini bclgilovchi ishlab chiqarish mc’yori T Korxonada ishchi smena davomida turli ta’mirlash operatsiyalarini bajarsa, ularning mehnatini me’yorlash uchun vaqt mc’yori qo'llaniladi. Agar ishchi smcna davomida bir turdagi ishni bajarsa, mehnatni me’yorlash uchun smcna davomidagi ishlab chiqarish me’yori qo'llaniladi. Ishlab chiqarish me'yori va vaql me'yorlari o'rtasida quyidagi bogManish mavjud:
Vaqt me’yorining kamayishiga bogMiq holda ishlab chiqarish me’yorining oshishi yoki kamayishi quyidagi ifodalardan aniqlanadi:
у _ 100 ■ X ' v 100 Y
100 - Л'* ' 100 + к ' bunda: У— ishlab chiqarish me’yorining ortishi, %; A'—vaqt me’yorining kamayishi, %.
Vaql me’yori quyidagi vaqt sarflarining yigMndisidan iborat:
bunda: 7n — tayyorgarlik-tugatisli vaqti; T —operatsiya vaqti; 7q — qo'shimcha vaqt sarfi; n — ishlov berilayotgan dctallar soni.
Tayyorgarlik-tugatisli vaqti deganda, ishchining dastlabki ish bajarish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalarini. chizma va ish joyini tayyorlash, uskuna va asbobni ishni bajarishga moslash hamda ishni tugatish bilan bog'liq bo'lgan harakatlar uclum sarflangan vaqtlar majmuasi tushuniladi. Tayyorgarlik-tugatisli vaqti har bir alohida ishni bajaiishda bir marotaba sarflanadi, lining davomiyligi ish ning hajmiga va turiga bog'liq emas, bundan shunday xulosa 270 kelib chiqadiki, bir turdagi buyumlar soni qancha ko'p bo'lsa, mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi tayyorgarlik-tugatish vaqti shunchalik qisqa bo'ladi.
Operatsiya vaqti asosiy va yordamchi vaqtlardan iborat:
T = T + T .
op i\ yo
Bolg'alasVi va boshqalar natijasida, ishlov berilayotgan detaining shakli, o'lchamlari va xususiyatlari hamda yig'ish ishlari natijasida detal va qismlarning o'zaro joylashishi ham o'zgaradi. U mexanizatsiyalashtirilgan, aralash (mexanizatsiya qo'llab hamda qo'lda) va qo'lda bajariladigan turlarga bo'linadi. Ayrim hollarda uskuna avtomatik ravishda ishlaganda, ishning ma’lum qismi qo'lda bajarilishi mumkin, bulling uchun sarflangan vaqt mexanizatsiyalashtirilgan vaqtga qo'shiladi. Shuning ucluin ham qo'lda bajarish vaqti, mashinada bajariladigan vaqt bilan qoplanadigan va qoplanmaydigan bo'lishi mumkin, uni vaqtni mc’yorlashda, albatta, hisobga olish kerak.
Yordamchi vaqt asosiy ishning bajarilishini ta'minlaydi. Unga ishlov beriladigan detalni o'rnatish, qotirish va ishlov berilgan detalni chiqarib olish, uskunani boshqarish, asboblarni almashtirish va boshqa vaqt sarflari ham ketadi.
Qo'shimcha vaqt ish joyiga tashkiliy-texnik xizmat ko'rsatish, ishchining dam olishi uchun sarflanadi. Tashkiliy-texnik xizmat ko'rsatish vaqti asbobni almashtirishga, uni rostlashga, moylashga va uskunani tozalashga, uni ko'zdan kechirishga va ishlatib ko'rishga sarflanadi.
To'liq vaqt me’yori tarkibida bir dona detalni ishlab chiqish vaqt me’yori ham yotadi, uning qiymati
T, = T + T ,
Do'stlaringiz bilan baham: |