Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet22/78
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#552098
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
Iymon qo\'shigi

Nazorat savoUari

  1. Payvandlash jarayonining mohiyatini tushuntirib bering

  1. Payvandlashning qanday turlari ta'mirlash jarayonida qo'llaniladi?

  2. Asetilen gazi qaysi uskunada, qanday olinadi?

  3. Detallarni gaz alangasida payvandlash jarayonini tushuntirib bering.

  4. Gaz alangalari turlarini aytib bering

  5. Misdan va jezdan yasalgan detallarni payvandlash jarayoni qanday olib borilishini tushuntirib bering.

(3.4?) Detallarni elektr yoy vositasida payvandlab ' ta'mirlash
Elektrod bilan detal o‘rtasida hosil bo'lgan elektr yoy ta'sirida detaining nietali suyuqlantirilib, payvandlash amalga oshiriladi.
Oddiy sharoitda elektrod bilan detal oralig‘idagi havoli muhit elektr tokini o'tkazmaydi. Gazli muhit tok o'tkazuvchan bo‘lishi uchun uni ionlashtirish kerak, ya’ni gazli muhitda yetarli darajada erkin elektronlar va ionlar hosil qilish kerak.
Elektr payvandchi elektrodni detalga tekkizish bilan elektr yoy yonganda elektrod uchi bilan detal yuzasi orasida nozich kontakt (tutashish) hosil boMadi, natijada elektrod uchining dctal yuzasiga tegib turgan nuqtasi yuqori temperaturagacha qiziydi. Payvandchi elektrodni detaldan ajratgan paytda detal bilan elektrod orasidagi havoli muhit tok o'tkazuvchan bo'lib qoladi, chunki bu oraliq metall bug'i va gazlarning ionlashgan zarrachalari bilan to‘yingan bo'ladi.

Shu sababli elektrod bilan detal ora­sida elektr toki uzluksiz o'taveradi va elektr yoyning yonishi uzluksiz davom etadi.
Elektr yoy zaryadi haddan tashqari yorug* nurlanishi va yuqori temperaturaga (6000—
7000°C) ega bo'lishi bilan ajralib turadi.
3.10-rasmda payvandlashdagi elektr yoyning tuzilish sxemasi keltirilgan. Katod dog'i erkin elektronlarning nurlanish manbayi hisoblanadi. Katod materialining qaynash temperaturasiga (temir uchun 3500°C) yaqin bo'ladi. Katod dog'ida umumiy issiqlikning 36 % i ajralib chiqadi. 3 jq. rasm
Yoyning gaz ustuni elektrod va detal ora- Payvandlashdagi elektr sidagi hajmning kattagina qismini tashkil yoyning tuzilish qiladi, unda elektron va ionlarning ko'chishi sxemasi.
sodir bo'ladi, temperature esa 6000, .7000 °C ga yetadi. Yoy ustunida umumiy issiqlikning 21% iga yaqini ajralih chiqadi. Anod dog‘i payvandlanadigan detallar erkin elektronlarning anod yuzasiga kirish va neytrailashish joyi hisoblanadi. Anod dog'ining tem- peraturasi taxminan 4000 °C atrofida bo'ladi. Elektronlar oqimi­ning urilishi payvandlashda anodda katodga qaraganda ko'p issiqlik ajralib chiqishiga sabab bo'ladi (yoy umumiy issiqligining 43% ini tashkil qiladi).
Issiqlikning katod (36% ga yaqin) va anod (43% ga yaqin) dog'larida turlicha taqsimlanishi detallarni o'zgarmas tok bilan payvandlash amaliyotida qo'llaniladi. Agar elektr payvandlashda detal anod, elektrod esa katod vazifasini bajarsa, bunday sxema to‘g‘ri qutbli, agar, aksincha bo'Isa, teskari qutbli sxema deyiladi. Yupqa, qalinligi 2,5 mm gacha bo'lgan detallarni payvandlashda ularni kuydirib yubormaslik maqsadida teskari qutbli sxemadan foydalaniladi. Bu sxemadan ayrim legirlangan po'latlarni va cho‘yanni sovuq holda po'lat elektrodlar bilan payvandlashda ham foydalaniladi, chunki bu holda payvandlanadigan detal qizib ketmasligi maqsadga muvoflqdir.
Payvandlash toki o'zgaruvchan bo'lsa, payvandlashda qutblilik davriy ravishda o'zgarib turadi.
Elektr yoyning ta’minlanish manbayi (elektr yoy 25...40 V kuchlanishda barqaror yonadi) payvandlash turiga va qoMlaniladigan tokning o'zgaruvchan yoki o'zgarmasligiga qarab, turlicha bo'lishi mumkin. o'zgaruvchan tokli ta’minlash manbalari tejamliroq bo‘ladi. Payvandlashda o'zgarmas tok o'zgaruvchan tok bilan payvandlashning iloji bo'lmagan hollarda, masalan, yupqa metallarni payvandlashda qo'llaniladi.
Elektr yoyni 2—4 mm masofada ushlab turish uchun 18—22 V kuchlanish zarur. Yoy hosil qilishdagi kuchlanish esa yoyni ushlab turishdagi kuchlanishdan kattaroq boMishi kerak. Elektr yoyni hosil qilish uchun kuchlanishi 25—40 V boMgan generatorlar yoki kuchlanishi 55...65 V bo'lgan transformatorlar boMishi kerak.
Elektr yoy vositasida qoMda payvandlashda elektrod bilan detal orasidagi masofa uzluksiz o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham undagi tok kuchining qiymati davriy ravishda o'zgarih turadi. Metall ni ravon suyultirish uchun tok kuchining o'zgarishi uncha katta boMmasligi kerak. Bundan tashqari, payvandlashda qisqa tutashuvlar sodir bo'ladi. Bu holda kuchlanish deyarli nolgacha kamayadi, tok kuchi esa ortib ketadi. Shuning uchun payvandlashda payvandlash toki manbayi payvandlash zanjiridagi qisqa tutasluivlarga bardosh berishi lozim, ya’ni payvandlash toki ortganda yoy kuchlanishining keskin pasayishini ta'minlash kerak.
Metallarni elektr yoy bilan suyuqlantirishda quyidagi hodi- salar sodir bo'ladi: suyuqlantirilgan metallning oksidlanishi; suyuqlantirilgan metallning azot va vodorod bilan to'yinishi; legir- lovchi komponentlarning kuyishi va metall uchqunlarining atrofga sachrashi.
Kcltirilgan hodisalarning oldini olish uchun elektrodga ma’lum talablar qo‘yiladi: gaz hosil bo‘lishining oldini olish uchun elektrod simida zang va oksid qatlamlari bo'lmasligi, elektrod materiali kam uglcrodli bo'lishi, metallning ravon suyuqlanishi uchun elektrod tarkibida marganes bo'lishi kerak. Talab qilingan kimyoviy tarkibga va mexanik xususiyatlarga ega bolgan payvand chokni hosil qilish uchun elektrod simi tarkibida payvandlash jarayonida yonib ketadigan komponcntlar bo'lishi kerak. Elektrodning suyuqlanish temperaturasi payvandlanadigan detal asosiy metalining suyuq­lanish temperaturasiga yaqin bo'lishi kerak.
Elektrod qoplamalari elektr yoyning barqarorligini oshiradi, suyuqlangan metall tomchilarini havodagi kislorod va azotdan saqlovchi gaz pardasini hosil qiladi, metallning sovishini sekinlashtiradi, buning natijasida chok va uning strukturasi zichligi oshadi hamda payvand chokka legirlovchi komponentlar kiradi.
Elektrod qoplamalari yupqa (0,1 ...0,25 mm) va qalin (0,5... 1,5 mm) bo‘ladi. Yupqa qoplamalar yoy oralig‘ining elektr o'tkazuv- chanligini oshirish va payvandlash tokining kuchlanishini pasay- tirish uchun ishlatiladi. Bunga qoplama materialiga nisbatan past ionlanish potensialiga ega bo'lgan moddalar qo’shish orqali erishiladi. Bunday moddaiarga bo‘r, marmar, titan ikki oksidi va boshqalar kiradi. Eng ko'p tarqalgan qoplamalarga bo'rli qoplamalar kiradi. Suyuqlangan metalini havo ta'siridan saqlash uchun qalin qopla- mali elektrodlardan foydalaniladi, bunday elektrodlar metalldagi asosiy elementlarning kuyib ketishini kamaytiradi va suyuq­lantirilgan metalini kerakli elementlar bilan legirlash uchun qo'lla­niladi.
Elektrod qoplamalari tarkibiga barqarorlovchi (bo‘r, potash), gaz hosil qilib himoyalovchi (kraxmal, yog‘och uni), shlak hosil qilib himoyalovchi (dala shpati, kvars va b.), legirlovchi (fcrroxrom, ferrosilitsiy, ferrotitan, ferromolibden va b.) komponentlar kiradi.
Barqarorlovchi komponentlar barqaror yoylar hosil qiladi, chunki bo'r va potash oson ionlanadigan komponentlardandir. Suyuqlangan metalini havo kislorodidan va azotdan himoyalovchi komponentlar himoya qiladi. Bu komponentlarga shlak hosil qiluvchi moddalar kiradi. Gaz hosil qiluvchi moddalar yotiganda elektr yoy atrofida suyuqlangan metall tomchilarini havo ta’siridan himoya qiluvchi gaz pardasi hosil qilinadi. Gaz pardasi qaytarish xususiyatiga ega boMgan gazlar (CO, H2 va boshqalar) dan iborat. Shlak hosil qiluvchi komponentlar suyuqlanganda suyuq shlaklar hosil qiladi, ular suyuq- langan metallni zich qatlam bilan qoplab, havo ta’siridan himoya qiladi, chokning sovish tezligini kamaytiradi va sifatli payvand choklar hosil boMi- shiga yordam beradi. Legirlovchi komponentlar esa suyuqlangan metallni xrom, kremniy, titan, molibden va boshqa legirlovchi elementlar bilan boyitadi.

Elektr payvandlashda elektr yoyi- ni iloji boricha qisqa masofada ushlab turish lozim. Unda suyuqlan- gan metallga havo kamroq ta'sir qilib, chokning mustahkamligi oshadi, qisqa yoyli (2—3 mm) payvandlashda ish kuchlanishi 11 — 18 V, uzun yoyli (5—6 mm) payvandlashda 25 V boMadi.
Flus qatlami ostida payvandlash (suyuqlantirib qoplash). Bu usulda payvandlash (suyuqlantirib qoplash) da elektr yoy 11 us bilan cheklangan bo'shliqda yonadi (3.11- rasm).
Manba 7dan ta’minlanuvchi elektr yoy 6 ning yonish sohasiga oMchamlari 1—4 mm boMgan donador flus 3 nay 2 vositasida avtomatik ravishda to’kiladi hamda uzatkich 4orqali elektrod simi uzatiladi. Yuqori temperatura ta’sirida flusning bir qismi erib, yoy atrofida undan gumbaz 5 hosil boMadi, u esa detal 9 ustidagi suyuqlangan metall 8 ni havodagi azot va boshqa clementlarning ta'siridan himoya qiladi. Natijada suyuqlangan metall yuqori plas- tiklikka ega boMadi, chunki unda kislorod miqdori qoMda payvand- langandagiga qaraganda 20 marotaba, azot miqdori esa 3 marotaba kam boMadi. Bundan tashqari, erigan flus qatlami 7 metallning sachrashi va uning kuyishini kamaytiradi, suyuqlantirib quyilgan metall # yaxshi qoplama hosil qiladi, yoy issiqligidan va elektrod simidan foydalanishni yaxshilaydi. Sovishda hosil boMgan shlak qatlami 7suyuqlangan metallni sekin sovitadi va undagi struktura o'zgarishlarini yaxshilaydi.
Metallning sachrashi va kuyishi natijasida isrof boMishi 2—4 % dan oshmaydi. Elektrod si mini ng chiqishini 15...20 mm gacha kamaytirish hisobiga ish unumini 8—10 marotaba oshirish mumkin. Suyuqlantirib qoplash to‘g‘ri qutbli. kuchlanishi 25.. 40 V boMgan

o'zgarmas tokda olib boriladi. Suyuqlantirib qoplash dastgohi sifatida tokarlik dastgohidan foydalaniladi, unda reduktor yordamida shpindelning 0,2...0,5 min-1 aylanish chastotasini hosil qilish mumkin.
Flus qatlami ostida payvandlash (suyuqlantirib qoplash) ning kamchiligi elektr yoyini ko'nb bo’lmaslik hisoblanadi. Bu esa payvandlashda murakkab shaklga ega bo'lgan choklarni olishni qiyin- lashtiradi, flus ko'p sarflanadi, narxi yuqori bo'ladi.
Fluslar donador moddalar aralashmasi bo'lib, eriganda ta’mir- lanadigan detaining sirtini qoplovchi shlak hosil qiladi. Fluslar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

  • erigan metalini havodagi kislorod va azotning salbiy ta’si- ridan himoya qilish;

  • elektr yoyining turg'un yonishini ta’minlash;

  • suyuq metallning qotish jarayonini sekinlashtirish va payvandlash davrida hosil bo'lgan gazlarning chok metalidan ajralib chiqishi uchun qulay sharoit tug'dirish;

  • issiqlikning atrof-muhitga tarqalishini, elektrod metalining kuyishi va sachrashi natijasida sarf bo'lishini kamaytirish;

  • chok sirtida hosil bo'lgan shlaklaming oson ajralishi. Vazifasiga ko'ra fluslar: uglerodli, kam icgirlangan va yuqori

darajada legirlangan po'latlarni, rangli metall va qotishmalarni payvandlash uchun ishlatiladigan xillarga bo'linadi. Kimyoviy tarkibi jihatdan fluslar marganessiz, kreniniy va marganes miqdori ko‘p bo'lgan hamda kislorodsiz, ftoridli xillarga bo'linadi.
Eritilgan fluslar murakkab silikatlardan iborat bo'lib, xususiyat- lari shishaga yaqin bo'ladi. Ularning suyuqlanish temperaturasi I200°C atrofida. Ta'mirlash korxonalarida ko’proq tarkibida 35...43 % marganes oksidi bo‘lgan suyuq AH-348N, ОСЦ-45 va AH-15 fluslari ishlatiladi. Fluslar maydalangan komponentlar aralash- masining suyuq shisha bilan aralashmasi bo'lib, ko'p xossalari bo'yicha qalin qoplamali elektrodlarga o'xshab ketadi. Keramik flus donachalarining o'lchami 1—3 mm atrofida bo'ladi.
Elektrod metall simdan iborat bo’lib, uning sirti maxsus qoplama bilan qoplanadi. Elektrod qoplamalari tarkibiga barqarorlashtruvchi, shlak hosil qiluvchi, gaz hosil qiluvchi, qay- taruvchi va biriktiruvchi komponentlar qo'shiladi. Ta’mirlash korxonalarida Нп-30, Нп-50Г, Нп-30Х5, Нп-45Х4133Ф markali elektrodlar kcng tarqalgan. Yorilgan detallarni ta’mirlashda diametri 2,5...5,5 mm bo‘lgan kukun holidagi metaldan yasalgan simlar ko’proq ishlatiladi.
Payvandlash toki ortishi bilan elektr yoy gazlarining bosimi ortadi, suyuqlangan metall jadal ravishda elektr yoy ostidan siqib chiqarila boshlaydi, bu esa suyuq metall qatlamining kichiklashuviga va eritish chuqurligining oshishiga olib keladi. Mazkur jarayon barqaror kechishi uchun payvandlash toki oshishi bilan elektrod simining uzatilish tezligini oshirish kerak. Elektr yoyning kuchlanishi tok miqdoriga va elektrodning diametriga bog'liq. Odatda, kuchlanish 300...500 V atrofida bo'ladi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish