Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

16-§. Rasmiy ekspertiza 
159. Agentlik patent berishga talabnoma bo‘yicha Qonunnning 
20-moddasiga 
muvofiq 
rasmiy ekspertiza va ixtiroga talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy texnik ekspertizadan iborat 
bo‘lgan davlat ekspertizasini o‘tkazadi.
160. Qonunnning 
21-moddasiga 
muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Agentlikka 
kelib tushgan sanasidan ikki oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi. 
161. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko‘ra rasmiy ekspertiza ko‘rsatilgan 
muddat o‘tmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan 
boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qo‘shimcha patent boji to‘lamasdan o‘z 
tashabbusiga ko‘ra tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. 
Agar talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda talabnoma foydali modelga talabnomaga 
o‘zgartirilgan holda uni ixtiroga talabnoma sifatida ko‘rish to‘xtatiladi va talabnoma beruvchi bu 
haqida xabardor qilinadi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib 
tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan boshlash haqidagi 
iltimosnomani chaqirib olish) Qonunnning 20-moddasi 
ikkinchi qismida 
ko‘zda tutilgan talabnoma 
beruvchining patent boji to‘lamasdan o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar 
kiritish huquqi tiklanmaydi. 
162. Rasmiy ekspertiza o‘tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma tarkibida bo‘lishi yoki unga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning 
mavjudligi; 
b) ixtiro mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan belgilangan talablarga rioya 
qilinganligi; 
v) Qonunnning 14-moddasi 
to‘rtinchi qismida 
ko‘zda tutilgan hollarda talabnoma topshirish 
tartibiga, jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va 
to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi; 
g) talabnoma ixtiro sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid taklifga berilganligi; 
d) talabnoma bo‘yicha Agentlikka kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlikni so‘rash 
asoslanganligi; 
e) ixtironi XPTning amal qilayotgan tahriridagi tasniflanishi to‘g‘riligi (agar talabnoma 
beruvchi tomonidan tasniflanmagan bo‘lsa tasniflanadi). 
163. Ro‘yxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda 
boj to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki ko‘rsatilgan patent 
bojini to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini 
tasdiqlaydigan hujjat bo‘lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni talabnoma 
materiallari kelib tushgan sanadan yoki ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lgan obyektlar ko‘rsatilgan 
sanadan e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada 
keltirilgan obyektlarning hammasi uchun to‘lanmagan bo‘lsa) taqdim etish zarurligi haqida 
bildirishnoma yuboriladi. 
164. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam to‘lagan bo‘lsa, 
talabnoma beruvchiga bildirishnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida talabnomani 
topshirish uchun to‘lagan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish 
haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan miqdordagi patent 
bojini belgilangan muddatda to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro 
uchun talabnoma bo‘yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar 
guruhiga talabnoma bo‘yicha esa ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar 


bo‘yicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida ko‘rsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada 
birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha o‘tkazilishi haqida xabar beriladi. 
Agar patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda, talabnoma 
materiallarida rasmiy ekspertizani ko‘rsatilgan muddat o‘tmasdan boshlash haqidagi iltimosnoma 
bo‘lsa, talabnoma beruvchi patent boji to‘langanligiga oid hujjat olinmagunga qadar bu iltimosni 
qanoatlantirish mumkinmasligi haqida xabardor qilinadi. 
Patent bojini to‘lashga oid bilidirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari 
ro‘yxatga olingani haqidagi bildirishnoma bilan birga yuborilishi mumkin. 
165. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qo‘yilgan talablarga rioya 
qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklarni ko‘rsatib, zarur 
huquqiy asoslarni keltirgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan 
sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi. 
Quyidagilar so‘rovnoma yuborish uchun asos bo‘ladi: 
a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 
5-bandida 
ko‘zda tutilgan hujjatlardan birortasi 
bo‘lmasa; 
b) talabnoma patent vakili orqali topshirilganda ishonchnoma yo‘qligi yoki uni 
rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi
v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda; 
g) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik 
shaxslar tomonidan talabnoma Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali 
topshirilmaganda, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro bitimlarda talabnomani 
bunday topshirish ko‘zda tutilgan tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa; 
d) patent berish to‘g‘risidagi arizada ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan rekvizitlar, imzolar, 
muhr (zarur bo‘lganda) yo‘qligi; 
e) patent bojlari to‘g‘ri to‘langanligi bilan bog‘liq savollarni aniqlash zaruriyati;
j) talabnoma hujjatlarining o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi yo‘qligi, agar ular boshqa tilda 
topshirilgan bo‘lsa; 
z) mikroorganizm, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari liniyasi shtammi vakolatli 
kolleksiya-depozitariyda deponentlangani haqidagi hujjat yo‘qligi; 
i) hujjatlardan bevosita nusxa ko‘chirishga, ularni saqlashga to‘sqinlik qiladigan va/yoki 
patent tavsifini nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga, 
hoshiyalarning o‘lchamlariga va h.k.larga qo‘yilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini 
o‘qishni qiyinlashtiradigan bosma sifati va h.k.) aniqlanganda; 
k) ixtiro tavsifida ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan biron-bir bo‘limning yo‘qligi (agar 
tegishli bo‘limda bayon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar boshqa bo‘limda keltirilgan bo‘lsa 
so‘rovnoma yuborilmaydi), va shuningdek, ixtiro formulasida yoki tavsifida biron-bir belgi ta’rifini 
ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirish;
l) talabnomada hamma tanisha olmaydigan adabiyot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi 
ba’zi ma’lumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan holda; 
m) formula bandini bitta gap ko‘rinishida bayon qilish talabi buzilganligi; 
n) ixtiro formulasida huquqiy muhofaza so‘ralayotgan ixtiro turi ko‘rsatilmaganligi; 
o) ixtiro formulasida tegishli obyekt belgilari o‘rniga uning ishlatishdagi ko‘rsatkichlari va 
iste’mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va/yoki undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va 
hodisalar haqida ma’lumotlar mavjudligi; 
p) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan ixtiro nomi tavsifda 
va formulada keltirilgan nomiga mos emasligi; chizmalar ixtiro tavsifiga mos emasligi va h.k.). 
r) talabnomada avvalroq ustuvorlik so‘rash bilan bog‘liq savollarni aniqlash zaruriyati; 
166. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni yoki ularni 
topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 
10-§ ida 
ko‘zda 
tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi 
va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi. 


167. O‘tkazib yuborilgan muddat Agentlik tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom 
ettirilishi mumkin. 
168. Talabnoma mohiyatini biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida 
Agentlik talabnoma berilgan ixtironi XPTning amaldagi tahriri bo‘yicha tasniflaydi. 
Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
talabnoma rasmiy ekpertizasini o‘tkazishda; 
talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda; 
tasniflash “XPTga Kirish” da belgilangan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. 
Talabnoma berilgan ixtiro formulasi tasniflashda tasnif indekslarini tanlash uchun asos 
bo‘ladi. Ixtiro mohiyatini to‘liqroq tushunish uchun tavsif va chizmalardan foydalaniladi. Agar 
talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni ichiga olgan bo‘lsa, barcha mos 
tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks ixtiro nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza 
bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish 
jarayonida o‘zgartirilishi mumkin. 
169. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli obyektlarga oid bo‘lmagan 
taklifga berilganligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad etish uchun asos 
bo‘ladigan dalillarni keltirgan holda va ularni rad etish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi. 
Talabnoma beruvchi, shuningdek, so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida 
ko‘rsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmagan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb 
hisoblanishi haqida xabardor etiladi. 
O‘tkazib yuborilgan muddat Agentlik tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom 
ettirilishi mumkin. 
Agar talabnoma beruvchi o‘z javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan bo‘lsa, patent 
berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. 
170. Talabnoma berilgan taklif formulaning mustaqil bandida ifodalangan ko‘rinishida 
ushbu Qoidalarning 
3-bandida
 keltirilgan takliflar ro‘yxatiga mos bo‘lsa, patentga layoqatli ixtiro deb 
tan olinmaydi. 
Agar talabnoma berilgan taklif ko‘p zvenoli formulada ta’riflangan bo‘lib, bog‘liq bandning 
mazmuni ushbu obyektning jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va odob-axloq prinsiplariga zid 
bo‘lsa, bunday obyekt ham patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydi.
171. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar bo‘lib, ularga qo‘yilgan talablarga rioya 
qilingan va talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydigan ro‘yxatga oid 
bo‘lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida 
qaror yuboriladi. 
Agar talabnoma topshirilganda patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan 
miqdordan kam to‘langan bo‘lsa, talabnoma beruvchi tomonidan to‘langan patent boji va 
formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida bo‘lgan 
ba’zi bandlar chiqarib tashlanganda, qarorda, shuningdek talabnoma faqat tuzatilgan formulaga oid 
bo‘lgan talabnoma berilgan deb hisoblangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan ko‘rib chiqishga qabul 
qilinganligi ko‘rsatiladi va ushbu talabnoma Agentlikda keyinchalik ko‘rib chiqish davomida 
talabnoma beruvchi tomonidan tuzatilgan taqdirda unda boshqa ixtiroga oid mustaqil bandlar paydo 
bo‘lishiga olib kelmasligi lozim. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish